Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-NAZARIY JIHATLARI
SCIENCE SHINE · Muzaffarova Shahriniso Abduhamedovna
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi bu-ishlab chiqarishning barqaroq ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodioyt, raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, raqamli qishloq xo‘jaligi, aqlli qishloq xo‘jaligi, agrosanoat majmuasi, globallashuv, integratsiya, agroklaster, milliy xo‘jalik, sanoatlashtirish, qo‘shilgan qiymat, oziq- ovqat xavfsizligi, aholi turmush darajasi. Qishloq xo‘jaligi-inson xo‘jalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri bo‘lib u eng qadimdan bor bo‘lib kelayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish lozimki bugungi kunda yer yuzida qishloq xo‘jaligi yoki bo‘lmasa uning birorta bir kichik tarmog‘i bilan shug‘ullanmaydigan mamlakatni uchratish ehtimoldan ancha holi. Mamlakatimiz uchun qishloq xo‘jaligining ahamiyati juda katta, ya’ni bu soha aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan va shu bilan birgalikda sano‘atni xom-ashyo resurslari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoatda ishlatiladigan xom-ashyo resurslarining 50 foiz(%) dan ko‘prog‘i qishloq xo‘jalik sohasining mahsulotlaridir. Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi sanoat tavorlarining yirik iste’molchisi sifatida nomoyon bo‘ladi ya’ni bu ikki soha bir -biriga chambarchas bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan traktorlar, avtomobillar, moshinlar, asbob-uskunalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, yem va boshqa mahsulotlar sanoat sohasida qilinadigan xarajatlarning 40 foiz(%)ni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Namuna sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil yanvar-mart oylarida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot (YAIM) ishlab chiqarish hajmi joriy narxlarda 2 427 016 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 6, 2 foizga o‘sgan. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sishi - 3, 6 foiz. YAIM o‘sishiga ijobiy hissasi – 0, 4 foiz bo‘lgan. Bundan ko‘rinib turibdiki qishloq xo‘jaligi mamlakatlar iqtisodiy va eksporti ko‘rsatkichlarining o‘sishiga ham sezilarli darajada 61 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 hissa qo‘shadi va o‘z navbatida ko‘p sonli aholini ish bilan band qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich iqtisodiy faol aholining taxminan yarmini, kamroq taraqqiy etgan mamlakatlarda esa ko‘pincha 80-90 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligida band aholi hisoblanadi. Aholi turmush tarzini doimo yaxshilab borishda tez natija beradigan yo‘nalish-qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish hisoblanadi. V. I. Lenin qishloq xo‘jaligini ahamiyatini belgilar ekan “Mustahkam qishloq xo‘jalik bazasi bo‘lmasa hech qanday xo‘jalik qurilishi bo‘lishi mumkin emas” deb ta’kidlaydi. Shu boizdan muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son hamda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi PF-60-son farmoni ijroga kirdi va bu farmon doirasida so‘ngi yillarda mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor berilib kelinmoqda. Prezidentimiz farmoni yuzasidan amalga oshirilayotgan bir qator vazifalar o‘z ichiga qulay agrobiznes muhiti va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, qishloq xo‘jalik sohasida davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyalarni joriy etish va ko‘paytirish, qishloq xojaligi sohasida davlatlararo hamda xalqaro standartlarni qabul qilish kabi ustuvor masalalarni qamrab oladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida bo‘lgani singari qishloq xo‘jaligi tarmog'ida ham 2017-yildan buyon keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Qishloq xo'jaligi tarmog'ida amalga oshirilayotgan islohotlarni quyidagi asosiy yo'nalishlarga ajratish mumkin: yer va suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish bo'yicha islohotlar; qishloq xo'jaligi tarmog‘ida mulkiy va tarkibiy islohotlar, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash sohasidagi islohotlar; qishloq xo'jalik mahsulotlarining narxi shakllanishi va uni erkinlashtirish bo'yicha islohotlar; qishloq xo'jaligida soliqqa tortish va to'lash mexanizmini soddalashtirish bo'yicha islohotlar; qishloq xo'jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish hamda resurs tijamkor innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo'yicha islohotlar; qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini takomillashtirish sohasidagi islohatlar. 62 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 11(46), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 25.05.2025 Bundan tashqari hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan kirib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi soha
Доказательный фрагмент
«Qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi bu-ishlab chiqarishning barqaroq ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan eh…»
Образец извлечения
Демо-превьюQishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi bu-ishlab chiqarishning barqaroq ishlashini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan eh… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oziq-ovqat xavfsizligi, globallashuv, sanoatlashtirish, raqamlashtirish, raqamli iqtisodioyt, raqamli texnologiyalar, milliy xo‘jalik, aholi turmush darajasi., aqlli qishloq xo‘jaligi, agrosanoat majmuasi, qo‘shilgan qiymat, agroklaster, raqamli qishloq xo‘jaligi, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026