К содержанию
РецензированоUZ2025

KUCH ISHLATMASLIK YOKI KUCH BILAN TAHDID QILMASLIK TAMOYILI TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI

Zuhriddin Jo‘raqulov Nuriddin o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur tezisda xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyilining nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Tezisda ushbu tamoyilning xalqaro-huquqiy mazmuni, uning shakllanish tarixi, xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlanishi va zamonaviy xalqaro munosabatlardagi ahamiyati tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: kuch ishlatmaslik tamoyili, xalqaro huquq, BMT Nizomi, xalqaro tinchlik va xavfsizlik, davlatlar suvereniteti, institutsional mexanizmlar. Bugungi kunda xalqaro munosabatlarda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda xalqaro huquqning asosiy tamoyillari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday tamoyillardan biri – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Nizomining 2-moddasi 4-bandida belgilangan bo‘lib, "Barcha a’zolar o‘zlarining xalqaro munosabatlarida har qanday davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi yoxud Birlashgan Millatlar Tashkiloti maqsadlariga zid bo‘lgan har qanday yo‘sinda kuch ishlatishdan yoki kuch bilan tahdid qilishdan o‘zlarini tiyishlari shart" deb ta’kidlangan [1]. Kuch ishlatmaslik tamoyilining tarixiy ildizlari XX asr boshlarida, birinchi jahon urushidan keyin xalqaro tizimni isloh qilish va urushlarning oldini olish harakatlaridan boshlanadi. Birinchi jahon urushidan so‘ng tuzilgan Millatlar Ligasi tashkiloti nizomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuch ishlatmaslik tamoyili mustahkamlanmagan bo‘lsa-da, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish g‘oyasi ilgari surilgan edi. 1928 yilda imzolangan Briand-Kellogg pakti (Urushdan voz kechish to‘g‘risidagi Parij pakti) xalqaro munosabatlarda urushdan voz kechish va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish prinsipini belgilab berdi [2]. Biroq kuch ishlatmaslik tamoyilining to‘liq shakllanishi va mustahkamlanishi BMT Nizomida sodir bo‘ldi. Kuch ishlatmaslik tamoyilining nazariy asoslari quyidagi konseptual yondashuvlarga asoslanadi: 69 Iyun, 2025-Yil 1. Huquqiy pozitivizm nazariyasi – bu yondashuvga ko‘ra, davlatlar kuch ishlatmaslik tamoyilini BMT Nizomi va boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlarda mustahkamlab, uni bajarish majburiyatini olgan. 2. Tabiiy huquq nazariyasi – bu yondashuvga ko‘ra, kuch ishlatmaslik tamoyili universal axloqiy qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, davlatlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tirof etilmasa ham amal qilinishi shart. 3. Sotsiologik yondashuv – bu yondashuvga ko‘ra, kuch ishlatmaslik tamoyili davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan ijtimoiy norma hisoblanadi. Kuch ishlatmaslik tamoyilining mazmuni 1970 yilda qabul qilingan "BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli xalqaro huquq tamoyillari to‘g‘risidagi Deklaratsiya"da hamda 1975 yilda qabul qilingan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (YEXHK)ning Yakuniy aktida yanada aniqroq ifodalangan [3]. Bu hujjatlarda tamoyilning quyidagi asosiy elementlari ajratilgan:  davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilish taqiqlanadi;  davlatlarning hududiy yaxlitligi va siyosiy mustaqilligini kuch bilan buzish yoki o‘zgartirish taqiqlanadi;  harbiy bosib olish huquqiy jihatdan e’tirof etilmaydi;  davlatlarning chegaralari kuch yordamida o‘zgartirilishi mumkin emas;  davlatlar bir-birlariga qarshi harbiy harakatlarni qo‘llashdan yoki boshqa davlatlarga nisbatan kuch ishlatishdan tiyilishlari shart. "Kuch" tushunchasi zamonaviy xalqaro huquqda keng ma’noda talqin qilinadi va u nafaqat bevosita harbiy kuch ishlatishni, balki iqtisodiy majburlash, qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlash, kiber hujumlar va boshqa noan’anaviy ta’sir choralarini ham o‘z ichiga oladi. Biroq, "kuch" tushunchasining aniq ta’rifi hali ham xalqaro-huquqiy hujjatlarda to‘liq belgilanmagan, bu esa tamoyilning amalda qo‘llanilishida muammolar tug‘diradi [4]. Kuch ishlatmaslik tamoyilini amalga oshirishning institutsional mexanizmlari orasida BMT Xavfsizlik Kengashi markaziy o‘rin tutadi. BMT Nizomining VII bobiga ko‘ra, Xavfsizlik Kengashi tinchlikka tahdid, tinchlikning buzilishi yoki tajovuz aktlarini aniqlash va tegishli choralar ko‘rish vakolatiga ega. Bu choralar iqtisodiy sanksiyalardan tortib harbiy kuch ishlatishgacha bo‘lgan turli choralarni o‘z ichiga olishi mumkin [5]. Bundan tashqari, BMT Bosh Assambleyasi, Xalqaro Sud, mintaqaviy xavfsizlik tashkilotlari ham kuch ishlatmaslik tamoyilining amalga oshirilishida muhim rol o‘ynaydi. 70 Iyun, 2025-Yil Kuch ishlatmaslik tamoyilining zamonaviy xalqaro munosabatlardagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Kollektiv xavfsizlik tizimlarining rivojlanishi – BMT va mintaqaviy xavfsizlik tashkilotlari (YEXHT, NATO, KXSHT va boshqalar) doirasida kuch ishlatmaslik tamoyilini ta’minlash mexanizmlarining takomillashtirilishi. 2. "Himoya qilish mas’uliyati" (Responsibility to Protect) kontseptsiyasining rivojlanishi – bu konsepsiya davlatlar tomonidan o‘z fuqarolarini

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyilining nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari tadqiq etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda xalqaro huquqning asosiy tamoyillaridan biri – kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyilining nazariy asoslari va asosiy yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xalqaro tinchlik va xavfsizlik, BMT Nizomi, kuch ishlatmaslik tamoyili, xalqaro huquq, institutsional mexanizmlar., davlatlar suvereniteti
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники