К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEK TILIDA SO’Z TURKUMLARI ANIQLANISHIDA KORPUS YONDASHUVI

KORPUS YONDASHUVI · Normamatova Shaxzoda

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’zbek tilidagi so‘z turkumlarini aniqlashda korpus lingvistikasi yondashuvining imkoniyatlari va afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy grammatik tahlil metodlari bilan korpus asosidagi avtomatik tahlil usullari solishtiriladi. Kalit so’zlar: morfologiya, grammatika, korpus lingvistikasi, sintaksis, sintetik shakl, analitik shakl So‘z turkumlari masalasi tilshunoslikdagi eng qadimiy va muhim yo‘nalishlardan biridir. Har qanday tilning grammatik tuzilmasini, uning ichki qonuniyatlarini o‘rganishda so‘z turkumlarini aniqlash birlamchi ahamiyatga ega. Chunki so‘zlar til birliklari sifatida gapda turli sintaktik rollarni bajaradi, morfologik jihatdan o‘zgaradi va semantik vazifalarni bajaradi. So‘z turkumlari ana shu funksiyalarning umumlashtirilgan tizimi sifatida tilshunoslikda ajralib turadi. So‘z turkumlarini aniqlash orqali biz tilning grammatik qurilishini, sintaksis va morfologiyaning o‘zaro bog‘liqligini, leksik birliklarning kategoriyalarga bo‘linishini tushunamiz. So‘zlami turli qismlarga bo‘lish va so‘z shakllarini yasash va ulami biriktirish tartibi va gaplami tuzish qoidalari haqidagi tilshunoslik fanining muhim bo’limi grammatika (grekcha gramma — harf, tike — fan) deb ataladi.Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis. Morfologiya (grekcha marphe — shakl, logos — ta’limot) — so‘zlaming grammatik guruhlari, so‘z shaklining xususiyatlari, grammatik shakl, grammatik ma’no va grammatik kategoriyalami o'rganadi [1]. So‘z turkumlari — bu tilning grammatik xususiyatlari asosida ajratilgan yirik so‘z guruhlaridir. Har bir turkumga kiruvchi so‘zlar o‘ziga xos paradigmalarga ega bo‘lib, sintaktik vazifalari bilan boshqalaridan farqlanadi. So‘z turkumlarini aniqlash tilning turli birliklarini tahlil qilishda muhim yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, so‘zlarni tasniflash tildagi lug‘atni grammatik jihatdan katta guruhlarga bo‘lish jarayonidir. Lug‘atdagi so‘zlarning grammatik xususiyatlari inobatga olinib, ularning tegishli turkumlari aniqlanadi. So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, so‘zning ma’lum bir grammatik shakl orqali ifodalanadigan ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi; qalam, suv, tosh, olma, bog‘,uy so‘zlari bir grammatik ma’noga mansub so‘zlar hisoblanadi. So‘zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli so‘zning grammatik formasi (shakli) 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 245 Ustozlar uchun pedagoglar.org deyiladi. Grammatik ma’noni ifodalovchi morfema grammatik ( morfologik) ko‘rsatkich ham deyiladi. Masalan, ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichi-lar; bosh kelishik va bo‘lishlilik ko‘rsatkichi yo‘q (nol ko‘rsatkichli). Grammatik shakl (so‘z formasi) ning uch xil turi mavjud [2]: 1. Sintetik shakl (affikslar yordamida hosil bo‘luvchi): Daraxtni, daraxtda, daraxtdan, ishlayapman, ishlayapsan, ishlayapti 2. Analitik shakl (yordamchi so‘zlar orqali hosil bo‘luvchi): ukam uchun, park tomon, o‘qib ko‘r, o‘qib chiq. Yordamchi so‘z vositasida yasaluvchi forma analitik forma deyiladi. 3. Juft va takroriy shakl: qozon-tovoq, yaxshi-yomon juft formalari umumlashtirish ma’nosini; baland-baland, qator-qator, kula-kula kabilar ko‘plik, takror, ta’kid ma’nosini ifodalaydi. Hozirgi kun grammatikalarida so‘zlami turkumlarga ajratishda asosan besh belgi [3]: - so ‘zning leksik-grammatik m a’nosi; - so ‘zning grammatik shakli; - so ‘zning sintaktik vazifalari; - so ‘z yasovchi morflar; - so ‘zning distributsiyasidan foydalaniladi. So’z turkumlarining gapda bajaradigan vazifasiga to’xtaladigan bo’lsak, Har bir so‘z turkumi o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga, ularning gapdagi sintaktik funksiyalari ham turlicha bo‘ladi. Masalan, otlar o‘zbek tilida subyekt (egalik), obyekt, aniqlovchi va hatto hol sifatida ham ishlatilishi mumkin. Bunda otning sintaktik vazifasi kontekstga, gapdagi o‘rniga va unga qo‘shilgan qo‘shimchalar orqali ifodalangan grammatik ma’noga bog‘liq bo‘ladi.Bu holatlar boshqa tillarda esa biroz farq qiladi. Masalan, ingliz tilida otlarning sintaktik imkoniyatlari o‘zbek tilidagiga qaraganda chegaralangan. Ingliz tilida otlar asosan subject (egalik) va object (to‘ldiruvchi) vazifalarida ishlatiladi: "The boy plays football." (Subyekt) "I saw the boy." (Obyekt) Sifatlar esa, o‘zbek tilida asosan aniqlovchi vazifasida qo‘llanadi: "yashil daraxt", "zo‘r o‘yin", "baland bino" kabi. So‘z turkumlarini aniqlashda an’anaviy yondashuvlar asosan morfologik va semantik mezonlarga tayanadi. O‘zbek tilshunosligida so‘z turkumlari 12 ta asosiy turkumga bo‘linadi: ot, fe’l, sifat, son, olmosh, ravish, predlog (yordamchi so‘z), ko’makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov, modal va taqlid so‘zlar [4]. Ushbu bo‘linish grammatik qoidalar, so‘zning leksik-ma’noviy xususiyatlari va gapdagi funksiyasiga asoslanadi. An’anaviy yondashuvlarda so‘zlarning tashqi ko‘rinishi (ya’ni qo‘shimchalari, 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 246 Ustozlar uchun pedagoglar.org affikslari) va ularning gapdagi o‘rni asosiy omil sifatida olinadi. Bu yondashuv

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’zbek tilidagi so‘z turkumlarini aniqlashda korpus lingvistikasi yondashuvining imkoniyatlari va afzalliklari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’zbek tilidagi so‘z turkumlarini aniqlashda korpus lingvistikasi yondashuvining imkoniyatlari va afzalliklari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: morfologiya, sintetik shakl, sintaksis, grammatika, analitik shakl, korpus lingvistikasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники