Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIRISH VA KIRITMALARNING BADIIY MATNDA QO‘LLANILISHIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR
AYRIM MULOHAZALAR · Yusupova O.S. · Asadova M. · ARTISTIC TEXT
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the use of introductions and entries in artistic style to create poetic individuality, express subjective modality, and increase emotional expressiveness based on examples from prose, poetry, and dramatic works. Introductions and introductory fragments characteristic of artistic style, their role in artistic text, and the specific use of introductions are explained. Keywords: Introductions and entries, historical works, poeticized introductions, annotations, remarks. НЕКОТОРЫЕ СОБРАЖЕНИЯ ПО ПОВОДУ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВВОДНЫХ КОНСТРУКЦИЙ И ВСТАВОК В ХУДОЖЕСТВЕННОЙ ПРОЗЕ Аннотация. В данной статье рассматривается использование вводных слов и вставок в художественном тексте, их роль в создании поэтической индивидуальности, выражении субъективной модальности и усилении эмоционально-экспрессивной окраски. На основе примеров из прозаических, поэтических и драматических произведений освещается значение вводных конструкций и вставок в художественном стиле. Также дается толкование особенностей употребления исторически и поэтически окрашенных вводных слов, пояснительных вставок и ремарок в художественном тексте. Ключевые слова: вводные слова и вставки, художественный стиль, исторические произведения, поэтические вводные слова, пояснительные вставки, ремарка. Badiiy uslub eng murakkab, ijodiy ko‘rinishga ega, turli uslub xususiyatlaridan ham foydalana oladigan, shuningdek, o‘ziga xos til birliklari mavjud uslub sanaladi. Shu sababdan bu uslubning til xususiyatlari ham stilistik, ham lingvopoetik jihatdan alohida monografik tarzda o‘rganilgan.1 Kiritmalarning badiiy matndagi o‘rni alohida tadqiq obyekti bo‘lgan. 1 Каримов С. Ўзбек тилининг бадиий услуби. –Самарқанд: Зарафшон, 1992. 8 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ D.Jamoliddinovaning “Badiiy nutqda parantez birliklarning semantik-grammatik va lingvopoetik xususiyatlari” nomli dissertatsiyasi ana shu til birliklari tadqiqiga bag‘ishlangan va ular paranteza yoki parantez birliklar deb atalgan.2 Bu birliklar nutqni ta’sirchan qilish, undagi ayrim holatlarga diqqat-e’tiborni qaratish, ayni paytda, subyektiv munosabatni ifodalash vositasi sifatida stilistik mazmun kasb etishi ham ishda ta’kidlangan. Badiiy uslubda kirish va kiritmalar turli xil ko‘rinisharda, yozuvchi maqsadi bilan qo‘llaniladi. Uslubiy xoslangan kirish so‘z, birikmalar ham, bu birliklarning tarixiy va arxaik shakllari ham, barcha uslubda qo‘llana oladigan uslubiy betaraf kirish bo‘laklar ham badiiy matnlarda uchraydi. Masalan, alqissa, filhaqiqat, bil’aks kabi kirish so‘zlarning tarixiy shakllari tarixiy asarlarda, she’riyatda keng qo‘llaniladi. Fikrimizni isbotlash maqsadida O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida qo‘llanilgan kirish va kiritmalarni o‘rganib chiqdik. Asarda aksincha, alqissa, alhazar, alhol, billoh, bil’aks, voajab, voajabo, darhaqiqat , yo rab, yo rabbiy, yo rabbim, yo rabbano, zero, zerokim, zotan, nadomatlar bo‘lg‘aykim, to‘g‘ri, filhaqiqat, hayhot, e darig‘, yo darig‘, vo darig‘, evoh, ehtimol kabi so‘zlar kirish so‘z vazifasida qo‘llanilgan. Mazkur roman tarixiy asar bo‘lganligi sababli, voqealar yuz bergan davr, XV asr til xususiyatlarini ham o‘zida aks ettirgan. Garchi muallif bayoni hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘lsa-da, qahramonlar nutqida eski o‘zbek adabiy tiliga xos leksik, grammatik birliklar mavjud. Bu asarning tabiiyligini, ishonarliligini ta’minlaydi. Shuningdek, asarda qo‘llanilgan kirish so‘zlarning ayrimlari, ya’ni alhol, billoh, bil’aks, voajabo, yo rabbano, zotan, nadomatlar bo‘lg‘aykim, filhaqiqat kabilar hozirda qo‘llanilmasligi, arxaiklashgani bilan ajralib turadi: Qalandar esa, garchand madrasani tark etgan bo‘lsa ham, ko‘nglida Mirzo Ulug‘bek hazratlariga hech bir gina-kudurati yo‘q, bil’aks, yuragining bir chetida hamon iliq hislar miltirab turardi. Asarlarda qahramon nutqini tabiiyligi ta’minlash, sodda, xalqona nutq hosil qilish uchun yozuvchilar so‘zlashuv nutqiga xos kirishlardan qahramonlar nutqida foydalanadi. Masalan, Tog‘ay Murod qissalarida ana shunday o‘ziga xoslikni ko‘ramiz. Adib mavjud kirish so‘zlardan o‘ziga xos tarzda foydalangan: Bo‘zbola qomatini g‘oz tutadi. …Bir nuqtaga tikiladi. Qayerga tikiladi, nimaga tikiladi? Bilmaymiz, biz bilmaymiz. Inchunin, o‘zi-da bilmaydi; Aqalli, bir, bir yomonligimizni ko‘rsa bo‘ldi! (T.Murod. “Ot kishnagan oqshom”, 219); Ko‘ngliga o‘tirmaydiganlar bilan salomlashgisida kelmaydi! Oqibat, bo‘zbola bizni nazarga ilmaydi, deymiz. Oqibat, bo‘zbolani birovimiz xush ko‘ramiz, birovimiz noxush ko‘ramiz (T.Murod. “Ot kishnagan oqshom”, 219). O‘z usuli, yo‘liga ega bo‘lgan Tog‘ay Murod har bir qissasida til birliklaridan foydalanishda juda e’tibor bilan yondashgan. Shuningdek, kirishlarni qo‘llashda ham ana shu alohidalikka duch kelamiz. Masalan, “Momo yer qo‘shig‘i” qissasida fikrni tugallash mazmunida intiho so‘zi kirish vazifasida qo‘llanilgan. Hozirgi zamon adabiyoti namunlarida bu so‘zning kiris
Доказательный фрагмент
«This article discusses the use of introductions and entries in artistic style to create poetic individuality, express subjective modality, and increase emotional expressiveness based on examples from prose, poetry, an…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the use of introductions and entries in artistic style to create poetic individuality, express subjective modality, and increase emotional expressiveness based on examples from prose, poetry, an… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Introductions and entries, historical works, poeticized introductions, tarixiy asarlar, poetiklashgan kirish so‘zlar, izoh-kiritmalar, remarka., Kirish va kiritmalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024