Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEK TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
MOHIGUL FOZILOVA (O‘zDJTU)
Современная наука и исследования · 19 · 2025
Аннотация
Oliy o‘quv yurtlarining gumanitar ta’lim sohalari orasida o‘zbek tili fanining o‘z o‘rni va ahamiyati bor, chunki u talabalarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbek tili fanining o‘qitishga qo‘yiladigan talablar professor – o‘qituvchilarini ta’lim standartlarida belgilangan talablarni ilg‘or pedadogogik usullar hamda didaktik vositalardan foydalangan holda tashkil etishini taqozo etadi. Zamonaviy ta’lim usullari bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompentensiyalarini oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, kompetensiya, kadr, texnologiya, modernizatsiya, loyiha, interaktiv usul. Annotation. In the humanities of higher education, history occupies a special place and is of strategic importance. This is due to the fact that history serves as the main tool for forming students' sense of patriotism, developing their critical thinking and strengthening national values. However, at present, a reduction in the number of classroom hours allocated to the study of history, a shift in emphasis towards exact and natural sciences, as well as modern educational standards require teachers of social and humanitarian fields to introduce advanced pedagogical technologies and didactic innovations. Modern methods of teaching history contribute to the successful formation of professional competencies of future specialists. Keywords: uzbek language, competence, personnel, technology, modernization, project, interactive method. Oliy ta’lim tizimi zamon talablaridan kelib chiqqan holda muntazam modernizatsiya qilib borilmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimi modernizatsiyasi tamoyillari oliy ta’lim bitiruvchilarini tashabbuskor, mobil va konstruktiv xususiyatlarini yuzaga chiqarishini talab etadi. Talabalik davridanoq mustaqil qaror qabul qilishni, hayotiy muammolarni hal etish, amalda zamon talablariga mos texnologiyalarni faol qo‘llash ehtiyojini tushunish sifatlarini shakllantirish 1 kerak bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasi bitiruvchilari kelajakda ijtimoiy tarmoqlarini muvaffaqqiyatli boshqara oladigan professional rahbar, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega, ish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar, stressli holatlarga tayyor va ularni bartaraf etish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak[1]. Bo‘lajak filolog va pedagoglar mutaxassislik kompetensiyasi talabalarning faol mustaqil xatti-harakatlari natijasida, xususan, o‘zi uchun zarur bo‘lgan intellektual axborot bazasini yaratish orqali erishiladi[2]. Maqola ta’lim kompetensiyasi va faoliyatiga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuvlarga asoslanadi. Mazkur ishda tadqiqot mavzusi, qo‘yilgan muammoga aloqador bo‘lgan adabiyotlar mazmuni analiz va sintez qilingan, shuningdek, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tajribasini tatbiq etish va ommalashtirish usullari qo‘llanildi. Yangi O‘zbekiston ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalari oliy ta’limdan kasbiy kompententli, qonunlarga qat’iy amal qiladigan, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘sha oladigan salohiyatli va qobiliyatli kadrlarni kutmoqda. Ta’limda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv, ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, kutilgan natijaga erishishning garovidir. Davlat ta’lim standartlari, malaka talablari talabalar mustaqil faoliyatining ajralmas qismi sifatida uni faollashtirish, yuqori motivatsiya berish bilan kafolatgan ta’lim sifati va samaradorligni aks ettiradi. Bunda mustaqil ishni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbek tili fani malaka talablari talabalar bilimi va dunyoqarashini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Talabalarda nafaqat tahlil, balki o‘zbek tilining dunyo miqyosidagi nufuzi va dunyohamjamiyatiga tutgan o‘rni haiqda tasavvurlar uyg‘otadi. Oliy ta’limda o‘qitilayotgan O‘zbek tili fani mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini chuqurlashtirish kabi dolzarb masalani xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotini tarixiy nuqtayi nazardan bilish insoniyat sivilizatsiyasining yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand 2 bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashadi va dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan muammolarning tarixiy ildizlarini izlab topish yo‘llarini yaxshi tushunishga imkon beruvchi fikrlashni rivojlantiradi. Adabiy jarayon bilan tanishish asosida o‘tmish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil va umumlashtiruvchi muhim ko‘nikmalar shakllanadi, intellektual salohiyat oshadi, bu esa talabalar olgan bilimlarini mustahkamlashga imkon beradi. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida o‘tkazilgan tajriba-sinov ta’limda zamonaviy, innovatsion usullarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatdi. Tadqiqot jarayonida asosan innovatsion ta’lim metodlari yordamida ta’lim jarayonining barcha jabhasi qamrab olindi. O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladigan O‘zbek tili fanlari nafaqat o‘zbek tilining grammatikasi va grammatik qoidalarni yodlab
Доказательный фрагмент
«Oliy o‘quv yurtlarining gumanitar ta’lim sohalari orasida o‘zbek tili fanining o‘z o‘rni va ahamiyati bor, chunki u talabalarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojla…»
Образец извлечения
Демо-превьюOliy o‘quv yurtlarining gumanitar ta’lim sohalari orasida o‘zbek tili fanining o‘z o‘rni va ahamiyati bor, chunki u talabalarning vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uzbek language, competence, personnel, technology, texnologiya, kadr, kompetensiya, interaktiv usul., loyiha, modernizatsiya, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014