Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OLIY TA’LIMDA DAVLAT TILINI O‘QITISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
MEXRIBON ABDURAXMANOVA (JIDU)
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
In modern language teaching methodology, developing various skills, particularly communicative, linguistic, and cultural competencies is essential, as it promotes students’ personal growth and proficiency. In this context, language programs (particularly those focused on the Uzbek language) should be tailored by each educational institution to meet the specific qualification requirements for future professionals in their fields. Moreover, it is crucial to establish a system aligned with international standards which ensures a unified approach to assess students’ language proficiency. O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 21-dekabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PF-5850-son Farmoni, 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, xususan, konsepsiyaga ilova qilingan 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, davlat tili ta’limi sifati va samaradorligini oshirish maqsadida yangicha yondashuv asosida til 1 o‘qitishning tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasining bugungi kunda xorijiy davlatlar bilan o‘zaro aloqalari rivojlanib, xalqaro obro‘-e'tibori oshib bormoqda. Bu esa mamlakatimizda dunyo andozalari talablariga javob beradigan malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor bilan yondashishni taqozo etadi. Shu ma'noda rivojlangan dunyo mamlakatlari ta'lim tajribalaridan kelib chiqqan holda, milliy ta'lim tizimimiz ham jiddiy islohotlarga muhtoj ekanligi ayni haqiqat. Xususan, hozirgi kunda kadrlarning til savodxonligi darajasi talabga javob bermayapti. Oliy ta’lim o‘quv rejasiga davlat tilida erkin, savodli fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv fanlarini kiritish orqali talabaning ma’lum malaka ko‘nikmalari, xususan, soha tili, rasmiy nutq, yozma nutq savodxonligi, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini shakllantirish mumkin. Bu esa til o‘qitishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xususan, rus guruhlarda o‘zbek tili o‘quv kurslari leksika va uslubiyat, jumladan, rasmiy uslubning o‘ziga xosliklari, turlari hamda janrlari haqida zarur ma’lumotlar berish bilan bir qatorda talabalarning kelgusidagi ilmiy-ijodiy ishlari uchun muhim bo‘lgan yozish texnikasini egallash, uslub talablaridan xabardor bo‘lish, yozma, og‘zaki savodxonliklarini oshirishda amaliy ko‘mak bo‘la oladigan bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Chunki og‘zaki va yozma nutq madaniyati yuqori, mantiqiy fikrlash va uni ifoda eta olish ko‘nikmalariga ega, nutq uslublarini farqlay oladigan, fikrini usluban to‘g‘ri bayon eta oladigan, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari shakllangan mutaxassisga ehtiyoj katta. Zamonaviy metodikada til ta'limi maqsadi o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladigan kompetensiyalar, xususan, kommunikativ, lisoniy, madaniy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Talaba aynan ushbu kompetensiyalarga ega bo‘lgandagina nafaqat, muloqotda, balki o‘z sohasi doirasida ham tilni mukammal egallagan, har tomonlama 2 savodli mutaxasis bo‘lib yetishadi. Shunday ekan, ta'lim jarayonida tillarni, xususan, o‘zbek tilini o‘qitish dasturlarini kadrlarga qo‘yiladigan malaka talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish va u yoki bu kompetensiyani shakllantirishga mo‘ljallangan maxsus fanlarni tashkil etish, ya'ni soha tilini chuqurroq egallashlariga e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Zero Oliy ta'limda davlat tilida erkin savodli fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv fanlarini kiritish orqali talabaning ma'lum malaka ko‘nikmalari, xususan, soha tili, rasmiy yoki ilmiy nutq, yozma nutq savodxonligi, nutq madaniyati va notiqlik mahoratini shakllantirish mumkin. Shu maqsadda til o‘qitishning yangi konsepsiyasini ishlab chiqish zaruriyati tug‘ilmoqda. Bunga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri yuqorida qayd etganimizdek, og‘zaki va yozma savodxonlik darajasining tushib ketganidir. O‘zbek tili barcha oliy ta’lim muassasalarida kamida 4 kreditli fan sifatida kiritilishi va soha tilini o‘qitishga yo‘naltirilishi lozim. Bunda turli shartli bosqichlarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Masalan, birinchi bosqich sifatida badiiy asar mutolaasi asosida o‘qitish, og‘zaki va nutqiy savodxonlik borasida bilim hamda ko‘nikmalarni kitob mutolaasi asnosida singdirish, milliy madaniyat va qadriyatlar bilan tanishtirish, shuningdek, so‘z boyligini oshirish, so‘z tanlash ko‘nikmalarini hamda badiiy tafakkurni shakllantirish, murakkab, notanish, kitobiy leksikaga oid so‘zlar ustida ishlash, tarixiy so‘zlar, frazeologizmlar, maqollar, realiyalar lug‘atini tuzish, noyob badiiy ko‘c
Доказательный фрагмент
«In modern language teaching methodology, developing various skills, particularly communicative, linguistic, and cultural competencies is essential, as it promotes students’ personal growth and proficiency.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn modern language teaching methodology, developing various skills, particularly communicative, linguistic, and cultural competencies is essential, as it promotes students’ personal growth and proficiency. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘zbek tilini bilish kompetensiyalari, o‘zbek tilini o‘qitish va o‘rganishga qo‘yiladigan talablar, tilni ona tili sifatida o‘rgatish, davlat tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025