К содержанию
РецензированоUZ2025

IBN SINONING IJTIMOIY-AXLOQIY QARASHLARI

Karimov Anvarjon Lutfilloyevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article analyzes the socio-ethical views of Ibn Sina. Keywords: Ibn Sina, philosophy, spirituality, ethics, moral feelings, norm, mind, human. Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino (980-1037) -butun dunyo tan olgan buyuk faylasuf, tabib va qomusiy olimdir. U nafaqat tibbiyot, balki falsafa, mantiq, astronomiya, matematika, musiqa, she'riyat kabi ko‘plab sohalarda tengsiz asarlar yaratgan. Ibn Sinoning serqirra va boy ilmiy merosi o‘rta asrlar Sharq falsafasining cho‘qqisi hisoblanadi. Ayni paytda, uning qarashlari keyingi davr Yevropa falsafasiga ham katta ta'sir ko‘rsatdi Bugungi kunda Ibn Sino falsafiy qarashlarini o‘rganish amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, allomaning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar zamonaviy falsafa oldidagi bir qator muammolarni hal etishda muhim asos b o‘lib xizmat qiladi. Ibn Sinoning ijtimoiy-axloqiy qarashlari «Risolat fi ilm al-axloq» (Ilmi axloq haqida risola), «Kitob ash-Shifo», «Donishnoma», «Kitob al-Insof», «Kitob ishorat va at-tanbehot» («Ko‘rsatmalar va o‘git-nasihatlar kitobi»), «Kitob al-najot», «Risolai fil-ishq» (Ishq haqida risola) kabi asarlarida batafsil bayon qilingan. Bu asarlar allomaning falsafiy qissalari singari hajmi jihatdan uncha katta emas, ammo murakkab majoziy-ramziy tilda yozilgan bo‘lib, chuqur falsafiy- axloqiy ma’nodagi ichki (botiniy) mazmuni bilan ajralib turadi. Tasavvufiy mazmunda yozilgan bu risolalarda Ibn Sino badiiy-estetik vositalardan, turli ramziy obrazlar va tasavvufiy iboralardan keng foydalangan. Sharqshunos olim Sagadayevning fikriga ko‘ra, Ibn Sinoning tasavvufiy iboralar va ramziy obrazlardan keng foydalanishining sababi shundaki, so‘fiy-orif o‘zining dunyoqarashi, shuningdek, axloqiy kamoloti jihatdan komil inson idealiga yaqin odamlardan edi, shuning uchun alloma «Risolai at-tayr» risolasida so‘fiylarni haqiqat yo‘lidagi birodarlarimiz, deb ataydi.1 1 Sagadayev A.B. Ibn Sina.-Moskva, 1980, c.196.. 82 Iyun, 2025-Yil Sharq falsafiy tafakkurida falsafani ma’naviy tibbiyot ilmi sifatida qarash an’anasi shakllangan edi: falsafa inson ruhini sog‘lomlashtirish va uni turli xastaliklardan (illatlardan) davolash vositasi sifatida qaraladi. Mana shunday metodologik tamoyildan turib sharq mutafakkirlari axloq ilmining maqsad va vazifalarini belgilaganlar. Axloqiy hissiyotlar va me’yorlarning manbaiga doir masalada ular axloqiy sifatlarning tug‘ma(tabiiy)ligini tan olmaganlar. Lekin tug‘ilishdan har bir odamda fazilat yoki razolatga moyillik mavjud, bu sifatlarning namoyon bo‘lishi tarbiya bilan bog‘liqdir, deydilar. Shuning uchun yaxshi axloqiy xulqlar - muayyan tarbiyaning natijasi, deb qaraladi. Masalan, Ibn Sino insonning axloqiy xatti- harakatini kishi irodasi bilan bog‘liq bo‘lgan ongli faoliyatdir, uni aql boshqaradi, deb hisoblaydi.2 Ibn Sino atrof-muhitdagi barcha narsalar va hodisalarning o‘zaro sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligi haqidagi g‘oyani kishilarning xatti-harakatlariga, ularning jamiyat hayotida o‘zaro munosabatlariga ham tadbiq etadi. Shunga ko‘ra axloq ilmining ham, har qanday boshqa fanning ham vazifasi narsalararo sababiy bog‘lanishlarni bilish va buni narsalarning o‘zidan topishdan iboratdir, deb qaraydi Ibn Sino. Chunki, haqiqiy ilm-fan shundan dalolat beradiki, biror narsani bilish uning mavjudligining sabab va oqibatlarini bilishga asoslanadi.3 Ilm aqlga asoslanadi, aql esa yaxshilik va yomonlikni ajratish mezonidir. Aql insonda axloqiy hissiyotlarning shakllanishida yordam beradi. Ibn Sinoning ijtimoiy qarashlari antik dunyo mutafakkirlari an’analariga muvofiq falsafiy antropologiya va axloq ilmiga asoslanadi. Allomaning inson haqida va uning turmush tarzi, yashash sharoitlariga doir fikr-mulohazalari alohida e’tiborga molikdir. «Kitob ash-Shifo» asarida maxsus bir qism «Psixologiya» inson muammosiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda insonning boshqa tirik mavjudotlar - hayvonlardan farqlari ko‘rsatiladi. Olimning fikricha, inson quyidagi xususiyatlari bilan boshqa hayvonlardan farqlanadi: hayvon tabiat ne’matlaridan bevosita foydalanib iste’mol qiladi, odam esa faqat tabiat ne’matlari bilangina o‘z ehtiyojlarini qondirmaydi, u ma’naviy zavq oladi, turli tirikchilik vositalari– kiyim-kechak va uy-joy yaratadi; dehqonchilik va hunar-kasb bilan shug‘ullanadi; shuningdek, odamlar jamoa bo‘lib yashaydilar hamda o‘zaro hamkorlikka muhtojdirlar. Til va tafakkur odamlarning o‘zaro muomala qilish vositasidir.4 Buyuk alloma odamlarning jamiyat hayotida bir-birlaridan farqi va buning asosiy sabablarini ham ko‘rsatadi. Mazkur masalada asosan ikki omil ko‘zda tutiladi: kishilarning xulq-atvorlari, urfu- odatlari va turli xalqlarning yashash tabiiy-geografik shart-sharoitlari. 2 Ибн Сина, Дониш-намэ. Сталинабад, 1957, с. 235. 3 Ибн Сина. Ўша асар, с. 139-140. 4Boltayev M.N. Abu Ali Ibn Sino.-T.,”Fan”, 143-144 b. 83 Iyun, 2025-Yil Mana shu ikki omilni bir-biriga qiyos qilarkan, Ibn Sino birinchi o‘ringa jamiyat hayotidagi axloqiy munosabatlarni qo‘yadi. Chunki, axloqiy munosabatlar, uning fikri bo‘yicha

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the socio-ethical views of Ibn Sina.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the socio-ethical views of Ibn Sina. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ibn Sina, philosophy, spirituality, ethics, moral feelings, norm, mind, human, inson., aql, me’yor, ma’naviyat, falsafa, Ibn Sino, axloqiy hissiyot, odob-axloq
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники