Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FRANSIYAGA RASMIY TASHRIFI NATIJALARINI TA’LIM JARAYONIGA TATBIQ ETISH: FRANSUZ TILI O‘QITUVCHILARI OLDIGA QO‘YILGAN DOLZARB VAZIFALAR
VASILA MAMATKASIMOVA (JIDU)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article is devoted to the results of the official visit of the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, to France. During the visit, key issues of bilateral cooperation in the fields of economy, culture, and security were discussed. The President held meetings with senior French officials, which contributed to the strengthening of diplomatic relations and the signing of several important agreements. The article analyzes the conclusions and tasks that French language teachers may have as a result of the visit. The main initiatives aimed at improving the quality of teaching and learning French in educational institutions in Uzbekistan, new methods, approaches and resources that can be implemented in the educational process will be analyzed. The importance of integrating cultural and linguistic aspects into education is emphasized. Keywords: practical cooperation, official visit, French language, educational process, teachers, methods, cultural aspect, integration. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyidagi Fransiyaga tashrifi ikki mamalakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida 1 muhim voqea bo‘lib, o‘zining ahamiyati bilan hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatdi. Tashrif doirasida keng ko‘lamli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan 20 dan ortiq kelishuv va shartnomalar imzolandi.[1] Prezidentning Fransiyaga rasmiy tashrifi O‘zbekiston va Fransiya oʻrtasida turli sohalar, jumladan, taʼlim sohasidagi hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochgan muhim voqea boʻldi. Xususan, ushbu tashrif natijalari o‘zbek o‘quv muassalarida fransuz tilini o‘qitishga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada biz tashrif davomida taklif qilingan yangi tashabbuslar va dasturlardan kelib chiqqan holda fransuz tili o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqamiz. Shuni takidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy masalada o‘zaro aloqalar tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bu tashrif 2018 yildan buyon to‘rtinchi hisoblanadi va tashqi siyosiy idoralar o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazilmoqda, parlamentlararo aloqalar faol rivojlanyapti.[2] Yetakchilar gumanitar yo‘nalishdagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida tarixiy qarorga keldilar. Ushbu asosiy hujjat uzoq muddatli o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi hamda Toshkent va Parijning muhim manfaatlariga javob bergan holda, barcha sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga xizmat qiladi. Tashrif doirasida Parij shahrida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fransiya Respublikasining oliy mukofoti – Faxriy legion ordenini tantanali ravishda topshirdi. 2 Bunday e’tirof – davlatimiz rahbariga bo‘lgan alohida hurmat-ehtiromni shuningdek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yuritayotgan tashqi siyosat samaradorligining yorqin tasdig‘i hamdir. Strategik sheriklikning yana bir muhim qismi – madaniy-gumanitar soha ham ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning ajralmas qismidir. Joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi buning isboti hisoblanadi. Bu qadam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi akademik almashinuv aloqalarini mustahkamlaydi. Ushbu o‘quv muassasasida Fransiyaning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda ta’lim dasturlari amalga oshiriladi hamda talabalarga xalqaro darajadagi diplomlarni olish imkoniyatini taqdim etadi. O‘zbekistonda fransuz tilini o‘qitishni kengaytirish hamda mutaxassislar va talabalar mobilligi to‘g‘risida imzolangan dasturlar ham bu boradagi asosiy hujjatlardandir. Tabiiyki, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomalarning imzolanishi fransuz tili o‘qituvchilari va fransuz tilini biladigan mutaxassislarga talabni yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, frantsuz tili o'qituvchilari e’tibor va faol harakatlarni talab qiladigan bir nechta asosiy vazifalarga duch kelishadi: 1. O'quv rejasini yangilash. Tashrif davomida muhokama qilingan yangi tashabbuslar va dasturlarni hisobga olgan holda, o'qituvchilar o'zlarining o'quv dasturlarini ko'rib chiqishlari va yangilashlari maqsadga muvofiq bo'ladi. Talabalarning ehtiyojlari va til o‘rganishning hozirgi tendensiyalarini hisobga oladigan zamonaviy o‘qitish usullarini o‘zaro uyg‘unlashtirish muhim ahamiyatga ega. O'quv dasturlari yangi madaniy va siyosiy realiyalarga mos ravishda yangilanishi lozim. Bu tashrif davomida qabul qilingan siyosiy qarorlar bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan migratsiya, ekologiya va inson huquqlari kabi dolzarb mavzularni o'rganishni o'z ichiga olishi mumkin. 2. Yangi texnologiyalarni joriy etish. 3 Zamonaviy texnologiyalar taʼlim olish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Oʻqituvchilar oʻquv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilish maqsadida onlayn kurslar, mobil iloval
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to the results of the official visit of the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, to France.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to the results of the official visit of the President of the Republic of Uzbekistan, Shavkat Mirziyoyev, to France. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- practical cooperation, official visit, French language, educational, o‘quv jarayoni, integratsiya., muammolar, metodlar, o‘qituvchilar, madaniy jihatlar, amaliy hamkorlik, rasmiy tashrif, fransuz tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025