Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BO‘LAJAK MUTAXASSIS KASBIY KOMPETENSIYASINI INNOVATSION TA’LIM METODLARI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH
AZIZA ARIPOVA (JIDU)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
The article describes interactive technologies important for education in the process of personal interaction between a teacher and a student, social and pedagogical aspects of the innovative approach, a range of issues implementing pedagogical competence, pedagogical, psychological and methodological conditions for the use of innovative educational technologies, ways, forms and methods of developing professional competence. Interactive methods are of an educational goals are disclosed or educational nature. Key words: creative activity of teacher and student, innovation, technology, management process, innovation of pedagogical process, introduction of changes, interactive method, role of management in education. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash mutaxassislarni tayyorlashning sifatini oshirishga hamda talabalarning mustaqil ishlarining rolini faollashtirishga ko‘maklashadi. Bo‘lajak mutaxassisning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion ta’lim metodlarini joriy etish kelajakda uning mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishiga zamin yaratadi. Innovatsiya yoki yangilash insonning har qanday kasbiy faoliyatiga xosdir. 1 Innovatsiyalar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay, ilmiy izlanishlar, ilg‘or pedagogik tajriba natijalari sirasiga kiradi. Bugungi kunda mamlakatimizga chuqur bilimli, malakali, tezkor va konstruktiv tarzda qaror qabul qila oladigan mutaxassislar zarurligi bois, o‘qituvchi va talabaning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorligi ta’lim jarayonining muhim jihatiga aylanib, bunda ta’lim texnologiyalarini takomillashtirish katta rol o‘ynaydi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalari yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga erishish mumkin. Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyalarini qo‘llash orqali o‘qituvchi talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi aniq maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etadi. Shuningdek, talabalarni muayyan bilimlar sohasini egallashga yo‘naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali ularning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash imkonini beradi. “Innovatsiya” tushunchasi lotinchadan tarjima qilinganda «yangilanish, yangilik, o‘zgarish» ma’nosini anglatadi. Pedagogik jarayonda innovatsiya ta’lim va tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, metod va shakllariga yangilik joriy qilish, o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish demakdir. Bugungi kunda pedagogikada aynan innovatsiyalar ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul vositasi bo‘lib bormoqda. Hozirgi globallashuv jarayonlarida ta’limga innovatsion yondashuvning ijtimoiy-pedagogik zaruriyati quyidagilar bilan o‘lchanadi: 1.Fan-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish uzluksiz ta’lim tizimi, xususan, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy 2 tajribalarni o‘rganish, ta’limdagi innovatsion yondashuvlar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish; 2.Talaba-yoshlardagi ma’lumotlilik darajasi, intelektual salohiyat, ijtimoiy faollik, ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning samarali tashkiliy shakllari, texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish; 3.Pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining kasbiy-innovatsion kompetentligini rivojlantirish zarurati. Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirgan, bu axborotlarni o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada kasb-hunar ta’limida innovatsion texnologiyalarning boshqarish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon, hamda o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o‘zgartishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi, chunki ta’limda boshqaruv rolini o‘qituvchi bajaradi. Hozirgi kunda interfaol ta’lim texnologiyalaridan ommaviylari quyidagilar sanaladi: interfaol metodlar (“Keys-stadi”, “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Musobaqa- bellashuv” va b.); strategiyalar (“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig- zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval” va h.k.); grafik organayzerlar (“Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Nilufar guli”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”) va boshqalar. “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagog
Доказательный фрагмент
«The article describes interactive technologies important for education in the process of personal interaction between a teacher and a student, social and pedagogical aspects of the innovative approach, a range of issu…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes interactive technologies important for education in the process of personal interaction between a teacher and a student, social and pedagogical aspects of the innovative approach, a range of issu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative activity of teacher and student, innovation, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi ijodiy faoliyat, innovatsiya, ta’limda boshqaruv roli., texnologiya, interfaol usul, o‘zgartishlar kiritish, boshqarish jarayoni, pedagogik jarayonyangilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025