К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIMNING YUQORI BOSQICHI – MADRASALAR FAOLIYATI VA ULARNING QURILISHI VA UNING PSIXOLOGIYA BILAN BOG‘LIQLIGI (XIX ASR OXIRI – XX ASRNING BOSHLARI)

Egamberdiyev Farxod Tuxtayevich · Iskandarova Mahliyo Quvandiq qizi

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro madrasalarining qay tartibda qurilishi, bezatilishi, madrasalarni kimlar qurdirgani va boshqargani haqida Fitrat, Narshaxiy, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy va boshqalarning ma’lumotlari bilan tanishib o‘tilgan. Shu bilan birga Maqrasalarning nafaqat diniy bilim beruvchi muassasa, balki shaxs kamoloti, aqliy va ruhiy tarbiyaning asosiy markazi ham bo‘lganligi va ta’lim jarayonining psixologik tomonlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: Narshaxiy, Forjak, jarayon, madrasa, Psixologik, “bilimgoh”, Fitrat, Sadriddin Ayniy, Nasrulloh madrasasi, self-regulation, masjidi Kalon, Bibi Xalifa, Boloyi Hovuz, Olimxon. Annotation. This article examines the construction and decoration of Bukhara madrasas in the late 19th and early 20th centuries, as well as the information provided by Fitrat, Narshahi, Fayzulla Khojayev, Sadriddin Ayni and others about who built and managed the madrasas. At the same time, it is important to note that the madrasas were not only institutions providing religious education, but also the main center of personal development, intellectual and spiritual education, and are of great importance in studying the psychological aspects of the educational process. Keywords: Narshahi, Forjak, process, madrasa, Psychological, "knowledge center", Fitrat, Sadriddin Aini, Nasrullah madrasa, self-regulation, Kalon mosque, Bibi Khalifa, Boloyi Havuz, Olimkhan. “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”[1]. Kirish. An’anaviy ta’lim tizimining yuqori bosqichi – madrasalar haqidagi ilk ma’lumot Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida berilib, Buxoro shahridagi Forjak nomidagi madrasaning 937 yilgi yong‘in paytida yonib yonib ketgani aytib o‘tiladi. “Madrasa” so‘zi “dars beradigan joy”, “bilimgoh”, “o‘qish joyi” degan ma’nolarni anglatgan. O‘rta asrlarda Buxoro madrasalari ilm maskani sifatida nafaqat Movarounnahda, balki Markazi Osiyo, musulmon sharqida ham mashhur edi. Madrasani muvaffaqiyatli bitirganlardan mamalakat boshqaruvi, huquqtartibot va ta’lim muassasalari uchun kadrlar, ulamolar yetishib chiqqan [2]. 48 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 XIX asr oxiri – XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda madrasalar ta’limning eng yuqori bosqichi sifatida faoliyat yuritgan. Madrasalar nafaqat diniy bilim beruvchi muassasa, balki shaxs kamoloti, aqliy va ruhiy tarbiyaning asosiy markazi ham bo‘lgan. Bu jihat ta’lim jarayonining psixologik tomonlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. XIX asr oxiri va XX asrning boshlariga kelib Buxoro madrasalarida nafaqat Turkiston, balki Rossiya imperiyasining turli o‘lkalaridan kelgan musulmon aholisi vakillari ham ta’lim olar edilar. Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddin Ayniy va boshqalarning ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro madrasalarida 1920 yilning oxirigacha chetdan kelgan talabalar o‘qishni davom ettirganlar. Amirlikning chekka va yaqin atrofdagi tumanlardan, qo‘shni va boshqa musulmon mamlakatlaridan madrasaga o‘qishga kelganlar ham o‘qishga qabul qilinganlar. Eng yirik madrasalar amirlikning markazi Buxoro shahrida hamda Qarshi, G‘ijduvon, Shahrisabz, Sherobod shaharlarida, Sharqiy Buxoro bekliklari markazlarida faoliyat ko‘rsatgan. Umuman, Buxoro amirligida yuzlab madrasalar mavjud edi. Madrasalar kichik, o‘rta va yirik madrasalardan iborat bo‘lgan. Sadriddin Ayniyning qayd etishicha, Buxoro madrasalarining salom olamidagi nufuzi juda yuqori bo‘lib ularda ta’lim olgan ulamolarning dinniy masalalardagi so‘zlari Misr va Hijozda o‘qiganlarning so‘zlaridan ko‘ra mo‘tabarroq hisoblangan[3]. Har bir madrasalar ularning asoschilari nomi bilan atalgan. Kim madrasani qurdirgan bo‘lsa, ushbu madrasaga uning ismi, qishloq joylarda madrasa qaysi qishloqda joylashgan bo‘lsa o‘sha qishloqning nomi berilgan. Madrasalar qurilishiga hukumdorlar kata etibor qaratsalarda, ular xusisiy xayr- ehson evaziga faoliyat ko‘rsatgan. Madrasalar xolis xususiy mulk hisobidan qurulishi shart bo‘lib, xon va amirlar, yirik amaldorlar tomonidan bunday inshootlarni davlat mulkidan bunyod etilishi shariatga xilof hisoblangan. Buxoro madrasalarining binolari asosan pishiq g‘shtdan ikki qavvatli yoki bir qavvatli qilib qurilgan. Odatda madrasalar ichki va tashqi sahnga, baland va mustahkam devorga hashamatli toq va ravoqlarga ega bo‘lib, ba’zilarning peshtoqlari gumbazlari va devorlari rang-barang koshinlar bilan bezatilgan. Madrasalar ichki va tashqi maydoniga ega bo‘lgan. An’anaviy tarzda uning birinchi qavatida darsxonalar, kutubxona, masjid, tahoratxona, ikkinchi qavatida esa talabalar yashaydigan hujralar bo‘lgan. Madrasalar qurish ishi Buxoro amirligida o‘ziga xos tarzda amalga oshirilgan. Asrlar osha bu ish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro madrasalarining qay tartibda qurilishi, bezatilishi, madrasalarni kimlar qurdirgani va boshqargani haqida Fitrat, Narshaxiy, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Buxoro madrasalarining qay tartibda qurilishi, bezatilishi, madrasalarni kimlar qurdirgani va boshqargani haqida Fitrat, Narshaxiy, Fayzulla Xo‘jayev, Sadriddi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Narshahi, Forjak, process, madrasa, Psychological, "knowledge center", Fitrat, masjidi Kalon, Bibi Xalifa, Sadriddin Ayniy, Narshaxiy, Olimxon., Psixologik, self-regulation, “bilimgoh”, Boloyi Hovuz, Nasrulloh madrasasi, jarayon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники