К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEK TILIDA ILMIY TADQIQOT YARATISHNING TAHLILIY ASPEKTLARI: AKADEMIK ESSE BANDLARINI YOZISH BORASIDA XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA

SHOIRA NORMATOVA (JIDU)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This paper explores the academic essay, a widely used form of writing in foreign educational practices. The author argues that the experience of writing academic essays should be integrated into the teaching of the Uzbek language. Specifically, the paper presents examples of academic writing in Uzbek that align with the structural requirements of the academic essay. Additionally, the paper offers recommendations on how to effectively structure essay paragraphs, craft topic sentences, strengthen the controlling idea, incorporate supporting sentences, and conclude paragraphs. Keywords: academic essay, essay paragraphs, topic, idea, main idea, controlling idea, supporting idea. AQSH, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda esse yozish ta’limning muhim qismiga aylangan. U maktabda o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi; universitetlar esa qabul paytidagi tanlovda essedan foydalanadi, shuningdek, gumanitar va 1 ijtimoiy fan sohalarida esse talabalarni yakuniy imtihonlarda baholash usuli sifatida qo‘llaniladi. Lug‘atlarda essega muallifning biror hodisa yoki shaxsga nisbatan o‘z fikr-qarashlari, nuqtayi nazarini bildirishga qaratilgan yozma ijod mahsuli sifatida ta’rif beriladi. O‘zbek tilidagi ilmiy adabiyotlarda ko‘proq essega maktub, maqola, risola, hikoya, xotira xususiyatlarini o‘zida jamlovchi nasriy asar, adabiy janr sifatida qaraladi. Shu sababli eng yaxshi esse namunalari ko‘pincha yozuvchilar hamda adabiy tanqidchilar qalamiga mansubdir. Shuni ta’kidlash joizki, akademik esse ham mohiyatan essega berilgan asosiy ta’rifga javob berdi, ayni paytda, ma’lum jihatlari bilan farqlanadi. Buni uning rasmiy va norasmiy turga bo‘linishi orqali izohlash mumkin: rasmiy esselar odatda muayyan maqsadga qaratilgan, mantiqiy jihatdan izchil hamda aniq ilmiy asoslangan fakt va dalillarga tayanishi bilan ajralib turadi, norasmiy esselarda esa shaxsiy jihatlar ustunlik qiladi, unga munosabatning subyektivligi, shaxsiy did va tajribaga asoslanish, ohangining o‘ziga xosligi (hazil, kinoya bilan yo‘g‘rilganlik) kabi xususiyatlar xosdir. Shu ma’noda akademik esseni birinchi turga mansub deb hisoblash mumkin. O‘zbek talabalari akademik esse haqida muayyan tasavvurga egalar va ular ko‘pincha bu borada IELTS andozalari bo‘yicha yuqori natijalarni namoyon qiladilar. Shunisi qiziqki, talabalarimiz xorijiy tilda erkin ijod qila olgan holda, o‘zbek tilida muayyan hodisaga munosabat bildirish borasida yozma nutq ko‘nikmalari past ekanligini namoyish qiladilar. Buning sababi akademik esseni faqat xorijiy ta’lim uchun xos degan qarashdan kelib chiqadi. Holbuki, o‘zbek tilida yaratilgan sara ilmiy maqolalarda essega qo‘yiladigan talablarga javob berdigan jihatlarni istagancha topish mumkin. O‘zbek tilida muayyan mavzuda esse yozishga to‘g‘ri kelganda talabalar yo‘l qo‘yadigan xatolar asosan quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - mavzu bilan bog‘liq bosh g‘oya hamda bandlarda ilgari suriladigan fikrning aniq emasligi; 2 - bandlarda turli xil masalalar o‘rtaga tashlanib, birortasi ham ochib berilmasligi; - bir banddan keyingi bandga o‘tishda bog‘liqlik yetishmasligi; - bosh mavzuni aynan takror-takror ta’kidlanaverishi; - fikrning isboti uchun iqtibos, misol, statistika keltirish ko‘nikmasining shakllanmaganligi; - mustaqil fikrlash yetishmasligi, nuqtayi nazarining noaniqligi; - esse xulosasi bilan bosh g‘oya o‘rtasidagi bog‘liqlikning zaifligi. Talabalarning o‘zbek tilida ilmiy tadqiqot yatatish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun xorij akademik esse yozish tajribasidan ijodiy foydalanish samarali natijalar berishi shubhasiz. Ma’lumki, akademik esse mavzu, tana (asosiy qism), bandlar va xulosadan tashkil topadi. Bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rgatilgan adabiy insholarning murakkab rejasiga qay bir darajada o‘xshaydi, lekin ayni paytda farqlanadi. Bandlar, o‘z navbatida, essening bosh mavzusi bilan bog‘liq muayyan mavzu, g‘oya va detallarni o‘z ichiga qamrab oladi. Band puxta va izchil qurilishga ega bo‘lishi uchun quyidagilar tavsiya qilinadi: avvalo, band mavzusi va u bilan bog‘liq rivojlantirilishi lozim bo‘lgan fikrni ifodalovchi jumla zarur. Bunday gap odatda bir qadar umumiy mazmunda va tafsilotlardan xoli bo‘ladi. U ikki qismni: 1) mavzu va 2) bandda ilgari surilgan asosiy fikrni o‘z ichiga oladi, ya’ni mavzu haqida xabar beradi hamda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, Ba’zan biz “o‘zlashma so‘z” deb ataydigan so‘zlar kelib chiqishi — etimologiyasi jihatidan o‘z tilimizdagi so‘z bo‘lib, boshqa tillarga o‘zlashgandir. Bu gap keyin rivojlantirilishi lozim bo‘lgan mavzu – O‘zlashgan so‘zlar va rivojlantirilishi kerak bo‘lgan fikr- etimologiyasi jihatidan o‘zimizning so‘zlar ekanligidan xabar beradi. Band uchun o‘ta umumiy mazmundagi gap topic sentence – mavzu go‘yasini ifodalovchi jumla bo‘la olmaydi. Masalan, Tildagi barcha so‘zlar uning lug'at 3 boyligini tashkil etadi. Bu jumlada fikr o‘ta umumlashtirilgan tazda ifodalangan. Shuningek, tafsilotlar va misollarni o

Доказательный фрагмент

«This paper explores the academic essay, a widely used form of writing in foreign educational practices.»

Образец извлечения

Демо-превью

This paper explores the academic essay, a widely used form of writing in foreign educational practices. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
academic essay, essay paragraphs, topic, idea, main idea, esse bandlari, akademik esse, esse, mavzu, bosh g‘oya, quvvatlovchi fikr, rivojlantirilishi lozim bo‘lgan fikr, g‘oya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники