Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA DORIVOR CHUFA (CUPERUS ESCULENTUS LATIVUM) NI INRODUKSIYA QILISHNING AHAMIYATI
Eshmurodova Mavluda Qodiralievna · Naralieva Nasiba Mamanovna (ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti) · Mamaxanova Jumagul Niyozbekovna (ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti)
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Tiger nuts are rich in minerals such as phosphorus, potassium, calcium, magnesium and iron. It also contains large amounts of vitamins E, C and B1, which help stabilize the central nervous system and cope with stress. In addition, chufa helps restore the function of the intestinal epithelium, normalize intestinal peristalsis and treat constipation. Key words: stress conditions, organic natural products, green biomass, tropical, subtropical, jelly, balm Bugungi kunda butun dunyoda sogʼlom ovqatlanishni tashkil etish inson umrining davomiyligiga taʼsir qiluvchi eng muhim omil deb hisoblamoqda. Shuning uchun yangi oziq-ovqat manbʼalarini izlash va ulardan foydalanish kunnng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bunday manbʼalardan biri chufa- (Cyperus esculentus Lativum) oʼsimligidir. Soʼnggi yillarda butun dunyoga noyob dorivor oʼsimliklardan un, jele, choy va balzamlar, tabiiy ichimliklar taklif qiluvchi organik tabiiy mahsulotlar yetkazib beruvchi tarmogʼ faol rivojlanmoqda. Cyperus esculentus Lativum oʼsimligi oziq- ovqat ehtiyojlarini qondirishdan tashqari, tuproq unumdorligini oshirishda, uning https://scientific-jl.com/wsrj 2 1 7 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal donalaridan parrandalarni, shuningdek yashil biomassasi va oʼsimlik qoldiqlaridan chorva mollarini samarali boqish uchun ham foydalanish mumkin. Yo’lbars yong’oqlari ko’proq istiqbolli foydalanishga ega oziq-ovqat va sanoat uchun hom ashyo materiallari xisoblanadi; undan ichimliklar, sut yoki yogurt, un, murabbo, pivo ishlab chiqarish, shokolad, ozuqa manbai, oziq-ovqat yog’i va sovun olishda foydalanish mumkin (Achoribo va Ong, 2017). Yo’lbars yong’og’i yoki Cyperus esculentus ba’zi ilmiy adabiyotlarda Afrika va tropik Osiyodan kelib chiqqanligi yozilsa, boshqa mualliflar esa u butun dunyoning tropik va subtropik mintaqalariga xos deb hisoblashadi. U ildizpoya va sharsimon ildiz tuganak hosil qiluvchi Cyperaceae oilasiga mansub. Cyperus esculentus tez o’sadi, balandligi 20 dan 70 sm gacha yetadi. Uni 20 ° C dan 30 ° C gacha bo’lgan mo’tadil iqlimli mintaqalarda sho’rlangan tuproqdan tashqari barcha tuproqlarda yetishtirish mumkin.Yo’lbars yongʼogʼini quruq, xom, qovurilgan yoki maydalangan holda isteʼmol qilish mumkin, shuningdek yongʼoqchalaridan olingan maxsulotdan “Horchata” deb ataladigan sut olish mumkin. Yo’lbars yong’og’ini oziq-ovqat maqsadlarida o’ziga xos shirinligi tufayli kleykovinasiz un, muzqaymoqli sut ekstraktini olishda asosan xom iste’mol qilinadi. Cyperus esculentus ko’plab shifobaxsh xususiyatlariga ega.Xususan qimmatbaho moy manbayi mavjudligi hamda tarkibidagi kraxmal, glyukoza, oqsil va minerallar va bo’lganligi sababli, yo’g’on ichak saratoni xavfini kamaytiradi, yurak stimulyatori sifatida ishlatiladi, diareyaga qarshi samarali vosita sifatida ishlatiladi. Yo’lbars yong’oqlari fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy va temir kabi minerallarga boy. (Ma duka va Ire, 2018). Shuningdek, uning tarkibida E va C, B1 vitaminlar ko’p miqdorda mavjudligi tufayli markaziy nerv sistemasi ishini barqarorlashtirish, va stress xolatlarini boshqarishda yordam beradi (David, 2005). Bundan tashqari, chufa ichak epiteliysi faoliyatini tiklanishiga, ichak peristaltikasini normallashtirishda va qabziyatni davolashga yordam beradi (Maduka va Ire, 2018). Ayni shu xususiyatlarini hisobga olgan holda biz ilmiy tadqiqot ishimizda bu oʼsimlikning introduktsiyasi, bioekologiyasi, mamlakatimizning turli tuproq – iqlim sharoitlari va yekologik omillarining chufa hosildorligiga taʼsirini oʼrganib uni asoslashni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼydik. Yo’lbars yong’og’i (Cyperus esculentus Lativum) Cyperaceae oilasiga mansub oʼsimlik boʼlib, u turli mamlakatlarda chufa, sariq yong’oq, yer bodom va maydalangan bodom kabi boshqa nomlar bilan ham ataladi. Cyperus esculentus Lativum Osiyo, Sharqiy Afrika, Yevropaning bir qismida, xususan Ispaniyada, shuningdek, Arabiston yarim orolida keng tarqalgan ko’p yillik o’simlikdir (Abdelkader va boshqalar, 2017). Chufa qadimdan madaniylashtirilgan oʼsimlik hisoblanib, uning quruq ildiz mevalari Misrda taxminan 6000 yil oldingi qabrlardan topilgan va u muhim oziq- https://scientific-jl.com/wsrj 2 1 8 Volume-40_Issue-1_June-2025 World scientific research journal ovqat bo’lib, oʼsha davr aholisi bu oʼsimlik ildizlarini shirin go’sht sifatida ishlatishgan (Zohary, 1986). Taxminan 4000 yil oldin yo’lbars yong’og’i yog’i (TNO) misrliklar tomonidan kosmetika va tibbiyotda ishlatilgan (Mohdaly, 2019). Yo’lbars yong’og’i tik oʼsuvchi poyaga ega barglari sarg’ish-yashil rangda, poyasi uchburchak shaklda,balandligi taxminan 20 dan 70 sm ni etadi. Gullari oltin jigarrang tusda, popuk ildiz sistemasiga ega. Ildizlarida koʼplab oqsillar, kraxmallar va boshqa oziq moddalarni saqlaydigan ildiz tuganakchalari mavjud. O’simlikning nozik tolali ildizlari tuproq ostiga chuqur kirib bormaydi, ildizlarida uzunligi 8 mm dan 16 mm gacha bo’lgan bir oz uzun yoki yumaloq ko’rinadigan sharsimon sayoz er osti tizimini hosi
Доказательный фрагмент
«Tiger nuts are rich in minerals such as phosphorus, potassium, calcium, magnesium and iron.»
Образец извлечения
Демо-превьюTiger nuts are rich in minerals such as phosphorus, potassium, calcium, magnesium and iron. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- stress conditions, organic natural products, green biomass, tropical, balzam, yashil biomassa, organik tabiiy mahsulotlar, jele, tropic, Kalit so‘zlar: stress xolatlar, subtropik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014