К содержанию
РецензированоUZ2025

PAREMIOLOGIK BIRLIKLARDA QADRIYATLAR IERARXIYASINING AKS ETISHI

GAVHAROY KOMILOVA (ToshDO'TAU)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada paremiologik birliklar milliy qadriyat yo‘nalishlarini ko‘rsatadigan til birliklari sifatida tahlil qilindi. Har bir xalq ierarxik tarzda tashkil etilgan ma’lum bir qadriyatlar sohibi sanaladi. Aksiolingvistik tadqiqotlarda boshqa madaniyatlardagi qadriyatlar bilan qisman mos keladigan, lekin o‘ziga xos xususiyatlarga ega milliy qadriyatlarni o‘rganish - milliylikni aniqlash ayni paytda tilshunoslik oldidagi dolzarb hisoblanadi. Xalqning milliy qadriaytalari borasidagi mazkur izlanishlar xalqaro munosabatlarda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Paremiologik birliklar, xususan, maqollarda qadriyatlar ierarxiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida o‘zbek tilidagi leksikografik material o‘rganildi. Kalit so‘zlar: paremiologik birlik, maqol, qadriyat, ierarxiya, aksiologiya, aksiolingvistika Annotatsiya. The article analyzes paremiological units as language units that indicate national value orientations. Each nation is considered to have a certain set of values, organized hierarchically. In axiolinguistic research, the study of national values, which partially coincide with the values of other cultures, but have their own characteristics, is relevant - the definition of nationality. In order to gain an idea of the hierarchy of values in paremiological units, in particular, proverbs, lexicographical material in the Uzbek language was studied. Keywords: paremiological unit, proverb, value, hierarchy, axiology, axiolinguistics Ma’lumki, tilshunoslikda bir qator maqollar to‘plamlari nashr etilgan. Tadqiqotlarda mazkur tematik tasniflar – lug‘at mualliflari tomonidan aniqlangan mavzular ma’lum bir xalqning qadriyatlar ierarxiyasi haqida tasavvur berishi aniqlagan. Shuningdek, dunyo tilshunosligida maqollarning aksiologik imkoniyatlari, qadriyatlar tizimini aks ettirish jihatlarini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqotlar mavjud. Zero, me’yoriy vaziyat tilda izohlangan 1 ko‘rinishda, asosan, maqollarda ifodalanadi. Chunki maqollarda insonlarning maslahat va bahosi aks etadi. Fransuz tilida ham bir qator aksiolingvistik tadqiqotlarda maqollar tahlil etilgan, xalqning qadriyat va baho qiymati yoritilgan. P.Breshon fransuzlar qadriyatlar tizimida oila, keyin ish, do‘st (oshna-og‘ayni), bo‘sh vaqt va oxirgi o‘ringa siyosat, din qo‘yilganligini ta’kidlaydi [ Нелюбова, 2019: 233]. Aksiolingvistik tahlilda til madaniy hodisa sifatida o‘rganiladi, zero til qadriyatlar tizimini shakllantiradi, ma’lum bir jamiyatdagi baholash tizimi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi. Quyidagi maqollarda donolik xalqning milliy-madaniy o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda tasvirlangan bo‘lib, ularni tahlil qilish jarayonida xalq hayotidagi qadriyatlarning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Mazkur maqollar xalqning intellektual qadriyatlarini ifodalaydi. Tilda aqlli/ahmoq, dono/nodon, ilmli/omi, tajribali/anqov va ularning darajalari hamda semantik usullar orqali baho beriladi. Til – aql mezoni. O‘zbek maqollarida til aql darajasini ko‘rsatuvchi omil sifatida baholangan. Til – aql tarozisi maqolida baholashga asos bo‘lgan jihatlar: 1) til – fikr ifodasi; 2) til – fikrlash darajasini ko‘rsatuvchi vosita; 3) til – aqlni baholash asosi. Tarozi quyidagi belgilarni namoyon qiladi: a) me’yor; b) o‘lchov; v) baho. Tarozi fors-tojikcha so‘z bo‘lib, uning turkiy muqobili bo‘lgan qantar eng qadimgi shakl, shevalarda “qantar og‘di” jumlasi tarkibida uchraydi. Qantar og‘ishi qish faslining ortga chekinib keyingi faslga yo‘l berilishiga nisbatan aytiladi. “Og‘ish” belgisi ham taroziga xos bo‘lib, og‘ir kelgan tomon holati bilan baholangan. Tarozi leksemasining ko‘chma “taqqoslash, xulosalash, sintezlash” ma’nolari tilda me’yor; qoida; mushohada singari ijtimoiy va intelektual qadriyatlarni voqelantiradi. Aqli kaltaning tili uzun maqolida so‘z birikmalari o‘rtasidagi oppozitsiya orqali; Til – aqlning qilichi, farosat – g‘ilofi matnida qilich leksemasidagi “qurol” va “himoyalovchi vosita” ma’nolarida baho semasi mavjud. Naql – ibrat 2 o‘chog‘i, aql – fikr pichog‘i maqolida aqlning kognitiv qiymati ifodalangan. Zotan, hikmat aql va ong birlashishining mevasidir. Oqillik – boylik. Maqollarda aql boylikka, aqlli esa boyga tenglashtirilgan. Bu maqollar aqlning iqtisodiy jihatdan mukammallashuv jarayonidagi qiymatini belgilab keladi. Aqlning mohiyati mol-dunyo hamda boylik, olmos kabi qimmatbaho toshlarga qiyoslash orqali yoritilgan. Moddiy qadriyat sifatida namoyon bo‘lgan. Aqlli bolaga mol na kerak maqolida aql mol- dunyoning o‘rnini bosuvchi ne’mat deb baholangan. Baho mol-dunyoni inkor etish, rad qilish asosida reallashgan. Inson aqli – olmos maqolida aql olmosga tenglashtirilgan. Olmosning xalq turmush tajribasi orqali aniqlangan qiymati baholash asosi bo‘lgan. Birinchi maqol aksiologemasini dunyo=aql tipida modellashtirsak, keyingi maqoldagi aksiologik mazmun aql=olmos modeli orqali ifodalangan. Yigit orif bo‘lsa, aslini so‘rama maqolida aql leksemasi ishtirok etmagan. Lekin orif (arab tilida biluvchi, xabar

Доказательный фрагмент

«Maqolada paremiologik birliklar milliy qadriyat yo‘nalishlarini ko‘rsatadigan til birliklari sifatida tahlil qilindi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada paremiologik birliklar milliy qadriyat yo‘nalishlarini ko‘rsatadigan til birliklari sifatida tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
paremiological unit, proverb, value, hierarchy, axiology, aksiologiya, maqol, paremiologik birlik, aksiolingvistika, ierarxiya, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники