Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YERGA YAQINLASHUVCHI ASTEROIDLAR VA ULARNING FIZIK XUSUSIYATLARI TAHLILI
XUSUSIYATLARI TAHLILI · Ajabov Abdurazzoq Qayumovich · Qayumova Kumush Abdurazzoq qizi · Buxarova Sitora Baxriddin qizi (Samarqand-Finlandiya pedagogika instituti)
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu ishda Yerga xavf soluvchi kichik sayyoralar (asteroidlar) haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Xavfli asteroidlar harakati, joylahuvi, soni, kattaligi, xavflilik darajasi kabilar to′g‘risida batafsil so′z yuritilgan. Kichik sayyoralarni kuzatish, Kosmik qo′riqlash xizmatining vazifasi, xavfni bartaraf etish yo′llari ham keng yoritilgan. Shuningdek, Respublikamizda joylashgan, Dunyoning nufuzli observatoriyalari qatorida turuvchi, O′zbekiston Respublikasi FA M.Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutiga qarashli “Maydanak balandtog‘ observatoriyalari kompleksi”da olib borilayotgan, aynan asteroidlarga tegishli tadqiqotlar natijalari ham keltirilgan. Kuzatishlar natijasida asteroidlarga tegishli bo′lgan barcha fizik xususiyatlar natijalari muhokama qilingan. Kalit so′zlar. Asteroid, kometa, meteor, klassifikatsiya, asteroidlar belbog‘i, karlik sayyora, atmosfera, Gaspra. Annotation. This work presents information about small planets (asteroids) that pose a threat to the Earth. The movement, location, number, size, level of danger of dangerous asteroids are discussed in detail. Observation of small planets, the role of the Space Surveillance Service, and ways to eliminate the danger are also widely covered. The results of research on asteroids, which is being conducted in our Republic and is among the most prestigious observatories in the world, at the “Maydanak Balandag Observatory Complex” affiliated with the M. Ulugbek Institute of Astronomy of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, are also presented. As a result of the observations, all the physical properties of asteroids are discussed. Keywords: Asteroid, comet, meteor, classification, asteroid belt, dwarf planet, atmosphere, Gaspra. Kirish. Quyosh atrofida aylanuvchi 8 ta sayyoralar va ularnung yo′ldoshlari, 200.000 ga yaqin kichik sayyoralar (asteroidlar), kometalar, meteor jismlar birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. Quyosh bu sistemaning markazida joylashgan. Sayyoralar va barcha mayda jismlarning og‘irligi birgalikda Quyosh sistemasi jismlari umumiy og‘irligining 0,1% ni tashkil etadi. Quyoshning og‘irligi esa taxminan 99,9% 11 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Physical and Mathematical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 ni tashkil etadi. Shu bois Quyosh bu sistemaga kiruvchi barcha jismlarning harakatlarini boshqarib turadi. Asteroid atamasi - grekcha: “yulduzga o′xshash” – “yulduz” – “ko′rinish, tashqi ko′rinish, sifat” so′zlaridan olingan bo′lib, kompozitor Charlz Byorni tomonidan o′ylab topilgan. Ushbu ob′ektlar teleskopda kuzatilganda, sayyoralardan farqli ularoq xuddi nuqtasimon yulduz singari ko′ringani sababli Uilyam Gershel tomonidan fanga asteroid deb kiritilgan [1]. 2006 – yilga qadar asteroidlarni kichik sayyoralar deb atashgan. Kichik osmon jismlarining nomlanish borasida klassifikatsiyalanishida asosiy parametr sifatida – jismning o′lchami etiborga olinadi. Osmon jismining o′lchami 30 m dan ortiq bo′lsa – asteroidlar, undan kichiklari esa meteoridlar deyiladi. 2006 – yilda Xalqaro astronomiya jamiyati (XAJ) tomonidan ko′plab asteroidlar Quyosh sistemasining kichik jismlari tarkibiga o′tkazildi. Asteroidlar ya′ni kichik sayyoralar asosan Mars va Yupiter sayyoralarining orbitalari oralig′ida harakatlanadi. Xuddi shu belbog′da harakatlanuvchi, o′lchami 1 km dan katta bo′lgan 1 milliondan ortiq asteroidlardan 6 mingtasining orbitalari aniqlangan va ro′yxatga kiritilgan. Yer orbitasi atrofida ham asteroidlar harakatlanadi va vaqti- vaqti bilan Yerga yaqinlashib turadi. Tabiiyki, asteroidlar Yerga yaqinlashganda Yer bilan to′qnashish ehtimoliyati ham paydo bo′ladi [2]. Aslini olganda, kichik osmon jismlarining yerga qulashi har daqiqada sodir bo′lib turadigan jarayon hisoblanadi. Ammo ularning asosiy qismi yer atmosferasida yonib ketishi tufayli yerga yetib kelmaydi. Faqat ma′lum kattalikdagi asteroidlargina yer atmosfera qatlamini yorib o′tib, yer sirtiga yetib keladi. Yer shari yuzasining katta qismi suv bilan qoplanganligi sababli to′qnashuvlarning ko′pchiligi dengiz va okeanlar hissasiga to′g‘ri keladi. Yerga qulagan bizga ma′lum eng katta asteroidlardan biri bundan 65 mln yil oldin Yukatan yarim oroliga tushgan diametri 10 km bo′lgan asteroiddir. Ushbu asteroidning qulashi natijasida global miqiyosdagi iqlim o′zgarishlari vujudga kelib, dinozavrlarning qirilib ketganligi taxmin qilinadi [3]. Yaqin tarixdagi to′qnashuvlardan biri esa 1908-yilda Sibir taygasiga qulagan Tungus meteoridi hisoblanadi. Tungus meteoridiga o′xshash muz yadroli, ammo o′lchamlari ancha kichik ya′ni diametri 17 metr, og′irligi 10 ming tonna bo′lgan osmon jismi 2013-yilning 14-fevralida 30 km/s tezlik bilan yer atmosferasiga kirib keldi va Rossiyaning Chelyabinsk shahri hududida Yer sathidan 20-25 km balandlikda portladi. Portlash kuchi yarim megatonna atrofida bo′lib, bu Xirosima atom bombasidan taxminan 30 marta kattadir. Chelyabinsk meteoridining portl
Доказательный фрагмент
«Ushbu ishda Yerga xavf soluvchi kichik sayyoralar (asteroidlar) haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ishda Yerga xavf soluvchi kichik sayyoralar (asteroidlar) haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Asteroid, comet, meteor, classification, asteroid belt, dwarf planet, atmosphere, karlik sayyora, asteroidlar belbog‘i, kometa, klassifikatsiya, atmosfera, Gaspra.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025