К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QITUVCHILARNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA O‘RGATISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

O‘QITUVCHILARNI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN · Yusupov Bekzod Ergashevich · Uchqunova Malika Erkin qizi

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish va samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha normativ-huquqiy baza, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili asosida alohida fanlarni o‘rganishda axborot texnologiyalarini joriy etishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Kalit so‘zlar: Ta'limda axborot texnologiyalari, talabalar, kompyuterlashtirish; elektron ta'lim, o‘qituvchilar. Annotation. In this article, ways to train teachers to use information technologies and increase their effectiveness were considered. Based on the analysis of the normative-legal framework, scientific-methodical literature on the studied subject, the specific features of the introduction of information technologies in the study of certain subjects were determined. Key words: Information technologies in education, students, computerization; e-learning, teachers. Kirish. Insoniyatning axborot ishlab chiqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kuchaytiruvchi zamonaviy texnologiyalar, axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyati sifatini ham belgilaydi va bunday jarayonlar axborotlashtirish sanoatini muntazam rivojlanishini ta'minlaydi. Axborotlardan samarali foydalanish asosida faoliyat ko‘rsatish quyidagi vazifalarni hal etishning ma'qul yo‘llarini ta'minlab beradi: manba va unda kechadigan jarayon to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qayta ishlash; jarayonlar kechishi haqidagi davriy ma'lumotlarni muntazam olib turish va ular asosida nazoratlar olib borish. O‘qitishning hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, o‘quvchiga o‘qituvchi va (yoki) axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tomonidan xabar qilinadigan bilimlarni o‘zlashtirishni hamda ta'lim oluvchining o‘rganilgan materialni qayta yaratish, uni o‘xshash (analogik) vaziyatlarda qo‘llashga oid faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur metodni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan qo‘llash ta'lim jarayonini tashkil kilish sifatini jiddiy yaxshilash imkonini bersa-da, biroq o‘quv jarayonini an'anaviy qo‘llanadigan sxemadan (axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz) foydalanilganiga nisbatan tubdan o‘zgartirishga imkon bermaydi. Bu jihatdan muammoli xamda tadqiqotchilik metodlaridan foydalanish ko‘proq o‘zini oqlaydi. 95 www.wordlyjournals.com AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENCE Pedagogical Sciences ISSN: 3060-4583 VOLUME 2, ISSUE 2, 2025 Metodologik tahlillar. O‘qitishning muammoli metodi axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv jarayonini qandaydir muammoni qo‘yish va uni hal qilish yechimlarini izlash sifatida tashkil qilishga oid imkoniyatlaridan foydalanadi. Asosiy maqsad ta'lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga maksimal darajada ko‘maklashishdan iborat. Ta'lim jarayonida olinayotgan bilimlar asosida turli toifadagi masalalarning yechilishi, shuningdek, qo‘yilgan muammoni hal qilish uchun zarur bo‘ladigan qator qo‘shimcha bilimlarni olish va tahlil ko‘zda tutiladi. Bunda axborotni to‘plash, tartiblashtirish, tahlil va uzatishga oid ko‘nikmalarni egallashga alohida e'tibor karatiladi [1]. O‘qitishning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan tadqiqotchilik metodi ta'lim oluvchilarning ma'lum tematika doirasida ilmiy-texnik tadqiqot olib borish jarayonidagi mustaqil ijodiy faoliyatini ko‘zda tutadi. Bu metoddan foydalanilganda ta'lim faol tadqiqot, kashfiyot va o‘yin natijasi sanaladi.Eng so‘nggi texnik yutuqlar ko‘pincha ta'lim jarayonida o‘zining munosib o‘rnini egallagan, bu ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham istisno emas. O‘quv jarayonida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar hisoblash texnikasidan foydalanish ta'lim jarayoni samaradorligini sezilarli darajada oshirishi, bilimlarni hisobga olish va baholashni yaxshilashi, qiyin vazifalarni hal qilishda o‘qituvchining har bir ta'lim oluvchiga yakka tartibda yordam berishini ta'minlash kabi imkoniyatlarni yaratadi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari so‘z, raqam, tasvir, tovush va boshqa ko‘rinishlarda beriladigan axborotni qayta ishlash uchun keng imkoniyatli vosita sanaladi. Ularning vosita sifatidagi asosiy xususiyati axborot olish va qayta ishlash bilan bog‘liq turli xil amallarni bajarish uchun sozlash (dasturlashtirish) imkoni mavjudligidir.O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta'limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi [2]. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunliklari nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, sh

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish va samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalanishga o‘rgatish va samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Information technologies in education, students, computerization, e-learning, elektron ta'lim, o‘qituvchilar., Ta'limda axborot texnologiyalari, talabalar, kompyuterlashtirish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники