Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DIPLOMATIK XODIM FAOLIYATIDA CHET TILLARINING O‘RNI VA O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARJIMASI DOLZARB MASALALARI
LUTFIDDIN XODJAYEV (JIDU)
Современная наука и исследования · 99-101 · 2025
Аннотация
The article underscores the crucial role of foreign language proficiency in fostering successful international cooperation and effectively executing the responsibilities entrusted to the foreign policy department. It emphasizes the necessity of continuous language skill enhancement for diplomats, both for their professional development and for sustained career advancement within the diplomatic service. Furthermore, the brochure identifies challenges encountered by Uzbekistan's diplomatic missions abroad in effectively promoting and popularizing the rich scientific, cultural, and linguistic heritage of the Uzbek people. It subsequently proposes actionable recommendations to address these challenges. Key words: international relations, school of translators, translation studies, indirect, original, intercultural communication. Qadim zamonlardan beri xalqaro munosabatlar sohasi chet tillarini bilishga asoslangan madaniyatlararo muloqotning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Xalqaro muloqotda taraqqiyot va samaradorlikka ta’sir etuvchi barcha omillardan asosiysi – bu til, madaniyat, urf-odatlar, mafkura, din, xorijiy davlatlar 1 qonunlari va boshqalar. Aynan til muzokaralar muhitini yaratish muvaffaqiyatning bosh omili hisoblanadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, hamkor sherikning tilini bilish maqsadga erishish yo‘lida muhim, qo‘shimcha vosita hisoblanadi. Asrimizning hozirgi bosqichida oliy ta’lim muassasalarida xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tashqi siyosat va xalqaro hamkorlik masalalariga daxldor idoralar xodimlariga qo‘yiladigan asosiy, o‘ziga xos malaka talabi sifatida bir yoki bir nechta xorijiy tillarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Bugungi zamonda amalda har bir elchixona o‘zining ko‘p funktsiyali vakolatlari doirasida qabul qiluvchi, ya’ni mezbon davlatning tegishli vazirliklari va idoralari hamda ushbu malakatda faoliyat ko‘rsatadigan diplomatik korpus bilan doimiy ravishda faol yozishmalarni olib boradi. Bularning barchasi tarjima va texnik ishlarni puxta tashkil etishni taqozo etadi. Ammo ko‘pgina mamlakatlarning xorijiy vakolatxonalari shtat birligida tarjimon lavozimi ko‘zda tutilmaydi. Elchixonaga mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan keladigan turli topshiriqlar, xususan, davlat Rahbarining tashqi siyosat, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining dolzarb masalalari borasidagi bayonotlari, nutqlari, xorijiy davlatlarga tashriflari yoxud chet el mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining O‘zbekistonga safarlari va hokazolar haqida tezkor xabarlarni mezbon tomon tiliga o‘girish til bilishning diplomat faoliyatida qanchalik muhimligini amalda namoyon etadi. Bunday ishning asosiy og‘irligi asosan diplomatik vakolatxona xodimlari yelkasiga tushadi. Ma’lumki, xorijiy mamlakatda elchixona ochish, uning faoliyatini tashkil etish vakolatxona diplomatik va ma’muriy-idoraviy xodimlari uchun turar- joy, transport vositalari ajratish va boshqa moliyaviy masalalar katta hajmda davlat byudjetidan mablag‘ ajratishni talab etadi. Chet tillarini bilish darajasi xalqaro hamkorlik muvaffaqiyatiga va tashqi siyosat mahkamasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Diplomatlar tomonidan mavjud til bilimlarini doimiy ravishda oshirib 2 borish ularning kamolotga yetishlarida hamda diplomatik xizmat pog‘onasidan bardavom ko‘tarilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Tajribali diplomatlar mahalliy tilni hatto boshlang‘ich bosqichda bo‘lsa ham bilish diplomatga nisbatan suhbatdoshida xayrxohlik munosabatini uyg‘otadi, muvaffaqiyatli faoliyati uchun poydevor yaratishga yordam beradi hamda uning mezbon mamlakatda siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-akademik, tahliliy markazlar, ommaviy axborot vositalari va diplomatik korpus vakillari orasida ehtiromi va obro‘sini mustahkamlashga xizmat qilishini doimo ta’kidlaydilar. Madaniyat tarixidan ma’lumki, ilm-fan va adabiyot rivojlangan mamlakatlarda butun boshli tarjima oqimlari va tarjima maktablari yuzaga kelgan. Abbosiylar xalifaligi davrida Bag‘doddagi “Bayt ul-Hikma” (“Falsafa maktabi”, “Bilimlar uyi” – IX asr boshlari), Xorazmda “al-Ma’mun” akademiyasi (XII asr), G‘arbiy Yevropada Raymond Toledskiyning tarjima maktabi (XII asr), Xorazm tarjima maktabi (XIX asr), Misrdagi tarjima maktabi (XIX asr, Muhammad Ali boshqaruvi davri) ana shunday muassasalar sirasiga kiradi. Mustaqil O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislar – o‘qituvchilar, muhandislar, texnologlar, artistlar, kutubxonachilar, jurnalistlar va boshqa sohalar vakillarini tayyorlashga ustuvor ahamiyat beriladi. Yuqori malakali tarjimonlarni- chi. Ammo betakror mumtoz adabiyotimiz go‘zal badiiy asarlarini chet tillariga, murakkab ijtimoiy-siyosiy adabiyot namunalarini, muhim ilmiy-texnikaviy kitoblarni, ularning butun nozikligi va mas'uliyati bilan bevosita asl tildan o‘zbek tiliga o‘giradigan, xalqaro madaniy aloqalarning faollashuviga ko‘maklashadigan mutaxassislarni bugun kun talablari darajasida tayyorlashga yetarli e'tibor qaratilmaydi. Maml
Доказательный фрагмент
«The article underscores the crucial role of foreign language proficiency in fostering successful international cooperation and effectively executing the responsibilities entrusted to the foreign policy department.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article underscores the crucial role of foreign language proficiency in fostering successful international cooperation and effectively executing the responsibilities entrusted to the foreign policy department. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international relations, school of translators, translation studies, tarjimonlar maktabi, madaniyatlaro muloqot., bilvosita, asl, tarjimashunoslik, xalqaro munosabatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024