Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILI TA’LIMIDA SIYOSIY MATNLAR TARJIMASIDAGI BA’ZI MUAMMOLAR
МUXLISA SADULLAYEVA (JIDU)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Some errors and shortcomings in the process of translating political texts in Russian and English were investigated. An analysis of real units specific to the Uzbek language, translated by the method of translation, was given. Their semantic properties are explained. It is argued that the semantics of Real units are associated with the people's worldview, lifestyle, cultural relations. BBC News (World) and news.on. political messages on their official sites and problems in their translation into Uzbek were analyzed. Keywords: reality, translation method, semantics, linguistic competence, Peter Newmark, translation problems Tarjima turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik va hamkorlik manfaatlariga, ular o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy, adabiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiluvchi vositadir. “G‘.Salomovning fikricha, “tarjima” atamasi forscha “tarzabon" so‘zidan arabchalashgan bo‘lib, fors tilida “go‘zal so‘zlovchi, so‘zlovchi, burro shaxs” degan ma'noni bildiradi. Arab tilida bu soʻz “tarjimon” shaklida boʻlib, “tarjima” kelib chiqqan [Salomov, 1978, 98b]. O‘zbek tilida “ko‘chirish”, “qaytish”, “ag‘darish”, “burilish” atamalari bilan ifodalanadi. Demak, tarjimaning o‘zbek tilida sinonimlari bor: Burilish, ag‘darish, burish, burish, o‘tish. Tarjima nazariyasi predmeti tarjima amaliyoti, 1 tarjima ishlari, tarjima jarayonlari, tarjima faoliyati, tarjima tarixi va ularni oʻrganish asosida ona tili bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, tarjima qoidalari, yoʻriqnomalarini aks ettiradi va umumlashtiradi”. Hozirgi axborotlashgan, sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlangan davrda matnlar bilan ishlovchi tarjimon turli sohalardan xabardor, sinchkov, yetuk til mutaxasisi bo‘lishi har qachongidan ham dolzarb masaladir. Chunki voqelikni tarjima qilish jarayonida til bilimidan tashqari, madaniy bilimlarni bilish ham muhim ahamiyatga ega. Texnologiyalar, elektron tarjima qilgichlar (Tilmoch, Yandex translation, google translation)matnni to‘liq va bexato tarjima qilib bermaydi. Ba’zi bir realiyalar, iboralar mazmunini yorita olmaydi. Tarjimonlar esa tarjima jarayonida ushbu tili leksikasi, grammatikasi, uslubiyatini chuqur bilish ko‘nikmasi, ya’ni lingvistik kompetensiyaga ega bo‘lishi realiya tarjimasi qo‘shimcha izohlar bilan matn mazmunining yaxshi tushunilishini ta’minlaydi. Matnlar so‘zma-so‘z yoki erkin tarjima qilinadi. Bu jarayonning zamonaviy talqini Angliyadagi Surrey universiteti professori Nyumark tomonidan tadqiq etilgan. U semantik tarjima va kommunikativ tarjima xususida ham alohida to‘xtalgan. Semantik tarjimada diniy matnlar, huquqiy hujjatlar va rasmiy nutq va matnlar asl nusxaga monand to‘liq ma’no nozikliklariga ko‘ra grammatik jihatdan to‘g‘ri shaklda tarjima qilinishini aytgan. Kommunikativ tarjimada esa biroz erkin holatda ba’zi qismlar tushirib qoldirilib, samarali tomonlariga urg‘u qaratilib tarjima qilinadi. Asosan, reklama matnlari, sayyohlik xizmatlari, mahsulot sifati va ko‘rsatmalar shunday uslubda tarjima qilinadi. Tarjima masalasidagi muammolar ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ularning ba'zilari quyidagilar: 1. Ma'no va kontekst: Har bir tilning o‘ziga xos ma'nolari va kontekstual nuqtayi nazari bor. Ba'zi so‘zlar yoki iboralar bir tilda aniq ma'noga ega bo‘lishi mumkin, lekin boshqa tilda ularning to‘g‘ri tarjimasi yo‘q. 2. Madaniyat: Tarjima jarayonida madaniy farqlar ham muhim rol o‘ynaydi. Har bir madaniyat o‘ziga xos an'analarga, urf-odatlarga va 2 tushunchalarga ega, bu esa tarjima jarayonida qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. 3. Grammatika va sintaksis: Har xil tillarda grammatik qoidalar va sintaktik tuzilmalar farq qiladi. Bu esa tarjimon uchun matnni to‘g‘ri va ravon tarjima qilishda qiyinchiliklar yaratadi. 4. Iboralar va metaforalar: Ba'zi iboralar yoki metaforalar bir tilda juda kuchli ma'noga ega bo‘lishi mumkin, lekin boshqa tilda ularni to‘g‘ri ifodalash qiyin bo‘ladi. 5. Texnik terminologiya: Maxsus sohalarda (masalan, tibbiyot, huquq, ilm-fan) terminologiya aniq bo‘lishi kerak. Til me’yorlarining buzilishida grammatik noaniqliklar va xatolar ko‘p uchraydi. Masalan, bosh harflar imlosi, kelishik shakllarini, ayniqsa -ni(tushum kelishigi) va -ning(qaratqich kelishigi) qo‘shimchalarini noto‘g‘ri qo‘llash, ega va kesim nomutanosibligi, fe’l zamonlarini almashtirib qo‘llash bilan bog‘liq holatlar kuzatiladi. Masalan, quyidagi rus tilidagi kichik matnni olaylik: Израиль должен внести существенные изменения в методы ведения боевых действий в секторе Газа, чтобы избежать «катастрофического» числа жертв среди мирного населения. Об этом, выступая в пятницу на брифинге в нью-йоркской штаб-квартире ООН, заявил Генеральный секретарь Организации Объединенных Наций.1 Tarjimasi: Isroil tinch aholi orasida "halokatli" qurbonlar sonini oldini olish uchun G‘azo sektoridagi jangovar amaliyotlarga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishi kerak. Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Kotibi juma kuni BMTning Nyu-York shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan brifingda shunday dedi
Доказательный фрагмент
«Some errors and shortcomings in the process of translating political texts in Russian and English were investigated.»
Образец извлечения
Демо-превьюSome errors and shortcomings in the process of translating political texts in Russian and English were investigated. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- reality, translation method, semantics, linguistic competence, realiya, lingvistik kompetensiya, translatsiya usuli, Peter Nyumark, semantika, tarjima muammolari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026