К содержанию
РецензированоUZ2026

UMUMTA’LIM MAKTABLARINING CHET TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY O‘QITISH METODLARI ORQALI O‘QUVCHILARNING TINGLAB TUSHUNISH VA GAPIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Mingboyev Jasurbek Faxriddin o‘g‘li

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining chet tili (nemis tili) darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Interaktiv metodlar, CLT (Communicative Language Teaching), task-based learning, audio-lingual yondashuv va boshqa ilg‘or strategiyalarni qo‘llash orqali o‘quvchilar tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muloqotga kirishishiga turtki berish va real hayotiy vaziyatlarda chet tilidan foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, mobil ilovalar va raqamli resurslarning o‘rni va ahamiyati ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: chet tili ta’limi, tinglab tushunish, og‘zaki nutq, zamonaviy metodlar, CLT, task-based learning, interaktiv yondashuv, kommunikativ kompetensiya, o‘quvchilar faolligi. Bugungi kunda chet tillarini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor faqat grammatik qoidalarning o‘zlashtirilishiga emas, balki o‘quvchilarning real muloqotga kirishish, eshitgan matnni anglash va o‘z fikrini erkin bayon qila olishiga qaratilmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablarida chet tili darslarida tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarining rivojlantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Til – bu insoniyat uchun asosiy aloqa vositasidir. U jamiyat a’zolari o‘rtasida fikr almashish, axborot yetkazish va o‘zaro tushunishni ta’minlab beruvchi kuchli ijtimoiy vosita bo‘lib, tilsiz inson jamiyatining mavjudligi va taraqqiyoti tasavvurga sig‘maydi. Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ijtimoiy munosabatlarda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlar, ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi, o‘quvchilardan yuqori darajadagi kommunikativ malaka va faol muloqot qobiliyatini talab qilmoqda. Ular kundalik hayotda, turli ijtimoiy va madaniy vaziyatlarda, boshqa shaxslar bilan samarali fikr almashish, o‘z fikrini aniq va ravon bayon qilish, til me’yorlariga rioya etgan holda muloqotda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishi zarur. Shu sababli, xorijiy tilni o‘rgatishning zamonaviy maqsadi oddiy grammatik bilim berish bilan cheklanmaydi. Asosiy e’tibor chet tilida erkin va samarali muloqot qilish, ya’ni shaxslararo hamda madaniyatlararo kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga 73-son 1–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 291 Ustozlar uchun pedagoglar.org qaratilgan. Bu esa o‘quvchilarning chet tillarini nafaqat o‘qib-tushunishi, balki real hayotiy vaziyatlarda mustaqil ravishda foydalanishi, global muloqot muhiti talablariga javob bera olishini ta’minlaydi. Maktab ta’limining hozirgi bosqichida esa ta’lim tizimida muhim pedagogik o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bu o‘zgarishlar pedagogik faoliyatning deyarli barcha yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatib, o‘qituvchilardan yangicha yondashuv va innovatsion fikrlashni talab qilmoqda. Endilikda ta’lim jarayoniga aniq maqsad va vazifalar belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi uchun zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, o‘qituvchining zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, uning pedagogik mahoratini yuksaltirishda muhim vosita hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni ta’limga tadbiq etish, nafaqat dars jarayonining interaktivligini oshiradi, balki pedagogik faoliyatda yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga, metodologik yondashuvlarda aniqlik va tizimlilikning yuzaga kelishiga, shuningdek, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradigan samarali usullarni shakllantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish mumkin. Quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: Nemis tilini amaliyotda qo‘llashga o‘rgatuvchi bu metod orqali o‘quvchilar kundalik hayotiy mavzular doirasida muloqotga kirishishni o‘rganadilar. Masalan: “Im Restaurant”, “Meine Familie”, “Freizeit und Hobbys” kabi mavzular asosida rolli o‘yinlar, suhbatlar tashkil etiladi. Task-Based Language Learning (TBL)-Mazkur yondashuv o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda real hayotiy topshiriqlar orqali tilni qo‘llashga imkon yaratadi. Masalan, biror buyumni taqdim qilish, yo‘nalishni tushuntirish, suhbat qurish kabilar. Nemischa audio materiallar (masalan, “Deutsch lernen mit Dialogen”, “Nicos Weg” seriali) orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish va talaffuz qobiliyati oshiriladi. O‘qituvchi talabalar bilan birgalikda matnlarni takrorlaydi, savollarga javob beradi, so‘zlarni intonatsiya bilan o‘qitadi. Interaktiv ilovalar (Duolingo, Quizlet, Anki, Deutsche Welle), nemischa podkastlar va videodarslar (Easy German, Learn German with Jenny) o‘quvchilarning darsdan tashqari mustaqil o‘rganishiga zamin yaratadi. Shuningdek, differensial yondashuvda har bir o‘quvchining til darajasi va qiziqishiga mos topshiriqlarni tanlash ularning darsdagi ishtirokini kuchaytiradi va mustaqil o‘rganishga undaydi. Shuni ham aytish joizki, ta’lim jarayonida

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining chet tili (nemis tili) darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmala…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining chet tili (nemis tili) darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish hamda og‘zaki nutq ko‘nikmala… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchilar faolligi., tinglab tushunish, CLT, Kalit so‘zlar: chet tili ta’limi, task-based learning, interaktiv yondashuv, zamonaviy metodlar, og‘zaki nutq, kommunikativ kompetensiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники