Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1867–1917-YILLAR TURKISTONIDAGI ROSSIYA MUSTAMLAKACHILIK SIYOSATINING TARIXIY MANBALARDA AKS ETISHI
Rahimjonova Nozima
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida ushbu davrga oid normativ-huquqiy hujjatlar, statistik to‘plamlar, matbuot nashrlari, rus va mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan ilmiy va publitsistik asarlar, shuningdek, xorijiy sayohatchilar va sharqshunos olimlar qaydlari o‘rganiladi. Shuningdek, mahalliy ziyolilar, jumladan jadidlar ijodida aks etgan mustamlakachilik siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabatlar ochib beriladi. Ushbu manbalar Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy muhit, madaniy o‘zgarishlar va milliy uyg‘onish harakatlarini kompleks tarzda yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: Turkiston, Rossiya imperiyasi, mustamlakachilik siyosati, tarixiy manbalar, jadidchilik, siyosiy islohotlar, matbuot, ijtimoiy o‘zgarishlar, 1867–1917-yillar. Kirish. Turkiston tarixining 1867–1917-yillar oralig‘i Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy-siyosiy bosib olish va mustamlakachilik siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. Aynan shu davrda Turkiston o‘lkasi Rossiya imperiyasining ma’muriy-huquqiy tuzumiga integratsiyalashgan, uning siyosiy boshqaruvi ostida yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar shakllana boshlagan. Bu jarayonlar o‘z navbatida, mahalliy jamiyatda chuqur ijtimoiy silkinishlarga, milliy ongning uyg‘onishiga va siyosiy faollikning ortishiga zamin yaratgan. Shu jihatdan, Rossiya imperiyasi davrida shakllangan hujjatlar, rasmiy nashrlar, statistik hisobotlar, publitsistik hamda badiiy asarlar mazkur davrning murakkab jarayonlarini o‘rganishda muhim tarixiy manbalar hisoblanadi. Asosiy qism. Rossiya imperiyasi Turkistonda o‘z boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish uchun ko‘plab qonuniy hujjatlarni ishlab chiqdi. Jumladan, 1867-yilda “Turkiston general- gubernatorligi” tashkil etilib, unga Qozon, Orenburg va Sibir guberniyalari orqali turli nizomlar tatbiq qilindi. “Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi vaqtinchalik Nizom” (1868) kabi hujjatlar hududni siyosiy va ma’muriy boshqaruv ostiga olishda asosiy rol o‘ynadi. Bu hujjatlar Rossiya arxivlarida, xususan Sankt-Peterburg va Moskva arxivlarida, saqlanib qolgan. Turkiston generаl-gubernаtorligini boshqаrish bo‘yichа ilk dаsturiy hujjаtlаrning ishlаb chiqilishidа “hаrbiy vаziyat” omili hаl qiluvchi аhаmiyatgа egа bo‘ldi. Ulаr yangi hududlаr bosib olinishi bilаn, yuzаgа kelgаn vа qoidа tаrzidа “muvаqqаt” хususiyatgа egа edi. Chunonchi, “Sirdаryo vа Yettisuv viloyatlаridаgi boshqаruv to‘g’risidаgi nizom” 1867-yili “tаjribа tаrzidа uch yilgа” joriy qilindi. Bu Nizomda soliq tizimini izga solish maqsadida xo‘jalik boshqarmalarini tuzish belgilab qo‘yilgan edi. 1 22 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Undаn tаshqаri, 1868-yilning iyunidа “Zаrаfshon okrugini boshqаrishning muvаqqаt qoidаlаri”, “Fаrg’onа viloyatini boshqаrish bo‘yichа 1873-yil muvаqqаt nizom”, “Аmudаryo bo‘limini boshqаrish bo‘yichа 1874-yil 21-mаy Nizomi” hаm ishlаb chiqilib, qаbul qilingаn edi1. Davrga oid eng muhim manbalardan yana biri – bu rus ma’murlari tomonidan tayyorlangan statistik to‘plamlar va yillik hisobotlardir. “Turkiston viloyatining statistik sharhlari”, “Qishloq xo‘jaligi statistikasi” va “Sanitar hisobotlar” kabi hujjatlar mintaqaning demografik holati, iqtisodiy faoliyati, salomatlik va infratuzilmasi haqida muhim ma’lumotlar beradi. Rossiya imperiyasi davrida Turkistonda bosma nashrlar ham faoliyat yurita boshladi. Xususan, “Turkiston viloyati gazeti” (1870-yildan boshlab) rus va ozarbayjon tillarida chiqib, mahalliy voqealar, farmonlar, ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida xabar berib bordi. Bu nashr tarixiy tahlil uchun muhim birlamchi manba hisoblanadi. 1907-yildan Abdulla Avloniyning “Shuhrat” gazetasi chiqa boshladi. 1912-yildan Buxoroda "Buxoroi sharif" nashr qilina boshladi. Fors tilida chiqa boshlagan bu gazetaning Markaziy Osiyoning tubjoy aholisi bo‘lgan turklar tilida emas, Navoiy sart tili deb atagan forsiyda chiqishi nafaqat turkistonliklarni, balki xorijdagi ayrim turkshunoslarni o‘ylatib qo‘ydi. 1914-yildan nashr etila boshlagan “Sadoi Turkiston” jadidchilik tarixida chuqur iz qoldirgan nashrlardan biri edi. Uning bosh muharriri Ubaydullaxo‘ja Asatillaxo‘jaev bo‘lib, gazeta ishlariga Munavvar qori va Abduraufzodalar yaqindan yordam berishgan. Turkistonga qilinadigan harbiy yurishlar davomida rus zobitlari va olimlari mintaqaning tabiiy resurslari, geografiyasi va aholisi haqida maxsus ekspeditsiya materiallarini to‘pladilar. General Skobelev, Kaufman va boshqa arboblar tomonidan yozilgan hisobotlar, shuningdek, V. V. Bartold, N. I. Veselovskiy kabi sharqshunos olimlarning asarlari bu borada muhim ilmiy va tarixiy qiymatga ega2. Rossiya hukmronligi davrida mahalliy ziyolilar tomonidan yozilgan asarlar ham alohida o‘rin tutadi. Jumladan, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munzim k
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada 1867–1917-yillar oralig‘ida Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va ma’muriy islohotlar tarixiy manbalar asosida tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mustamlakachilik siyosati, Turkiston, tarixiy manbalar, matbuot, jadidchilik, ijtimoiy o‘zgarishlar, Rossiya imperiyasi, 1867–1917-yillar., siyosiy islohotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025