К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY O‘QUV YURTLARI TALABALARI O‘RTASIDA TOLERANTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Ruziyev Axror Evatovich

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Oliy o‘quv yurtlarida tolerant va intolerant talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Tolerant va intolerant talabalar o‘zaro ta'sirining o‘ziga xos xususiyatlari va xususiyatlarini belgilaydigan sub'ektlarning tolerantliligi, milliy o‘ziga xoslik va ayrim shaxsiy xususiyatlarning rivojlanish darajasi, talabalar muhitida, shaxslararo munosabatlarda shaxsni rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston yoshlarining tolerantliligini shakllantirish doirasidagi qadriyatlariga e'tibor qaratilgan. Tolerant va intolerant talabalarning xarakterli xulq-atvor namoyishlari sharhlanadi. Oliy ta'lim muassasasi sharoitida tolerantlilik profilaktik choralari uchun samarali shartlar ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: tolerantlik, intolerantlik, empatiya, tajovuz, milliy o‘ziga xoslik, sabr-toqat, qadriyat. Annotation. In higher educational institutions, socio-psychological characteristics of tolerant and intolerant students in their relationships were considered. Tolerance of subjects, national identity and the level of development of certain personality traits, ways of developing personality in the student environment, interpersonal relationships are indicated, which determine the peculiarities and characteristics of the interaction of Tolerant and intolerant students. Attention is paid to the values of the youth of Uzbekistan within the framework of the formation of tolerance. Characteristic behavioral manifestations of Tolerant and intolerant students are commented on. In the conditions of a higher educational institution, effective conditions for preventive measures of tolerance are indicated. Keywords: tolerance, intolerance, empathy, aggression, national identity, patience, value. Kirish. Butun dunyo xalqlari tolerantlik madaniyatini eng oliy umuminsoniy qadriyatlardan biri deb hisoblaydi. Jamiyatda tolerantlik madaniyatining amal qilishi butun insoniyatning ahil, do‘st va barqaror yashashiga asos bo‘ladi. Tolerantlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish masalasi doimiy ravishda xalqaro tashkilotlar diqqat markazida turadi. Jumladan, jahon hamjamiyati uchun 1995-yil 16- noyabrda Parij shahrida YUNESKO Bosh konferentsiyasining yigirma sakkizinchi sessiyasida "Declaration of principles on tolerance" ("Bag‘rikenglik tamoyillari Deklarasiyasi")ni qabul qilinishi fikrimizni tasdiqlaydi. [1] Jamiyatda tolerantlik madaniyatining rivojlanishi oddiy insonlar, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan tortib, umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha jarayonlar uchun ham tobora muhim zaruratga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni [2] hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy sohalarga oid beshta tashabbusi" [3] dasturlari doirasida belgilangan keng ko‘lamli 29 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 strategik chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi. Zero, jamiyat oldida turgan bunday vazifalar echimini topish masalasi, mamlakatimiz sharoitida yoshlarni tolerant madaniyatlilikka undovchi motivasiyalarning ijtimoiy- psixologik mexanizmlarini o‘rganish va shunga mos tarzda ta'lim-tarbiya dasturlarini ishlab chiqilishi, metodologik asosni yaratish zaruriyatini tug‘dirib, tadqiqot ishi dolzarbligini ko‘rsatadi. Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Tolerantlik (bag‘rikenglik) va intolerantlik (murosasizlik) zamonaviy dunyoning asosiy tarkibiy qismlariga aylanmoqda. "Tolerantlik" tushunchasining asosiy tarkibiy qismi shaxsning faol axloqiy pozitsiyasi va boshqa madaniyatlar, qarashlar, turli e’tiqod odamlari bilan hamkorlik qilishga psixologik tayyorligi, murosasizlikning asosi esa shaxsning pozitsiyasi va rad etishga psixologik tayyorligi, boshqa madaniyat odamlarining murosasizligi, qarashlari, e’tiqodlaridir. Tolerantlik tushunchasining talqini keng qamrovli bo‘lib, u meditsina, ekologiya, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy jabhalarni o‘z ichiga oladi. Har bir talqin o‘z navbatida yetarli asosga ega hisoblanib, turli xil ta’riflar orqali izohlanmoqda. Masalan, Mark Notturno tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, tolerantlik (lotincha tolerantia – sabrlilik, toqatlilik) – o‘zga hayot tarzi, nuqtai nazar, g‘oyalar va e’tiqodlarga toqatlilik, bag‘rikenglikdir. [4; 11] Rus olimasi YE.I.Xolostova bergan ta’rifga ko‘ra, tolerantlik – ijtimoiy ishning boshqaruv tamoyili, individlar, guruhlar va hamjamiyatlar o‘rtasidagi madaniy, irqiy va boshqa tafovutlarni tan olish, odamlarning tashqi qiyofasi, xatti-harakati, qadriyatlar yo‘nalishi va ulardagi farqlarga nisbatan bag‘rikenglikdir. [5] Muammoni o‘rganilganlik darajasi. Tolerantlik (bag‘rikenglik) va intolerantlik (murosasizlik) zamonaviy dunyoning asosiy tarkibiy qismlariga aylanmoqda. "Tolerantlik" tushunchasining asosiy tarkibiy qismi shaxsning faol axloqiy pozitsiyasi va boshqa

Доказательный фрагмент

«Oliy o‘quv yurtlarida tolerant va intolerant talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Oliy o‘quv yurtlarida tolerant va intolerant talabalarning o‘zaro munosabatlaridagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tolerance, intolerance, empathy, aggression, national identity, patience, value, tajovuz, sabr-toqat, empatiya, qadriyat., milliy o‘ziga xoslik, intolerantlik, tolerantlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники