К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI KASBIY TAYYORGARLIGINING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Maksadova Mexriniso Sayxonovna

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Maqolada ilmiy-pedagogik adabiyotlar, milliy-ma’naviy meros namunalari hamda pedagogika-psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni o‘rganish orqali Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantirishning nazariy asoslarini o‘rganish keltirilgan. Bundan tashqari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantirishning psixologik asoslari izohlangan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, o‘qituvchi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, tarbiyaga yo‘nalganlik, ijodkorlik, mehnatsevarlik, kasbiy sifat va fazilatlar, kasbiy faoliyat, kasbiy-shaxsiy sifatlar. Annotation. The article presents a study of the theoretical foundations of the formation of the qualities and qualities of primary school teachers through the study of scientific and pedagogical literature, examples of national and spiritual heritage, and research in the field of pedagogical psychology. In addition, the psychological foundations of the formation of the qualities and qualities of primary school teachers are explained. Keywords: primary school, teacher, primary school teacher, educational orientation, creativity, hard work, professional qualities and qualities, professional activity, professional and personal qualities. Kirish. Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda. Jahonning eng rivojlangan mamlakatlari tarixiy tajribasi shundan dalolat berib turibdiki, ular mustaqillik va taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yishlari bilan asosiy e’tibor va mablag‘larni birinchi navbatda, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashga sarflaganlar va bunday siyosat tarixiy tajribada o‘zini oqladi. Maktablardagi ta’lim-tarbiya ishlarining barchasi yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan. Ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi, demokratikligi, tarbiyalanuvchilarni hurmatlash O‘zbekistonda ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Shuning uchun ham bolalarning qadr-qimmatini hurmatlash, bolada mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat, odamlarga yaxshilik qilish va mehr-muruvvat tuyg‘usini tarbiyalash mas’uliyatli, muhim vazifadir. Bu vazifani, asosan, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining o‘qituvchilari amalga oshiradilar. Yoshlarni axloq-odobli, barkamol insonlar qilib tarbiyalashga da’vat etilgan muallim- tarbiyachilar pedagogik axloqqa doir bilimlarni pedagogik madaniyat, muomala odobi 52 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Historical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 qoidalarini yaxshi egallagan bo‘lmoqlari lozim... Shuning uchun ham o‘qituvchilar tayyorlaydigan oliy ta’lim muasasalari oldida muhim vazifa – insonparvarlik tamoyilini ro‘yobga chiqaruvchi, yuksak ma’naviy – axloqiy talablarga javob beruvchi, pedagogik odob fazilatlarini egallab olgan bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalash vazifasi turadi. Ta’kidlash joizki, vatanimizning psixolog olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarida bo‘lg‘usi o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligiga doir muammolarning juda ko‘p jabhalari o‘rganilgan bo‘lsa-da, lekin boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantirishning psixologik asoslari, muallimning milliy-madaniy muhitga xos keng imkoniyatlarini aniqlovchi, uning shaxsiy va kasbiy barkamolligini ta’minlovchi muhim mexanizm pedagog kasbiy tayyorgarligining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari muammosi o‘zining to‘liq yechimini topmagan. Tadqiqotda Ye.I.Rogovning milliy-hududiy muhitga moslashtirilgan “O‘qituvchi shaxsining kasbiy yo‘nalganligini baholash” metodikasi; “Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-shaxsiy sifatlarini o‘rganish” anketasi, nazariy tahlil, kuzatish, suhbat, testlar, anketa so‘rovlari tashkil etish, pedagogik- psixologik ilmiy tajriba, matematik statistika metodlaridan foydalanildi. Natijalar va muhokama: Zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak, bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo‘yilishi lozim. Shunga ko‘ra, ta’lim jarayonida o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning hamkorlik faoliyatiga xos ongli intizomni tashkil etishgina, o‘quvchini bilimni egallash va mustaqil fikrlashga o‘rgatish shaxs shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida o‘qituvchi shaxsi yuksak ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan xalqning etnik ongi va tafakkurining namunasi sifatida e’zozlangan. Ana shunday yuksak bahoga loyiq zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining psixologiyasi, ya’ni uning shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlari qanday bo‘lishi lozim? Psixologiyaning hozirgi tahlillariga ko‘ra, ta’lim va tarbiya shakli, mazmuni va mohiyati jihatidan milliy-etnik hodisadir . U o‘z xalqining (millatining) marosimlari, an’analari, odatlari va umuman, etnopsixologiyasini o‘zida aks

Доказательный фрагмент

«Maqolada ilmiy-pedagogik adabiyotlar, milliy-ma’naviy meros namunalari hamda pedagogika-psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni o‘rganish orqali Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantiris…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ilmiy-pedagogik adabiyotlar, milliy-ma’naviy meros namunalari hamda pedagogika-psixologiya sohasidagi tadqiqotlarni o‘rganish orqali Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga xos sifat va fazilatlarini shakllantiris… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary school, teacher, primary school teacher, educational orientation, ijodkorlik, o‘qituvchi, tarbiyaga yo‘nalganlik, kasbiy faoliyat, mehnatsevarlik, kasbiy-shaxsiy sifatlar., boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, boshlang‘ich sinf, kasbiy sifat va fazilatlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники