Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL TA'LIMIDA TALABALARDA ILMIY USLUB KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH TAJRIBASIDAN
SHAXNOZA XUDAYKULOVA (JIDU) · SHAKLLANTIRISH TAJRIBASIDAN
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article discusses the issues of forming scientific style skills in students' speech in the process of language education. The author proposes methods that are aimed at working with scientific texts in the educational process, developing written and oral academic speech, that is, collaborative, research-oriented and learning through writing, which have been used in practice and have yielded effective results. The results of the study confirm the important role of the scientific style in the formation of students' independent thinking, reasoning and academic writing skills. The article also discusses effective forms of learning through writing, methods of integrating them into the teaching process, and the guiding role of the teacher. Keywords: research-oriented teaching, critical thinking, independent education, problem situation, learning by writing, written speech, academic writing, critical thinking, written assignments. Ta’lim jarayonida talabalarni faol ilmiy izlanishga jalb qilish, tahlil qilish, tadqiqot olib borish va xulosalarga kelishni o‘rganishga yo‘naltirish ilmiy uslub 1 ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv ta’lim sifati va talabaning tanqidiy fikrlashini, mustaqil ishlash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bugungi globallashuv va axborot jamiyati sharoitida oliy ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri - talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Til ta’limi bu jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat til birliklarini o‘rgatish, balki talabaning ilmiy tafakkurini rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, talabalarni ilmiy matn bilan ishlashga, ilmiy uslubda fikr yuritish va ifodalashga o‘rgatish, ularni kelgusida ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tayyorlash alohida ahamiyatga ega. Bugun zamonaviy ilm-fanda an’anaviy bilim berishga asoslangan yondashuv o‘rnini o‘quvchining faolligini ta’minlaydigan, ularni mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilishga yo‘naltiradigan yondashuvlar egallamoqda. Ilmiy yozishni o‘rgatishning samarali usullari turli o‘quv ehtiyojlariga mos keladigan hamkorlikka asoslangan, izlanishga yo‘naltirilgan yondashuvlarning uyg‘unlashuvidan iborat. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, quyidagi asosiy strategiyalar eng samarali hisoblanadi: Izlanishga yo‘naltirilgan o‘qitish - ushbu yondashuv ilmiy yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, chunki u yozish jarayonini izlanishga asoslangan o‘qitish bilan birlashtiradi, bu esa oliy ta’lim muassasalari uchun samarali hisoblanadi. Izlanishga yo‘naltirilgan o‘qitish - talabalarni muammoli vaziyatga olib kirish, savol berishga undash, bilimni mustaqil topishga rag‘batlantirishga asoslangan metodik yondashuvdir. Bu jarayonda tanqidiy fikrlash, muammoni tahlil qilish, savol qo‘yish va dalillash, ilmiy ma’lumotni izlash, solishtirish, umumlashtirish ko‘nikmalari rivojlanadi. Hamkorlikda o‘qitish - ushbu usul talabalarni faol ishtirok etishga va motivatsiyasini oshirishga yordam beradi. Hamkorlikda o‘qitish (kooperativ ta’lim) talabalar o‘rtasida o‘zaro faol muloqotga, bilim almashinuvi va jamoaviy ishga asoslangan yondashuvdir. An’anaviy darslarda o‘qituvchi markazda 2 bo‘lsa, hamkorlikda o‘qitishda o‘quvchilar faol subyekt sifatida ta’lim jarayonida ishtirok etadilar. Bu orqali talabalarda umumiy maqsad sari harakat qilish, o‘zaro fikr almashish, tinglash, fikr bildirish, murosa qilish, yetakchilik qilish, ijtimoiy va akademik kompetensiyalar rivojlanadi. Shuningdek, yozish orqali o‘rganish metodi yordamida talabalarda ilmiy argumentatsiya keltirish, manba bilan ishlash va ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalari shakllanadi. Ilmiy matn yozishni o‘rgatish uchun izlanishga yo‘naltirilgan, hamkorlikka asoslangan va yozish orqali o‘rganish metodlari asosida biz 1-kurs rusiyzabon talabalar bilan quyidagi tartibda amaliy mashg‘ulotlar olib borildi: dastab talabaga sohaga oid terminlar bilan bog ‘liq topshiriqlar va savollar berilib, mutaxassislik tilini qay darajada bilishi aniqlab olindi; talabalarga o‘qish uchun mutaxassiligiga oid maqolalarning saytlari, ilmiy jurnallar tavsiya qilindi, muayyan muddatdan keyin dars jaroyinda bahs- munozara shaklida maqolalarning mazmun mundarijasi tahlil qilindi; o‘qilgan maqollar asosida fikrni umumlashtirib yozish, tezislar shaklida bayon qilish topshirig‘i berildi; talabalarga huquq, diplomatiya va iqtisodiyotga oid mavzuda ilmiy maqola yozish vazifasi berildi, shuningdek, maqolaning qismlari (kirish, asosiy va xulosa qismi) bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davomida ko‘rsatmalar berib borildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilarga erishildi: ilmiy xulosani ixcham, tushunarli, aniq, tadqiqotchi bayon etgan tavsiflardan kelib chiqqan holda, qonuniyat sifatida shakllantirish; statistik ma’lumotlar bilan ishlash; havola berish tartibi va plagiat muammosi; ilmiy matnda uyushiq bo‘lakli gaplar, murakkab gap qurilmalaridan to‘g‘ri foydalana olish (….dolzarbligi shundaki,….., alohida dolzarblik kas
Доказательный фрагмент
«This article discusses the issues of forming scientific style skills in students' speech in the process of language education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the issues of forming scientific style skills in students' speech in the process of language education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- research-oriented teaching, critical thinking, independent, yozish orqali o‘rganish, yozma topshiriqlar., muammoli vaziyat, yozma nutq, akademik yozuv, mustaqil ta’lim, tanqidiy fikrlash, izlanishga yo‘naltirilgan o‘qitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024