Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MORFOLOGIK VOSITALAR TARIXIY VA ARXAIK SHAKLLARINING SHE’RIY MATNDA QO‘LLANILISHI
MATNDA QO‘LLANILISHI · Yusupova O.S. · Usarova A. · IN POETIC TEXTS
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article explores the reasons behind the use of historical and archaic forms of morphological means in poetic texts. These forms are analyzed with examples from contemporary poetry in terms of their role in enhancing emotional expressiveness, creating poetic individuality, adding solemnity, giving a unique tone to the text, and revealing various expressive possibilities of the language. Keywords: poetic individuality, case, tense, mood forms, functional forms of the verb. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИСТОРИЧЕСКИХ И АРХАИЧЕСКИХ ФОРМ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ СРЕДСТВ В ПОЭЗИИ Аннотация. В статье рассматриваются причины использования исторических и архаичных форм морфологических приемов в поэтических текстах. На примерах анализируется использование этих форм в современной поэзии для обеспечения эмоциональной выразительности, создания поэтической индивидуальности, придания торжественности, придания тексту неповторимого колорита, раскрытия различных возможностей нашего языка. Ключевые слова: поэтическая индивидуальность, согласование, время, словоизменительные формы, функциональные формы глагола. Bilamizki, so‘zlar kabi grammatik kategoriya va shakllarning ham tarixiy va arxaik variantlari mavjud. Bu shakllarning ayrimlari butunlay tilimiz tarixdan joy olgan va bugungi kunda mutlaqo qo‘llanilmaydi. Bu shakllarni faqat o‘sha davrlarda yozilgan asarlardagina kuzatish mumkin. Biroq ayrim tarixiy shakllar borki, she’riy matnlarda turli talab bilan qo‘llanilmoqda. Bunga kelishik, shaxs-son, zamon, mayl, nisbat, fe’lning vazifa shakllari, to‘liqsiz fe’llarning, qo‘shimcha ko‘rinishdagi yuklamalarning arxaik va tarixiy shakllarini misol qilib keltirish mumkin. Maqolada shu shakllarning ayrimlarining she’riy matnda uchrashi va lingvopoetik vazifalarini o‘rganishga harakat qildik. 7 9 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1. Qaratqich kelishigining tarixiy shakllaridan biri -im qo‘shimchasi bo‘lib, tarixan I shaxsdagi egalik qo‘shimchasi bilan shakldosh bo‘lgan. Bu haqida manbalarda quyidagicha fikr bildiriladi: “ …qaratqich kelishigining qo‘shimchasi sifatida -im ham ishlatiladiki, bu qo‘shimcha odatda men, biz degan kishilik olmoshlariga qo‘shiladi: menim yoki manim, bizim [Hamdamov J., 2003: 19]. J.Hamdamov mazkur qo‘llanmada kishilik olmoshlarining I shaxs birlik yoki ko‘pligiga qaratqich kelishik qo‘shimchasining -im shaklida qo‘shilishi XIII-XIV asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar tilida uchrashini, bu shakl aslida o‘quz guruhidagi turkiy tillarga mansub bo‘lganligi, hozir ham turk, ozarbayjon, turkman kabi o‘g‘uz tillarida adabiy me’yor sifatida faol ishlatilishini aytib o‘tadi [Hamdamov J., 2003: 19]. Hozirgi zamon o‘zbek she’riyatida bu vosita muhim stilistik vazifa bajaradi. Masalan, A.Oripovning “O‘zbekiston” qasidasidagi har bandda takrorlanuvchi misrada qo‘llanilgan manim so‘zi nafaqat, qofiya talabi bilan qo‘llanilgan, balki bu vosita she’rga tantanavorlik, o‘zgacha ifoda, ruh baxsh etgan: Faqat ojiz qalamim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim. Aytgum, bu kun, u manim, manim, O‘zbekiston, Vatanim manim.( A.Oripov. Tanlangan asarlar. IV jildlik. 1-jild, 178-bet ). Ba’zi hollarda egalik va kelishik o‘rtasida bir tovushning orttirilishi ham tarixiy holatdan kelib chiqqan: O‘n sakkiz ming olam oshubi padar boshindadir, Ne ajab, chun o‘g‘li oning o‘n sakkiz yoshindadir (E.Vohidov. Saylanma. 1-jild. “Ishq savdosi”, 199-bet). Jo‘nalish kelishigining eski o‘zbek tilida qo‘llanilgan [Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q., 2008: 91] -g‘a, -a shakllari sher’iyatda shu vazifada qo‘llanilmoqda: Xiyla kech tushibdi sevaylik desak, O‘g‘ri oralabdi bog‘-u ravona. Chinniday ro‘yodan eshitdik –cho‘pchak Xiyla begonamiz, bilsak, jahona (A.Qutbiddin. “Bor”, 162). Mazkur she’rda qofiya talabi bilan ham jo‘nalish kelishigining -a shakli qo‘llanilmoqda. Chunki oxirgi bandda ham zamona va devona so‘zlar qofiyadosh so‘z vazifasida kelgan. Demak, shoir ma’lum maqsad bilan bu shaklning tarixiy variantini qo‘llagan. Hozirgi zamon she’riyatida fe’l so‘z turkumiga xos grammatik kategoriyalar va vositalarning tarixiy va arxaik shakllari badiiylikni ta’minlash, nutqqa ko‘tarinki ruh bag‘ishlash, emotsional-ekspresivlikni oshirish uchun boshqa so‘z turkumlariga xos grammatik birliklarga nisbatan faol qo‘llaniladi. Masalan, harakat nomining eski o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan -mak shakli barcha shoirlarimiz ijodida uchraydi: Mumkindir chaqmoqni tish bilan tutmak, Til tishlab, dunyoni ko‘z bilan yutmak, Jarayon kelmakdur, mohiyat — ketmak, O‘zungdan o‘tmak bu — Ollohga yetmak. (E.Vohidov. Saylanma. 1-jild. “Ishq savdosi”, 108-bet). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida harakat nomining -sh, -ish shakllari egalik qo‘shimchasini olib turlansa, eski o‘zbek adabiy tilida harakat nomining barcha shakllari egalik qo‘shimchalarini 8 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ olib tu
Доказательный фрагмент
«This article explores the reasons behind the use of historical and archaic forms of morphological means in poetic texts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the reasons behind the use of historical and archaic forms of morphological means in poetic texts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- poetic individuality, case, tense, mood forms, functional forms of the verb, zamon, fe’lning vazifa shakllari., poetik individuallik, kelishik, mayl shakllari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026