Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIM MUASSASASI TALABALARIDA MA’NAVIYATNI YUKSALTIRISH, G‘OYAVIY-MAFKURAVIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH
G‘OYAVIY-MAFKURAVIY KOMPETENTLIKNI · Qosimova Aziza Yodgor qizi
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yosh avlodni sog‘lom va komil insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviy yot g‘oyalar ta’siriga qarshi sog‘lom mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma’naviy-mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma’naviy dunyoqarashni shakllantirishda ma’rifatning o‘rni, ahamiyati, qanchalik muhim va bugungi davr uchun dolzarbligi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada talabalar qalbida Vatanga muhabbat, buyuk tariximizga, milliy urf-odatlarimizga hurmat singari fazilatlarni shakllantirish orqali jaholatga qarshi kurashish immunitetini kuchaytirish borasida tavsiyalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, ma’rifat, urf-odat, jaholat, qadriyat, diniy bag‘rikenglik, insonparvarlik, globallashuv, dunyoqarash, madaniyat. Annotation. This article analyzes the role and significance of enlightenment in shaping a healthy ideological immunity among students in higher education institutions. It discusses the importance of fostering a sound ideological and moral worldview to protect the younger generation from the influence of foreign ideological threats. The article also provides recommendations on strengthening students' love for their homeland, respect for their great history and national traditions, and developing qualities that enhance resistance against ignorance. Keywords: spirituality, enlightenment, traditions, ignorance, values, religious tolerance, humanism, globalization, worldview, culture. Kirish. Bugungi kunda yoshlar ma’naviyatiga e’tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’naviyat – tushunchasi har bir insonning, xalqning, jamiyatning asosiy kuch-qudrati boʻlib, uning ruhiy dunyosini mukammallashtirishga bogʻliq boʻlgan sifatlarning koʻrinishi. Bugungi tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan zamonda har qanday xalqning ma’naviyatga boʻlgan e’tibori baxtli kelajagiga berilgan e’tibori sanaladi. Ta’lim va tarbiya jarayonlarida ma’naviyatli yosh avlodni tarbiyalashda ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, kasbiy bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻlgan pedagoglarning oʻrni katta. O‘tmishdan bizga ma’lumki, har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqat, fidoyi bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Zero, inson uchun eng aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanni himoya etish, uni sevish va e’zozlash har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi. Ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka giriftor etadi. Natijada, mazkur holat insonni vatan taqdiriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini yo‘qotish orqali uning ma’naviyatini 89 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Pedagogical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 so‘ndirishga zamin hozirlaydi1. Mana shunday bir sharoitda har jabhada ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugun oddiygina informatsiya orqali odamlar ongini zaharlash va boshqarishning yangi usullari ko‘payib bormoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar esa bunda mafkuraviy qurol vazifasini o‘taydi. Nosog‘lom axborot tarqatish oqibatida urush nuqtalari paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham tinchlikni saqlab qolish, osuda kunlarning qadriga yetishda aynan ma’rifat bilan ziyo tarqatish bugunning muhim masalasidir. Mana shunday yot g‘oyalardan biz yoshlarni, talabalarni, ma’rifat bilangina himoyalaymiz. Jaholat nafaqat diniy shaklda, balki dunyoviy ko‘rinishda ham namoyon bo‘ladi. Bunday illatlarga qarshi ma’rifat asosida kurash olib borish, ma’naviyat masalasi O‘zbekistonlik barcha sog‘lom fikrli insonlarning vijdon ishiga aylanishini davr taqozo etmoqda. Zero, ma’rifat bashariyat faravonligining asosiy omilidir. Shu bois inson ma’naviy olami, xalqimiz madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish hamda jahon ilm-fani yutuqlari asosida yovuz, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi ma’rifat bilan kurash olib borish lozim. Materiallar va uslublar. Jamiyatdagi har bir insonning yuksak maʼnaviyatli, maʼrifatli boʻlishi uchun koʻplab tadbir-u tashviqot ishlari tashkil etilmoqda. Yurtimiz boʻylab har bir sohada islohotlar amalga oshirilgani singari ma’naviyat sohasiga ham yetarlicha eʼtibor berilmoqda. Bu borada esa, avvalo, ma’naviyatni oshirishda asosiy oʻringa ega boʻlgan pedagoglarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning qonun himoyasida boʻlishini ta’minlash dolzarb hisoblanadi.Professional ta`lim muassasasi talabalarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlilikni rivojlantirish huquqiy madaniyatning muhim omili hisoblanadi. G‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, muammoning falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda o‘rganilishi keng yoritib berilgan2. Talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning informatsion-kognitiv komponenti g‘oya va mafkuralarga doir axborotlar ustida ishlash, axborotlarni mustaqil tahlil etish va to‘g‘ri xulosalar chiqarish, kommunikativ ta`sir ko‘rsatish usullar
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yosh avlodni sog‘lom va komil insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviy yot g‘oyalar ta’siriga qarshi sog‘lom mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yosh avlodni sog‘lom va komil insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviy yot g‘oyalar ta’siriga qarshi sog‘lom mafkuraviy immunitetni hosil qilish va sog‘lom ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- spirituality, enlightenment, traditions, ignorance, values, religious tolerance, madaniyat., globallashuv, diniy bag‘rikenglik, urf-odat, dunyoqarash, ma’naviyat, insonparvarlik, jaholat, ma’rifat, qadriyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026