Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Change Of Physiological And Biochemical Properties Of Plant Raw Materials During Thermal Preparation Before Extraction
Safarova Dilshoda Nodirovna · OLISHTEXNOLOGIYASINI YUMSHOQ GIDROTERMIK VAINFRAQIZIL ISHLOV
The American Journal of Engineering and Technology · 15 · 33-37 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada kunjut va kungaboqar urugʻlariga oldindan beriladigan yumshoq gidrotermik (bug‘ bilan ishlov) va infraqizil (IQ) radiatsion ishlov berish texnologiyasining sovuq presslash orqali olingan yogʻ miqdori, sifati va biologik ahamiyatiga ta’siri o‘rganiladi. Eksperimentlar natijasida optimal ishlov parametrlari aniqlanib, yuqori sifatli, biologik faol moddalarga boymahsulotolish imkoniyaratildi. Kalit so‘zlar: kungaboqar urug‘i, kunjut, infraqizil ishlov, gidrotermik ishlov, BAQ yogʻi, sovuq presslash, yogʻajralish samaradorligi, fermentativ inaktivatsiya. 1.Kirish O‘simlik yog‘lari inson salomatligi uchun asosiy foydali lipidlar manbai hisoblanadi. Ayniqsa, kungaboqar va kunjut urug‘laridan olingan yogʻlar o‘zining yuqori biologik faolligi, poliyogʻ kislotalarga, E vitamini, antioksidantlar va fitosterinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yogʻlar yurak-qon tomir, endokrin va immun tizimlari uchun foydalidir. Biroq, an’anaviy yuqori haroratli ekstraksiya usullari foydali moddalarning sezilarli darajada yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Kungaboqar moyi-bu moyli kungaboqar urug‘laridan olingan o‘simlik moyi. Kungaboqar moyidagi yog‘ kislotalarining tarkibi (% da): stearin 1,6-4,6, palmitin 3,5-6,4, miristin 0,1 gacha, araxin 0,7-0,9, olein 24-40, linoleik 46-62, linolen 1 gacha. Kungaboqar moyidagi ko‘p to‘yinmagan yog‘li kislotalardan atigi 1% Omega-3 kislotalari [3], Omega-6 to‘yinmagan yog‘li kislotalar esa 74% gacha mavjud [4]. Omega-3 va Omega-6 to‘yinmagan yog‘ kislotalari (F vitamini) bizning tanamiz o‘zini sintez qila olmaydigan oziq-ovqat mahsulotlarining muhim (ya’ni hayotiy) tarkibiy qismidir. Linoleik kislota esa yaxshi immunitet uchun zarurdir, u charchoqning surunkali bosqichga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi va terining qurib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Umuman olganda o‘simlik moylarini va kungaboqar moyini ishlab chiqarishning jahon amaliyotida, xususan, urug‘lardan moyni olishning ikkita tubdan farq qiluvchi usuli mavjud: presslash, ya’ni presslash uchun mos ravishda tayyorlangan urug‘lardan moyni mexanik ravishda bosim ostida siqish; moyni uchuvchan organik erituvchilar bilan ekstraksiya qilish (ekstraksiya usuli). Moyni mexanik bosim ostida siqish jarayoniga asoslangan presslash usuli bilan moyni olish darajasi texnika va texnologiyaning hozirgi holati bilan cheklangan. Natijada, kunjaralarning yog‘dorligi o‘rtacha 8,0-15,0 % atrofida bo‘ladi (ekspellerlarda - o‘rtacha 4,0-5,0% gacha). Ekstraktsiya usulida moy olish darajasi ancha katta, hosil bo‘lgan shrotning yog‘dorligi o‘rtacha 1,0%ni tashkil qiladi [34,35]. Press usulida moy olish darajasining oshishi siqish paytida yuqori harorat va bosimdan foydalanishni talab qiladi, bu esa o‘z navbatida press agregatlarning nisbiy metall sig‘imining oshishiga, elektr energiyasi va mehnat uchun hamda qayta tiklaydigan ta’mirlash ishlari uchun ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga olibkeladi . www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 2.Tadqiqot ob’ekti vametodikasi Ob’ektlar: -Kungaboqar urug‘i(2023 yilgi hosil,O‘zbekistoniqlimsharoitidayetishtirilgan) -Kunjut urug‘i (janubiy mintaqalardan) Asbob-uskunalar: -Gidrotermik ishlovuchun bug‘generatori (0,05 MPabosim bilan) -Infraqizilquritgich “Ekosezam”markasidagi -Sovuq presslash uskunasi (60 RPM,50–55°C haroratli issiqlik hosilqiluvchi) -Yogʻtarkibini aniqlash uchun xromatografik analizator 3.Natijalar vatahlil 3.1.Gidrotermik ishlovta’siri Bug‘ yordamida olib borilgan gidrotermik ishlov urug‘ po‘stlog‘ida mikroteshiklar hosil qilishi orqali yogʻ chiqishini yengillashtirdi. Urug‘dagi fermentlar – lipaza va lipoksigenaza faolligi sezilarli darajada pasaydi. 3.2.Infraqizilishlov natijalari IQ ishlovda urug‘ yadrosidagi suv molekulalari tejamli va selektiv isidi. Quritish vaqti: kungaboqar uchun 150–210 soniya, kunjut uchun 180–240 soniya. Har ikkala holatda optimal namlik 5%atrofida bo‘ldi. 3.3.Yogʻ ajralish darajasi Urugʻturi Ishlovdan oldin(%) Gidrotermik + IQ ishlovdanso‘ng(%) Kungaboqar 35,0–38,5 43,8–45,5 Kunjut 36,0–39,0 44,5–46,8 3.4.Yogʻ tarkibi (o‘rtacha qiymatlar) Komponent Kungaboqar (%) Kunjut(%) Linolev kislota 54,3 41,5 Olein kislota 32,8 43,6 Palmitin kislota 6,9 7,5 Stearin kislota 5,3 5,2 VitaminE (mg/100g) 47 138 Fosfolipidlar 5,6 5,9 Fitosterinlar 1,8 2,0 Antioksidant(sezamol) — 230mg/100g www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 15,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 4.Xulosa Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kungaboqar va kunjut urug‘lariga berilgan yumshoq gidrotermik va infraqizil ishlovlar yogʻ ajralishini 20–25 % gacha oshiradi, foydali moddalar tarkibini saqlab qoladi hamda fermentativ buzilishlarning oldini oladi. Bu yogʻlar biologik faol qo‘shimcha sifatidaparhezovqatlanishda keng qo‘llanishimumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Gafurov К.Kh., Safa
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kunjut va kungaboqar urugʻlariga oldindan beriladigan yumshoq gidrotermik (bug‘ bilan ishlov) va infraqizil (IQ) radiatsion ishlov berish texnologiyasining sovuq presslash orqali olingan yogʻ miqdori,…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kunjut va kungaboqar urugʻlariga oldindan beriladigan yumshoq gidrotermik (bug‘ bilan ishlov) va infraqizil (IQ) radiatsion ishlov berish texnologiyasining sovuq presslash orqali olingan yogʻ miqdori,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- infraqizil ishlov, yogʻ ajralish samaradorligi, kungaboqar urug‘i, sovuq presslash, BAQ yogʻi, fermentativ inaktivatsiya., kunjut, gidrotermik ishlov
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025