Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO MUNOSABATLAR MUSTAHKAMLIGIDA TIL VA MADANIYAT TA’LIMINI MUVOFIQLASHTIRISH
GULASAL ROFIYEVA (JIDU) · TA’LIMINI MUVOFIQLASHTIRISH
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article reveals the importance of intercultural dialogue in the study of foreign languages, its role in diplomacy, and its paradigmatic features. The problems of language teaching related to culture and scientific research on the solution of these problems are analyzed. In particular, the effectiveness of the cultural approach is revealed using the example of the French language. Conclusions are presented on ensuring the equal intersection of language and culture in education. Keywords: international relations, language education, cultural approach, effective communication. Xalqaro munosabatlar murakkab tizim bo‘lib, mazkur jarayonda til asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Til turli davlatlar o’rtasidagi muloqot vositasi bo’lish bilan birga xalqlarning madaniyatini ham o’zida aks ettiruvchi omildir. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, madaniyat tilni ham o’z ichiga oluvchi keng qamrovli tushuncha bo’lishiga qaramasdan, xorijiy tillarni o’rganishda til sohiblarining milliy bayramlari, kundalik hayoti va ijtimoiy tuzilmasinigina o’rgatish vazifa etib belgilangan. Biroq xalqaro munosabatlarda madaniyat yuqorida ta’kidlangan mavzular bilan chegaralanmaydi. So’zlovchining til bilish darajasi yuqori bo’lsada, til sohibi to’g’risidagi madaniy ma’lumotlarning 1 yetishmasligi o’zaro tushunmovchilik holatlarini hamda samarasiz muloqotni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham til o’rganish jarayoniga tilning leksik, grammatik va boshqa kategoriyalari kabi madaniy kategoriyasini ham kengaytirish zamonaviy tilshunoslikning asosiy talablaridan biridir. Shuningdek, har bir xalq tafakkurida “madaniyat” tushunchasi aynan qaysi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi to’g’risidagi manbalarni ham o’rganish lozim bo 'ladi. Chet tilini o'qitishda madaniy yondashuvga asos solgan va uni ilmiy jihatdan o‘rganganlardan biri — amerikalik antropolog Edward Sapir hamda uning shogirdi Benjamin Lee Whorf hisoblanadi. Ular til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan va Sapir-Whorf gipotezasini ilgari surishgan [Sapir,1921: 23]. Biroq, chet tilini o‘qitishda madaniy yondashuv mustaqil yo‘nalish sifatida keyinchalik rivojlangan. Mazkur sohada Robert Ladoning "Linguistics Across Cultures" [Lado, 1957: 42] asari muhim ahamiyatga ega. Lado til o‘rgatishda madaniy farqlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, Claire Kramsch ham madaniy yondashuvning zamonaviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan [Kramsch, 1993: 23]. Chet tilini o‘rganishda madaniy yondashuvning yetarli darajada o’rganilmasligi bir qancha muammolarga olib kelishi mumkin. Bu muammolar quyidagicha bo‘lishi mumkin: Noto‘g‘ri tushunish va noto‘g‘ri talqin qilish Har bir til o‘ziga xos madaniy kontekstga ega. Agar o‘quvchi madaniy tafovutlarni bilmasa, u gaplarning ma’nosini noto‘g‘ri tushunishi yoki noto‘g‘ri talqin qilishi mumkin. Masalan, fransuz tilidagi "Ça va?" (Qalay?) savoli ko‘pincha oddiy salomlashuv sifatida ishlatiladi, lekin o‘quvchi buni faqat sog‘liq haqida so‘rov deb o‘ylashi mumkin. Muloqotda noqulaylik va xijolat bo‘lish 2 Madaniy nozikliklarni bilmaslik, noo‘rin so‘z yoki iboralarni qo‘llashga olib keladi. Masalan, rasmiy va norasmiy muhitlarda qanday gapirish kerakligini bilmaslik muloqotda noqulay vaziyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Stereotiplar va noto‘g‘ri fikrlar shakllanishi Madaniy kontekstdan xabardor bo‘lmagan o‘quvchilar begona madaniyatga nisbatan stereotip yoki noto‘g‘ri tasavvurlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, faqat kitobiy bilimga ega bo‘lish orqali milliy urf-odatlar yoki bayramlarni noto‘g‘ri tushunish ehtimoli mavjud. Effektiv muloqot qila olmaslik Tilda so‘zlashish qobiliyati yetarli bo‘lsa ham, madaniy qoidalarni bilmaslik muloqot samaradorligini pasaytiradi. Masalan, Fransiyada ovqat paytida "Bon appétit" demaslik yoki noto‘g‘ri tarzda ovqatlanish madaniy jihatdan noo‘rin hisoblanishi mumkin. Qiziqish va motivatsiya yetishmasligi Madaniy aspektlarni o‘rganmaslik o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini kamaytirishi mumkin. Madaniy jihatlar o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va mazmunli qiladi. Tarbiyaviy va ijtimoiy muammolar Boshqa madaniyatga nisbatan tushunmovchilik va hurmatsizlik yuzaga kelishi mumkin. Bu esa xalqaro muloqotda muammolar tug‘diradi. Madaniy yondashuvni chet tili o‘rganish jarayoniga qo‘shish nafaqat til bilimini oshiradi, balki madaniy bag‘rikenglik va boshqa xalqlarga nisbatan hurmat hissini ham shakllantiradi. Diplomatiya sohasida madaniy muloqotning o‘rni va uning til o‘rganish jarayoni bilan bog‘liqligi bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib borilgan. Diplomatik muloqotda til nafaqat axborot uzatish vositasi, balki madaniyatlararo tushunish va hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim vosita sifatida qaraladi. 3 Edward T. Hall "Beyond Culture" (1976) va "The Silent Language" (1959) mavzusidagi tadqiqotlarida madaniy muloqotning noverbal jihatlariga urg‘u beradi. U diplomatiyada madaniy kontekst va noverbal belgilar muhim rol o‘ynashini ta’kidlagan. Uning "yuqori va past kontekstli madaniyatlar" (high-
Доказательный фрагмент
«This article reveals the importance of intercultural dialogue in the study of foreign languages, its role in diplomacy, and its paradigmatic features.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article reveals the importance of intercultural dialogue in the study of foreign languages, its role in diplomacy, and its paradigmatic features. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international relations, language education, cultural approach, effektiv muloqot., madaniy yondashuv, til ta’limi, xalqaro munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025