К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY TA’LIM TALABALARIDA SUZISH TEXNIKASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

DAVLAT RAXMATOV (JIDU) · RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada sport turlaridan suzish–hayotiy zarur malaka ekanligi haqida so’z ketgan. Kalit so’zlar: sport turlari, suzuvchilar, hujum tekisligi, qarshilik kuchlar, tezlik darajasi, ritm. Annotation. In this article, sports competitions are a kind of activity and talk about the conditions for regulating the movement of opponents. Keywords: sports competition, competitors, action qualifications, points Yer kurrasi yuzasining ko‘p qismi–71% ning suv bilan qoplangani va insonning hayoti suv bilan chambarchas bog‘langanligidandir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar daryo, ko‘l va dengiz bo‘ylarida istiqomat qilganlar. Ular ov qilishgan, turli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishgan. Bularning barchasi suv bilan muomalada bo‘lish, o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan suv havzalaridan suzib o‘tishni talab qilgan. Suzuvchilar turli masofalardagi natijalarining darajasi suzish texnikasini muntazam takomillashtirib borishga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mashg‘ulot jarayonida ilg‘or texnikani egallash va ijodiy yondashish sportchi mahoratining oshishini, suzishning nazariy asoslarini egallash murabbiy ish faoliyatining muvaffaqiyatini ta’minlaydi, natijalarning yuqori bo‘lishiga imkon beradi. Ularning ayrimlari, shartli ravishda, quyidagicha belgilanadi: -harakatning bajarilish yo‘nalishi; -oldinga suzuvchi harakat yo‘nalishiga mos yo‘nalish; -oqaga suzuvchi harakat yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalish. Chapga va o‘ngga suzuvchining harakat yo‘nalishidan o‘ngga va chapga yo‘nalish; 1 -pastga–tortishish kuchi harakat yo‘nalishiga mos yo‘nalish. Yuqoriga- past yo‘nalishga qarama-qarshi yo‘nalish. Suzuvchining gavda o‘qlari. “Gavdaning bo‘ylama o‘qi” gavdaning taz va ko‘krakning o‘rta nuqtalarini birlashtirishdan hosil bo‘lgan chiziqdir. “Ko‘ndalang o‘q” – gavdaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan, og‘irlik marka- zini chapdan o‘ngga kesib o‘tuvchi chiziq. “Vertikal o‘q”–suzuvchi gavdasi orqali yuqoridan pastga o‘tuvchi chiziq. Gavdaning yassiligi. “Frontal” – vertikal tekislikda joylashgan suzuvchi gaydasining chapdan-o‘ngga kesib o‘tuvchi chiziq. “Gorizontal” – suv tekisligiga parallel tekislik. “Saggital” – oldindan orqaga suzuvchi gavdasi bo‘ylab o‘tuv- chi vertikal tekislik. Atamalar. Ularning ba’zilari haqida fikr yurinamiz. Gavdaning hujum burchagi – gavdaning bo‘ylama o‘qi bilan harakat yo‘nalishiga o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak. Kaftning hujum burchagi – kaftning bo‘ylama o‘qi va suv oqimiga qarshi yo‘nalishni xarakterlovchi chiziq o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak. Og‘irlik markazi – suzuvchi gavdasining og‘irlik markazi bilan teng harakat-lanuvchi nuqta. Bosim markazi – harakatlanayotgan yoki tinch tanaga suyuqlik ta’siri, teng harakatlanuvchi bosim kuchiga qo‘yiladigan nuqta. Trayektoriya – tana nuqtasini o‘z harakati davomida shartli ravishda tasvirlovchi chiziq. Hujum burchagi tekisligi – harakat trayektoriyasi va tekislik orasidagi burchak. Tekislik–ikkita o‘lchov birligiga ega yuza. Harakatlantiruvchi – harakat kuchini yuzaga keltirish uchun suv bilan birgalikdagi biozanjirning umumlashishi. Harakatlantiruvchi kuchlar – suzuvchini belgilangan yo‘nalishda siljishga moslovchi kuchlar. 2 Qarshilik kuchlar–suzuvchining belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakat- lanishiga qarshilik qiluvchi kuchlar. Tortishish kuchi–mushaklarning faol qisqarishi hisobiga tortishish kuchini hosil qiluvchi kuchlar. Tayanch–mustahkam o‘rnashish uchun joy, bog‘lanish; faol o‘rnashish va yordam uchun xizmat qiluvchi vosita. Tayanch ta’siri–harakatlanishdan keyingi natija, harakatlanishdan keyingi tayanch, bog‘lanishdan qaytarish tayanchi. Harakatlanuvchilikning ishchi yuzasi – tayanch bilan harakatlanuvchanlikda bog‘lanish hosil bo‘ladigan yuza. “Midelevo” kesishuv – frontal tekislikdagi suzuvchi tanasining kesishish burchaklari. Sikl – dastlabki holat va tugallanuvchi holatni moslashuvi natijasida takrorlanadigan harakat tizimi. Tezlik darajasi – vaqt birligidagi harakatlar soni. Ritm – harakat tuzilishining kinematik va dinamik elementlarini tartib- lashtirish. Shag (qadam) – suzuvchining bir harakat jarayoni mobaynida belgilangan yo‘nalish bo‘yicha siljigan masofasi. Suvning fizik xossalari. Ma’lumki, suzish sportida suvning‘ fizik xossalari deganda, odatda, uning qovushqoqligi, zichligi, suvning siqiqligi va solishtirma og‘irligi tushuniladi. Suvning qovushqoqligi deganda, suvning harakatlanishga ko‘rsatilgan qarshiligi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bizga ma’lumki, suv harakat- lanish xususiyatiga ega. Mana shu harakatlanish paytida suv zarrachalari va qatlamlari bir-biriga surkalib boradi. Binobarin, qatlamlar o‘zaro surkalganda, ular o‘rtasida ichki ishqalanish yuzaga keladi va shu ishqalanish esa, o‘z navbatida, harakatlanishga qarshilik qiladi. Mana shunda paydo bo‘lgan kuch suvning qovushqoqligidir. Suvning qovushqoqligi, odatda, shu suvning 3 kimyoviy xossasiga ham, haroratiga ham birmuncha bog‘liqdir. Suv harorati qancha past bo‘lsa, uning qovushqoqligi shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, suv haror

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada sport turlaridan suzish–hayotiy zarur malaka ekanligi haqida so’z ketgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada sport turlaridan suzish–hayotiy zarur malaka ekanligi haqida so’z ketgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sports competition, competitors, action qualifications, points, qarshilik kuchlar, ritm., suzuvchilar, tezlik darajasi, hujum tekisligi, sport turlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники