К содержанию
РецензированоUZ2026

BADIIY GIMNASTIKADA SPORT TAYYORGARLIGI TIZIMINING VOSITA VA USULLARI

Boyxo‘rozova Dilrabo To‘lqin qizi · Байхурозова Дилрабо Тулкиновна

Педагоги · 51-22 · 2026

Аннотация

This article presents the definition of rhythmic gymnastics, the specifics of world rhythmic gymnastics, a general description of the system of athletic https://scientific-jl.com/ped 6 5 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 training of gymnasts, methods of physical training and development of physical abilities, choreographic training in rhythmic gymnastics, techniques of technical, tactical and psychological training. Keywords: rhythmic gymnastics, sport, means, method, physical qualities, body, load, moral and aesthetic, composition. Kirish. Badiiy gimnastika — olimpiya sport turi bo‘lib, unda sportchilar texnik mahorat va musiqa ostida murakkab tana harakatlarini turli buyumlardan foydalangan holda ifodali bajarishda o‘zaro bellashadilar. Gimnastikachilarning sport tayyorgarligidan ko‘zlangan asosiy maqsad – eng oliy maqom musobaqalar bo‘lgan Olimpiya o‘yinlari, shuningdek Jahon, Yevropa chempionatlari va mamlakat birinchiligida g‘alaba qozonishdan iborat. Gimnastikachilarning mashq qilishidan yana bir maqsad — sport ustasi, sport ustaligiga nomzod va boshqa shu kabi razryadli normativlarni o‘zlashtirishdan iborat. Badiiy gimnastikada sport tayyorgarligiga oid vazifalar umumlashtirilganda, quyidagilardan iboratdir: 1. Shug‘ullanuvchilar organizmining tashqi shakllari va funksiyalarini har tomonlama barkamol rivojlantirish. 2. Gimnastikachilarning jismoniy sifatlari: kuchi, egiluvchanligi, koordinatsiyasi, sakrovchanligi, tezkorligi, muvozanatni tuta bilishi va chidamliligini mutanosib rivojlantirish. 3. Badiiy gimnastikada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish. 4. Ma’naviy, irodaga oid, axloqiy-estetik xususiyatlarni tarbiyalash. 5. Maxsus estetik sifatlar: musiqa va raqsni his eta bilish, ifodalilik va artistizmni rivojlantirish. Gimnastikaning olimpiya turlarida sport mahorati quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha rivojlanadi va baholanadi: 1. Musobaqa dasturlarining mazmuni va tarkibi; 2. Musobaqa mashqlari kompozitsiyasi; 3. Musobaqa kompozitsiyalari ijrosi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) — bu inson faoliyatidan qat’iy nazar, umumiy tarzda amalga oshiriladigan jismoniy tayyorgarlikdir. U shug‘ullanuvchilarning salomatligini mustahkamlash va har tomonlama rivojlantirishga, mehnat layoqatini oshirish hamda tanlangan sport turidan qat’iy nazar, jismoniy hususiyatlarni takomillashtirishga qaratilgandir. UJT vositalari quyidagilardan iborat: umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, yugurish, kross, suzish, chang‘ida yurish, eshkak eshish, konkida, velosipedda uchish, sport va harakatchan o‘yinlar. Maxsus jismoniy tayyorgarlik — bu maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, muayyan sport turi mashqlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish va sifatli bajarish uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishga qaratilgandir. Xozirgi paytda 7 ta asosiy jismoniy qobiliyat ajratib ko‘rsatiladi (ba’zida ularni harakat yoki psixomotor qobiliyatlar deb atashadi): https://scientific-jl.com/ped 6 6 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 1. Koordinatsiya — mushak faoliyatini maqsadga muvofik tarzda tashkil eta bilish qobiliyati va chaqqonlik — yangi harakatlarni o‘zlashtirish hamda faoliyatni vaziyatga qarab o‘zgartira bilish qobiliyati. 2. Egiluvchanlik — bug‘imlardagi harakatchanlik - harakatlarni katta amplituda bilan faol va sust tarzda bajarish qobiliyati. 3. Kuch — tashqi qarshilikni еngib o‘tish yoki unga statik va dinamik harakatlardagi mushak qisqarishlari hisobiga qarshi tura olish qobiliyati. 4. Tezlik — ko‘rsatilgan ta’sirga tezda javob berish (reaksiya) va harakatlarni katta tezlik va chastota bilan bajara olish qobiliyati. 5. Sakrovchanlik — balandligida namoyon bo‘ladigan tezlik-kuch qobiliyati. 6. Muvozanat — statik va dinamik mashqlarda muvozanatni saqlab turish qobiliyati. 7. Chidamlilik — charchashga qarshi tura bilish qobiliyati. Keyingi paytlarda badiiy gimnastika bo‘yicha maxsus adabiyotlarda jismoniy sifatlarni ahamiyati bo‘yicha tasniflashga urinishlar uchramoqda. Bu maqsadga muvofik emas, chunki badiiy gimnastika — ko‘p qirrali sport turi bo‘lib, undagi turli mashqlar xar hil jismoniy qobiliyatlar va ularni namoyon qilishning turli darajalarini talab qiladi. Bular orasida faqat ikkita qobiliyat — koordinatsiya va egiluvchanlikni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin, xolos. Badiiy gimnastika sohasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, mazkur sport turidagi jismoniy tayyorgarlikning o‘ziga hos jihati shundan iboratki, bunda mashqlarning maqsadi harakatlarning mutlaq uyg‘unligiga erishishdan iborat bo‘ladi. Yuksak natijalar yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy qobiliyatlardan birining mutlaq ko‘rsatkichlari bilan emas, balki harakatlarning turli tomonlari o‘rtasidagi o‘zaro mutanosib bog‘liqlik bilan belgilanadi. Badiiy gimnastikadagi jismoniy tayyorgarlikning o‘zagi kompleks o‘zaro ta’sirdan iborat bo‘li

Доказательный фрагмент

«This article presents the definition of rhythmic gymnastics, the specifics of world rhythmic gymnastics, a general description of the system of athletic https://scientific-jl.com/ped 6 5 Volume-83, Issue-1, June -2025…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents the definition of rhythmic gymnastics, the specifics of world rhythmic gymnastics, a general description of the system of athletic https://scientific-jl.com/ped 6 5 Volume-83, Issue-1, June -2025… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rhythmic gymnastics, sport, means, method, physical qualities, kompozitsiya., vosita, yuklama, usul, organism, axloqiy-estetik, jismoniy sifatlar, Kalit so‘zlar: badiiy gimnastika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники