К содержанию
РецензированоEN2025

DIPLOMATIK KADRLARNI TAYYORLASHDA XORIJIY TIL KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

MAXTUMQULI MALLAYEV (JIDU) · KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article analyzes the role of communicative competence in a foreign language in diplomatic activities, based on personal experience, and discusses the importance and opportunities for the formation of communicative competence in a foreign language for future diplomats. Keywords: globalization processes, political dialogue, economic and cultural cooperation, communicative competences, diplomatic negotiations, diplomatic correspondence, official documents, consular service, curriculum, level of language proficiency, duration of foreign language teaching and learning, etc Tobora globallashib va yanada izchil tarmoqlashib borayotgan bugungi davr bo‘lg‘usi mutaxassisdan nafaqat o‘z kasbini mukammal egallashni, balki o‘z sohasida global muloqotlarga va hamkorlikga tayyor bo‘lishni talab qilmoqda. Chunki hozirgi kunda har bir rivojlangan va rivojlanayotgan, yoki nisbatan kam rivojlangan davlat boshqa davlatlar bilan turli va o‘ziga kerakli sohalarda muloqot/hamkorlik o‘rnatish va uni rivojlantirib borishdan manfaatdordir va hattoki shunga majburdir, aks holda bu millat yoki davlatning xalqaro taraqqiyotdan orqada qolishi, izolyatsiyaga tushib qolish yoki boshqa kuchli davlatga doimo qaram bo‘lib qolaverish ehtimoli ko‘pdir. 1 Biz bu yerda «globallashuv jarayonlari», «global dunyo», «global hamkorlik» yoki «global munosabatlar» tushunchalariga izoh berishdan yiroqmiz, chunki ular barchamizga tushunarli. Bizning maqsad, mazkur jarayonlarda mutaxassisning xorijiy tillardagi kommunikativ kompetensiyalari qanchalik ahamiyatga ega ekanligini aniqlash va ularni yosh diplomatlarda shakllantirish muhimligiga e’tibor qaratishdir. Demak, maqolada diplomatik kadrlarni tayyorlashda chet tilining o‘rni va chet tilida kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Ma’lumki, xalqaro globallashuv jarayonlari avvalom bor davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli siyosiy muloqot/hamkorlik o‘rnatishni va uni rivojlantirib (parvarishlab) borishni talab qiladi. Trancchegaraviy va umumjahon miqyosdagi muammolar (masalan ichimlik suvi, suv havzalari va suv yo‘llaridan foydalanish, iqlim o‘zgarishi, havoning zararlanishi va boshqa ekologik muammolar, atrof-muhit himoyasi, demografik masalalar, immigratsiya muammolari, xalqaro huquq, tovar va pul aylanmalari (eskport- import), urush va tinchlik masalalari va h.k.) hech bir davlat tomonidan mustaqil ravishda hal etila olmaydi, chunki bu masalalarda davlatlar bir-biriga bog‘liq va bir-biri bilan hisoblashishga majburdir. Shu ma’noda bukun hech bir davlat o‘zini boshqalardan mutlaq mustaqilman deb ayta olmaydi va tegishli davlatlar bilan doimiy aloqada/muloqotda bo‘lishga majburdir. Bu vaziyatda o‘z sohasida chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lgan, chet tilini mukammal biladigan hamda mazkur til kommunikativ kompetensiyalarini puxta egallagan mutaxassislar muhim o‘rin egallashi bizga aniqdir albatta. Bundan tashqari xalqaro iqtisodiy hamkorlik/biznes hamda jahon bozoriga kirib borayotgan va unda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar asosan chet tillarida, xususan BMT rasmiy tillari hisoblangan ingliz, fransuz, ispan, rus, xitoy va arab tillari hamda boshqa tillarda (jumladan, nemis tilida) kommunikativ kompetensiyalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ustivor ehtiyoj sezayotganligini sezish yoki tushunish qiyin emas. Chunki, jadal 2 rivojlanayotgan va barcha sohalarni qamrab olayotgan raqamli texnologiyalar, boshqacha so‘z bilan aytganda xalqaro raqamlashish (raqamli iqtisodiyot) sharoitida ikki va ko‘p tomonlama kommunikatsiya qulay va oson, masofa va chegara bilmas Web-saytlar va elektron platformalar/tarmoqlar orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi shuki, xalqaro hamkorlik zudlik bilan, ya’ni juda qisqa vaqtda kechikmasdan ma’lumot yoki xabarlar almashuvini taqozo qilmoqda. Buni esa chet tilida xalqaro miqyosda faoliyat yurita oladigan mutaxassislarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu o‘rinda xalqaro madaniy aloqalarda ham dunyo xalqlari tili, san’ati, madaniyati, urf-odatlari, ijtimoiy hayotini va boshqa xususiyatlarni biladigan mutaxassislarga talab tobora ko‘payib borayotganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Ko‘rinib turibdiki, chet tillarini bilish xalqaro siyosiy maydonda, global mehnat va tovarlar bozorida va umuman globallashib borayotgan barcha hamkorlik sohalarida yangi va keng imkoniyatlar ochmoqda, madaniyatlararo va xalqlararo totuvlik va hamjihatlikni hamda raqobatbardoshlikni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Demak, chet tillarini mukammal bilish va u tillar kommunikativ kompetensiyalarini puxta egallash hozirgi zamonning bo‘g‘usi mutaxassislar, xususan oliy va kasbiy ta’lim tizimi oldiga qo‘yayotgan asosiy talablaridan biridir. Albatta bu talab so‘zsiz kelgusi o‘zbek diplomatlarini tayyorlash tizimiga ham tegishlidir. Bizga ma’lumki, xalqlar va davlatlar o‘rtasida turli sohalarda muloqot/hamkorlik o‘rnatish, uning barqarorligi va yaxshi yoki yomon tomonga rivojlanishi bevosita va bilvosita diplomatlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Diplomatn

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the role of communicative competence in a foreign language in diplomatic activities, based on personal experience, and discusses the importance and opportunities for the formation of communicative…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the role of communicative competence in a foreign language in diplomatic activities, based on personal experience, and discusses the importance and opportunities for the formation of communicative… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globalization processes, political dialogue, economic and, rasmiy hujjatlar, til bilish darajasi, chet tilini o‘qitish va o‘rganish davomiyligi va h.k., diplomatik muzokaralar, globallashuv jarayonlari, diplomatik yozishmalar, iqtisodiy va madaniy hamkorlik, o‘quv dasturi, siyosiy muloqot, konsullik xizmati, kommunikativ kompetensiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники