К содержанию
РецензированоUZ2025

XALQARO MUNOSABATLAR TILI VA TA'LIMDA MUTAXASSISLIK TILINI O‘RGATISHDA MATN BILAN ISHLASH TEXNOLOGIYASI

DILNOZA SAYFULLAYEVA (JIDU)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article examines the role, methods, and effectiveness of text processing technologies in teaching a specialized language in the field of international relations. The possibilities of mastering specialized terminology, forming functional literacy, and developing professional competencies based on authentic texts in the Uzbek language are analyzed. Keywords: specialized language, working with text, professional communication, terminology, discourse, authentic text, international relations. Zamonaviy ta’lim tizimi kasbiy yo‘naltirilgan til o‘qitishni yanada dolzarb masalaga aylantirmoqda. Ayniqsa, xalqaro munosabatlar sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun til nafaqat aloqa vositasi, balki diplomatik, siyosiy va madaniy diskurslarni tahlil qilish vositasidir. Shuning uchun mutaxassislik tilini o‘rgatishda an’anaviy yondashuvlardan tashqari, matn bilan ishlashga asoslangan integrativ texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. 1. Matn bilan ishlash texnologiyasining nazariy asoslari Matn bilan ishlash texnologiyasi – bu o‘quvchilarni kasbiy matnni o‘qish, tahlil qilish, tushunish va qayta tuzish orqali mutaxassislik tilini chuqur o‘zlashtirishga yo‘naltiruvchi metodik yondashuvdir. Bu texnologiya quyidagi nazariy asoslarga tayangan: ➢ Kognitiv lingvistika: tilni idrok etish va tushunish orqali o‘zlashtirish; 1 ➢ Diskurs tahlili: matn tarkibidagi kommunikativ niyatlar, stilistik vositalar va terminlarning semantik tahlili; ➢ Faol o‘qitish texnologiyalari: interaktiv metodlar, klaster, insert, konseptual xaritalar. 2. Xalqaro munosabatlar tilining o‘ziga xosligi Xalqaro munosabatlar sohasi o‘ziga xos terminologiya, frazeologik birliklar, protokol nutqi va siyosiy diskurs elementlari bilan ajralib turadi. Ushbu sohada: ➢ terminlarning aniqligi va normativligi; ➢ neytral uslub va rivojlangan ijtimoiy-siyosiy leksika; ➢ hujjatlar bilan ishlash madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababli o‘quvchilarga tilni o‘rgatishda zamonaviy siyosiy matnlar, xalqaro hujjatlar, yangiliklar va diplomatlar nutqidan foydalanish zarur. 3. Matn bilan ishlash bosqichlari Mutaxassislik tilini o‘rgatishda matn bilan ishlash quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi: 1. Matn tanlash – dolzarb, autentik va kasbiy yo‘naltirilgan matnlar asosida. 2. Oldindan ishlov – asosiy terminlar, kontekst, muallif pozitsiyasini aniqlash. 3. Tahlil bosqichi – matn mazmunini anglash, savollarga javob, diskurs tahlili. 4. Qayta ishlov – konspekt, annotatsiya yozish, bahs-munozara. 5. Interaktiv bosqich – rolda chiqish, taqdimotlar, diplomatik vaziyatlarni modellashtirish. 4. O‘zbek tilidagi matnlardan foydalanish imkoniyatlari O‘zbek tilidagi quyidagi matnlar xalqaro munosabatlar tilini o‘rgatishda katta ahamiyatga ega: ➢ O‘zbekiston TIV rasmiy bayonotlari; ➢ diplomatik yozishmalar namunasi; 2 ➢ siyosiy-analitik maqolalar (masalan, “president.uz” rasmiy sayti); ➢ Prezident chiqishlaridan parcha; ➢ BMT va SHHTga oid o‘zbekcha tarjimalar. Bu matnlar orqali o‘quvchilar nafaqat terminologiyani, balki rasmiy- diplomatik uslubni, nutq etiketini va xalqaro kommunikatsiya madaniyatini ham o‘zlashtiradi. Zamonaviy til ta’limida matndan foydalanish kommunikativ yondashuvning asosiy vositalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Xususan, xalqaro munosabatlar yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘zbek tilida kasbiy atamalar, rasmiy uslub va siyosiy nutq elementlarini chuqur o‘zlashtirish muhimdir. Bunday bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda davlat rahbarlarining nutqlari, rasmiy murojaatlar kabi matnlar o‘quv vositasi sifatida alohida ahamiyatga ega. 1. Matn tanlash asoslari Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Fanlar akademiyasi jamoasiga” nomli tabrik nutqi mazmun va til uslubi jihatidan xalqaro munosabatlar sohasidagi kasbiy muloqotga mos bo‘lgan matndir. Unda: ➢ rasmiy uslubdagi iboralar; ➢ davlat siyosati bilan bog‘liq terminlar (masalan, “ilmiy-intellektual salohiyat”, “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”); ➢ xalqaro hamkorlik konseptlari mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarning kasbiy bilim va til ko‘nikmalarini shakllantiradi. 2. Matn bilan ishlash bosqichlari Leksik tahlil: talabalarga matndagi kasbiy terminlar (masalan, infratuzilma, integratsiya, innovatsiya, ilmiy maktab) izohli lug‘atlar bilan mustaqil tahlil qilish topshiriladi. Matn mazmunini aniqlash Matn asosida quyidagi savollar ishlab chiqiladi: ➢ Prezident murojaatining asosiy maqsadi nima? 3 ➢ Qaysi tashkilotlar faoliyati yoritilgan? ➢ Ilm-fan sohasida qanday islohotlar amalga oshirilgan? Diskurs tahlili: matndagi siyosiy nutqqa xos xususiyatlar, uslubiy vositalar (epitet, metafora, iqtibos) aniqlanadi. Masalan: “Olimning yostig‘i toshdandir” degan iqtibosning ma’no yuklamasi tahlil qilinadi. Muloqotga tayyorgarlik: matn asosida talabalar o‘z fikrini bildiradi: “Ilm- fan taraqqiyotining xalqaro munosabatlardagi o‘rni qanday?” mavzusida og‘zaki va yozma nutq tayyorlaydilar. Xalqaro munosabatlar tilini o‘rgatishda matn bilan ishlash texnologiyasi nafaqat lingvistik kompe

Доказательный фрагмент

«This article examines the role, methods, and effectiveness of text processing technologies in teaching a specialized language in the field of international relations.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role, methods, and effectiveness of text processing technologies in teaching a specialized language in the field of international relations. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
specialized language, working with text, professional, diskurs, terminologiya, autentik matn, xalqaro munosabatlar., matn bilan ishlash, kasbiy kommunikatsiya, mutaxassislik tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники