Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASI FAOLIYATINING FRONT EHTIYOJLARI TOMON YO‘NALTIRILISHI
Turayev Murodulla Tura o‘g‘li
Международный научный журнал · 2 · 169-171 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida sogʻliqni saqlash tizimining front ehtiyojlariga moslashtirilishi, harbiy tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tahlil qilinadi. Urush sharoitida tibbiyot tizimining asosiy vazifalari – jarohatlangan harbiy xizmatchilarni davolash, epidemiyalarning oldini olish, dala gospitallarini tashkil etish va tibbiy xodimlarni front sharoitida samarali tayyorlash masalalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, sogʻliqni saqlash tizimining harbiy ehtiyojlar bilan uygʻunlashuvi, resurslar taqsimoti hamda tinch aholi uchun tibbiy xizmat koʻrsatishdagi qiyinchiliklar yoritiladi. Tadqiqot urush davridagi tibbiyot tajribasini oʻrganish va kelajak uchun tegishli xulosalar chiqarish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit soʻzlar: Ikkinchi jahon urushi, sogʻliqni saqlash tizimi, harbiy tibbiyot, front ehtiyojlari, dala gospitali, epidemiologik nazorat, sanitariya xizmati, harbiy jarrohlik, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, urush sharoitida tibbiy yordam. Annotation. This article analyzes the adaptation of the health system to the needs of the front during World War II, the establishment of military medical institutions and their activities. In the conditions of war, the main tasks of the medical system are considered – the treatment of injured servicemen, the Prevention of epidemics, the organization of field hospitals and the effective training of medical personnel in the conditions of the front. Also, the harmonization of the health system with military needs, the distribution of resources and the difficulties in the provision of medical services for the civilian population are highlighted. The study is instrumental in exploring the experience of wartime medicine and drawing relevant conclusions for the future. Keywords: World War II, Health System, Military Medicine, front-line needs, field hospital, epidemiological control, sanitary service, military surgery, training of medical personnel, medical assistance in war conditions. Kirish. Ikkinchi jahon urushi davrida sogʻliqni saqlash tizimi ogʻir sinovlardan oʻtdi. Harbiy harakatlar tufayli yuzaga kelgan yirik jangovar yoʻqotishlar, aholining ommaviy evakuatsiyasi va shifoxonalarning front ortiga koʻchirilishi tibbiyot muassasalarining faoliyatiga katta ta’sir koʻrsatdi. Ayniqsa, shifokorlar va tibbiy xodimlarning yetishmovchiligi dolzarb muammolardan biri boʻlib qoldi. Urush sharoitida jarohatlangan askarlar va tinch aholi vakillariga tezkor tibbiy yordam koʻrsatish, sanitariya-epidemiologik nazoratni saqlab qolish va tibbiyot kadrlarini yetkazib berish kabi vazifalar dolzarbligicha qoldi. Ushbu tadqiqotda Ikkinchi jahon urushi yillarida davolash muassasalarini tibbiyot kadrlar bilan ta’minlash muammolari, bu boradagi davlat siyosati va amalga oshirilgan choralar yoritiladi. Tahliliy metodologiya. Urush yillarida O‘zbekistonning tibbiyot tizimi muhim o‘zgarishlarga duch keldi. 1941-yilda O‘zbekistonda 368 ta kasalxona va 19,498 ta 42 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 davolash o‘rinlari mavjud bo‘lib, ushbu davrda tibbiyot xodimlari soni 2,561 nafarni tashkil etgan. 1945-yilga kelib, O‘zbekistondagi shifoxonalar soni 481 taga yetdi va davolash o‘rinlari 24,848 taga ko‘paydi. Vrachlar soni esa 2,984 nafarni tashkil etdi. Ushbu ma’lumotlar tibbiyot sohasidagi o‘sish va rivojlanishni, shuningdek, urushning tibbiyot tizimiga ta’sirini ko‘rsatadi[1]. Qoida bo‘yicha harbiy gospitallar asosan temir yo‘l yaqinidagi shahar hududlariga joylashtirildi va gospitallar faoliyatiga respublika Sog‘liqni saqlash xalq komissari o‘rinbosari B. I. Berliner rahbarlik qildi. Gospitallar uchun maktab va institut, klub va teatr binolari bo‘shatib berildi. 1941 yilning dekabrida respublikada 96 ta evakuatsiya qilingan gospitallar bo‘lib, ularda 31700 davolash o‘rni mavjud edi. 1942 yilning oxiriga kelib O‘zbekistonda 113 ta harbiy gospital va ularda 39140 ta davolash o‘rni ishlab turdi. Harbiy gospitallarda 1941 yil oktyabridan 1945 yil 1 iyuliga qadar 164 ming 382 nafar yarador askar va zobitlar davolandi[2]. Harbiy gospitallar asosan Toshkent va Samarqand shaharlarida joylashtirilib, ularning har biriga 20 tadan[3], Farg‘ona viloyatida esa 16 ta shunday davolash muassasasi faoliyat olib bordi. Andijon viloyatida 1941 yili 5 ta harbiy gospital tashkil etilib, keyingi yillarda ular 10 ta bo‘ldi. Shahardagi madaniy-ma’rifiy muassasalarning binolari ularga berildi. Toshkent shahrida mamlakatdagi yirik hisoblangan ko‘z kasalliklari gospitali tashkil etilib, unda taniqli akademik V. P. Filatov faoliyat ko‘rsatdi[4]. Urush yillari Ukraina ko‘z kasalligi ilmiy-tadqiqot instituti akademigi, sohaning mamlakatdai etuk mutaxassislaridan V. P. Filatov Toshkent shahrida, xarbiy-tibbiy akademiyaning ko‘z kasalliklari klinikasi professori B. L. Polyak, professor V. N. Arxangelskiylar Samarqandda, Moskva meditsina institu
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida sogʻliqni saqlash tizimining front ehtiyojlariga moslashtirilishi, harbiy tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida sogʻliqni saqlash tizimining front ehtiyojlariga moslashtirilishi, harbiy tibbiyot muassasalarining tashkil etilishi va ularning faoliyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- World War II, Health System, Military Medicine, front-line needs, field hospital, harbiy jarrohlik, Ikkinchi jahon urushi, harbiy tibbiyot, sanitariya xizmati, epidemiologik nazorat, sogʻliqni saqlash tizimi, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, front ehtiyojlari, urush sharoitida tibbiy yordam., dala gospitali
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025