К содержанию
РецензированоEN2025

MILLIY TARBIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Jamolov Davronbek Baxtiyor o‘g‘li

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan. Kalit so‘zlar: Milliy tarbiya, milliy madaniyat, jamiyat, ahloq, qadriyatlar, milliy qadriyatlar, milliy ehtiyoj. Annotation. National education is not a separate form or area of education. It is a concept that expresses the character and spirit of social education. At different stages of history, national education has fulfilled important tasks. It has given a national spirit to educational activities carried out in the family, in the neighborhood, in various places, and adapted them to the needs and interests of the nation. Keywords: Personality formation, national tradition, national education, national culture, society, ethics, values, national values, national needs. Kirish. O‘zbek milliy madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini asrash uchun uning tarkibiy qismlaridan yana biri - milliy tarbiyaning ham samarasini oshirish kerak. Milliy tarbiya o‘zbek milliy madaniyatining ajralmas qismidir. Ayni paytda aynan milliy tarbiya, bir jihatdan, milliy madaniyat elementlariga ommaviy tus beradi, ularning millat vakillari tomonidan keng miqyosda o‘zlashirilishini ta’minlaydi. Ikkinchi jihatdan esa, u milliy madaniyat artefaktlarining ajdodlardan avlodlarga o‘tib borishiga, bu vorisiylik jarayonining milliy ehtiyoj va manfaatlarga mos ravishda kechishiga xizmat qiladi. Binobarin, globallashuv tendensiyasining ijtimoiy voqelikka total ta’siri kuchayayotgan bugungi pallada milliy tarbiya samaradorligini oshirmasdan turib, milliy madaniyatning o‘ziga xosligini, uning ommaviyligi va vorisiyligini ta’minlash amri mahol. Biz ta’kidlaganimizdek, milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. U ijtimoiy tarbiyaning xarakterini, ruhiyatini ifodalaydigan tushuncha. Tarixning turli bosqichlarida milliy tarbiya muhim vazifalarni ado etib kelgan. U oilada, mahallada, turli maskanlarda amalga oshirilgan tarbiyaviy faoliyatga milliy ruh ato etib turgan, uni millat ehtiyoj va manfaatlariga moslashtirgan. Ana shunday milliy ruh ustuvorligi sharofati bilan shaxs o‘zini muayyan millatning vakili ekanligini anglab yetgan va shu orqali uning milliy ongi qaror topgan. Aynan milliy tarbiya yordamida 36 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 shaxsning milliy his-tuyg‘ulari, e’tiqodi, yon-atrofda sodir bo‘layotgan voqea va jarayonlarga munosabati shakllangan. Metodlar va metodologiya. Milliy tarbiya barcha davrlarda shaxsga milliy madaniyatning boshqa elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini taqdim qilgan, ularni qadrlashga odatlantirgan. Tarbiyaviy ta’sir milliy xarakterga ega bo‘lgan oilalarda voyaga yetgan yigit va qizlarda o‘zbek tiliga hurmat tuyg‘usining kuchliligi, milliy adabiyot va san’at durdonalariga murojaatning muntazamligi, milliy an’ana va qadriyatlarga sodiqlik kayfiyatining mustahkamligi ham shundan. Biroq bundan milliy tarbiya shaxs uchun faqat milliy madaniyat elementlarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratar ekan, o‘zga millatlarning madaniy yutuqlari bilan tanishish eshiklarini yopib qo‘yadi, ularga e’tiborni susaytiradi, degan xulosaga kelmaslik kerak. Aksincha, milliy o‘ziga xoslik asosida tarbiya topgan shaxs nafaqat o‘z millatining madaniy artefaktlarini, balki boshqa millat madaniy taraqqiyoti yutuqlarini ham qadrlay oladi. Milliy tarbiya ta’sirida o‘z millatining madaniy yutuqlarini o‘zlashtirishga ko‘nikkan kishi boshqa millatlarning madaniyatiga xos bo‘lgan elementlarni ham tolerantlik bilan qabul qiladi. Milliy ruhda tarbiyalanmagan kishi o‘z milliy madaniyatini ham, o‘zgalar milliy madaniyatini ham qadrlamaydi. Shu nuqtai nazardan fikrlaganda, milliy tarbiya milliy mahdudlikning emas, baynalminallik, insonparvarlik va tolerantlikning muhim manbaidir. Natijalar. Milliy tarbiyaning milliy ruhiyat bilan sug‘orilgani uning o‘zgarmasligini anglatmaydi. Millat rivojlanar ekan, uning ruhiyati ham u yoki bu omillar va vositalar ta’sirida yangilana boradi. Ruhiyatning o‘zgarishi esa milliy tarbiya mohiyatida iz qoldiradi. Biroq o‘zgarishlar sur’ati naqadar baland va chuqur bo‘lmasin, milliy tarbiya ijtimoiy tarbiyani milliylik, milliy ehtiyoj va manfaatlar bilan uyg‘unlashtiruvchi manba bo‘lib qolaveradi. Tahlil. Tarixiy taraqqiyotning biror davrida ijtimoiy tarbiya mazmuni bugungi kundagi kabi o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan emas. Globallashuv tendensiyasi, biz avvalgi bobda qayd qilganimizdek, oilada, mahallada, ta’lim maskanlarida, mehnat jamoalarida amalga oshirilayotgan tarbiya jarayonini liberallashtirdi. Bir qarashda, tarbiyaning liberallashuvi salbiy jarayon emasdek tuyuladi. Umuman, olganda, buning ijobi

Доказательный фрагмент

«Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas.»

Образец извлечения

Демо-превью

Milliy tarbiya tarbiyaning alohida shakli yoxud sohasi emas. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Personality formation, national tradition, national education, national culture, milliy ehtiyoj., milliy madaniyat, ahloq, jamiyat, qadriyatlar, Milliy tarbiya, milliy qadriyatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники