Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GʻUZOR BEKLIGIDA IQTISODIYOTINING ASOSIY TARMOQLARI
Karimov Bahrom Djalolovich · ORCID ID: ---
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
This article discusses the importance of Guzar in the Kashkadarya oasis, which was an important economic, political and strategic point of the Bukhara Emirate in the 19th and 20th centuries. Its location on the Karshi - Guzar - Akrabot - Termez route was of great importance. Trade caravans from the city of Karshi passed through the village of Yangikent - Guzar - Akrabot - Temir Darvaza to the Surkhan oasis, and from there through Sherabad and Termez to Afghanistan and India. The Great and Small Ura rivers, which flowed from Guzar to Akrabot, branched at their confluence. The Karshi and Guzar road joined the Kaltaminor road of Shakhrisabz in Akrabot and passed through Temir Darvaza to the Surkhan oasis. The crafts of the Guzar beylik, in particular, the main occupations of the beylik population - fur production, butchery, jewelry, embroidery, shoemaking, confectionery, and poultry markets, are described on the basis of written and ethnographic information. Key words: Guzar, Shakhrisabz, Bukhara, Samarkand, Termiz, Eskibog, Eastern Bukhara, butchery, jewelry, embroidery, shoemaking, confectionery, poultry. Kirish. Qashqadaryo vohasi Buxoro amirligining muhim ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. XIX — XX asr boshlarida amirlikka qarashli boʻlgan 27 bekliqdan 6 tasi — Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Chiroqchi bekliklari Qashqadaryo vohasida joylashgan. Gʻuzor shahri ham vohaning muhim va yirik savdo markazlaridan biri hisoblanib, dasht va togʻli hududlarda iborat boʻlgan hamda Buxoro — Qarshi — Termiz savdo yoʻlida joylashgan. Gʻuzor oʻrta asrlardayoq Naxshab va Kesh kabi janubiy Soʻgʻdning viloyati sifatida tilga olingan va xarobalari ulkan tepaliklar koʻrinishida saqlanib qolgan 24 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 hamda Huzor nomi bilan yuritilgan. Navkat, Subax, Quraysh yerlari ham Gʻuzorga qarashli boʻlgan. XVI asr boshlariga taalluqli manbalarda ham Qashqadaryo vohasida Kesh Nasafdan tashqari, Gʻuzor viloyati ham aytib oʻtiladi. [1]. Viloyat markazi boʻlgan Gʻuzor shahri esa muhim strategik ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlagan V. V. Bartoldning fikricha Subax shahri hozirgi Gʻuzor oʻrnida boʻlgan[2]. Qadimdan Gʻuzorda dehqonchilik, hunarmandchilik, kiyim-kechak, bazzozlik, sandiqchilik, beda, somon, oʻtin, kashtachilik, choponchilik, zargarlik, novvoylik, maxsi va etikdoʻzlik, qandolatlik, parrandachilik bozorchalari mavjud boʻlgan. Bozorlarda qoshgʻarliklar, afgʻonlar, eroniylar, hindlar, turklar ham savdo-sotiq bilan shugʻullanishgan va ular karvonsaroylarda istiqomat qilishgan. Beklik iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biri hunarmandchilik hisoblanib, uning 25 dan ortiq turlari mavjud edi. Yirik hunarmandchilik markazi sanalgan Gʻuzor shahrida toʻqimachilik uchun zarur boʻlgan xom ashyo: jun, kalava iplari nafaqat voha, balki qoʻshni Qarshi, Shahrisabz, Buxoro, Samarqand, Termiz shaharlariga etkazilgan. Aholi mato toʻqish, kashtadoʻzlik, gilamdoʻzlik, kulolchilik, temirchilik, degrezlik zargarlik va hunarmandchilikning boshqa turlari bilan shugʻullanganlar. Shuningdek hunarmandchilikning xumdonlar, tandirsozlar, gʻisht pishirish, aravosozlar, beshiksozlar, buyrachilar, savat toʻquvchilar, novvoylar, duradgorlik va boshqa turlari ham keng rivojlangan. Qishloqlarda uy hunarmandchiligi, ziroatchilik xomashyolarini qayta ishlash bilan bogʻliq kasb-hunar tarmoqlari bilan ham mashgʻul boʻlishgan. Gʻuzorning Boshxurt qishlogʻi yaqinida sifatli osh tuzi qazib olingan. Qarshi shahri orqali tuya karvonlari orqali Buxoro xonligi shahar va qishloqlariga etkazib berilgan. [3]. Hunarmandchilik bilan shugʻullanuvchi Gʻuzor bekligi aholisining asosiy qismini boʻz ishlab chiqaruvchilar tashkil qilgan. Paxta ekilmaydigan hududi aholisi ham chorvachilik mahsulotlari yoki quruq mevalarga paxtani almashtirib boʻz ishlab chiqarganlar. Boʻz toʻqish bilan ayollar shugʻullanib, Eskibogʻ, Butek va Chunagʻar qishloqlari aholisi maxsus boʻz ishlab chiqarish bilan shugʻullanganlar. Boʻz asosan ichki ehtiyojlar uchun ishlab chiqarilgan. Eskibogʻ qishlogʻining yarim aholisi uy - roʻzgʻor ehtiyojlari uchun zarur temir buyumlar yasash bilan mashgʻul boʻlib, bu temir buyumlar amirlikda Qorategin pichoqlari singari nom qozonmagan boʻlsada, ichki ehtiyoj uchun yaxshi xizmat qilgan. Gʻuzor bekligida Eskibogʻ qishlogʻi yagona temir buyumlar ishlab chiqaruvchi qishloq hisoblanib, boshqa yirik qishloqlar aholisi uchun temirchilikning taqachilik turi asosiy mashgʻulot turi edi. Gʻuzor bekligi aholisining 1500 nafarga yaqini koʻmir qazish bilan shugʻullangan boʻlsa, Abullays va Qayirma qishloqlari aholisining asosiy mashgʻuloti 25 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 tuyalarga yuk tashishdan iborat boʻlgan. Bundan tashqari bir necha yuz
Доказательный фрагмент
«This article discusses the importance of Guzar in the Kashkadarya oasis, which was an important economic, political and strategic point of the Bukhara Emirate in the 19th and 20th centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the importance of Guzar in the Kashkadarya oasis, which was an important economic, political and strategic point of the Bukhara Emirate in the 19th and 20th centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Guzar, Shakhrisabz, Bukhara, Samarkand, Termiz, Eskibog, Eastern Bukhara, Buxoro, kashtachilik, Samarqand, Shahrisabz, Gʻuzor, Eskibogʻ, Sharqiy Buxoro, qandolatchilik, etikdoʻzlik, parrandachilik., qassoblik, zargarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025