К содержанию
РецензированоUZ2025

EKOLOGIYA SOHASIDAGI MUAMMO VA YECHIMLAR

SCIENCE SHINE · Dadaboyeva Madina

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Maqolada ekologiya sohasidagi muammolar, ularning asosiy jihatlari, kelib chiqish sabablari, shuningdek ularni bartarf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Mazkur yechimlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: Ekologik muammolar, chuchuk suv, ekotizim, azon qatlami, tabiatning tiklanishi, ekologik qadriyatlar. Jahon miqyosida kuzatilayotgani singari, yurtimizda ham ekologik muammolar tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu masalani samarali hal etish uchun, bir tomondan, iqtisodiy barqarorlikka erishish zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xalqimizda azaldan mavjud bo‘lgan ekologik qadriyatlarni tiklash, tarixiy tajribalarni chuqur o‘rganish va ularni bugungi kunda samarali qo‘llash yo‘llarini izlab topish talab etiladi. Inson faoliyati natijasida biosferada ro‘y berayotgan o‘zgarishlar juda yuqori sur’atda kechmoqda. Tabiiy muhitga inson aralashuvi tufayli, ayniqsa XX asrning o‘rtalarida, ekologik muammolar keskinlashib bordi. Demak, atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarning asosiy sababi insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siriga borib taqaladi. Sivilizatsiya taraqqiyoti va insonning tabiatga ta’siri tobora kuchayib borayotgani sababli, ekologik vaziyat yanada yomonlashmoqda. Hozirgi kunda ibtidoiy holatida saqlanib qolgan sof tabiatni uchratish deyarli mumkin emas. Chunki keng o‘rmonlar kesilib, katta hududlar dehqonchilik ehtiyojlari uchun o‘zlashtirildi, yerlar turli kimyoviy vositalar bilan ishlovdan chiqarildi, havo va muhit turli chiqindilar hamda gazlar bilan ifloslandi. Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda tabiatda toshqinlar, o‘rmon yong‘inlari, chang bo‘ronlari kabi turli tabiiy ofatlar ko‘payapti va ular katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu holatlar tabiiy muhitdagi muvozanatni jiddiy ravishda buzmoqda. Butun dunyo miqyosida kuzatilayotgan tabiiy, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan yoki to‘liq antropogen xarakterga ega bo‘lgan hodisalar global muammolar sifatida baholanadi. Bunday ekologik muammolar qatoriga atmosferaning ifloslanishi, ozon qatlamining erishi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, flora va 359 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 fauna turlari sonining qisqarishi hamda yerlarga kimyoviy moddalar qo‘llash orqali uning zararlanishi kabi holatlar kiradi. O‘zbekiston yirik sanoat va qishloq xo‘jaligi hududi sifatida kelgusida mashinasozlik, energetika, kimyo, oziq-ovqat sanoati hamda transport tarmoqlarini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan. Ammo bunday sanoat salohiyatining o‘sishi tabiiy muhit - ekotizimga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirgi paytda mamlakatimizda ekologik muammolar va tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq qator jiddiy masalalar mavjud. Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda yurtimizda keskin bo‘lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar qatoriga quyidagilar kiradi. Birinchi navbatda, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Farg‘ona, Marg‘ilon, Navoiy kabi yirik sanoat shaharlarida tabiatni muhofaza qilish masalalari ayni damda juda muhim sanaladi. Bu hududlardagi ekotizim holati qoniqarli emas, chunki sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlar va turli chiqindilar havo hamda atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Ikkinchidan, agrosanoat sohasida ham bir qator ekologik muammolar mavjud. Uchinchidan, suv manbalarining sanoat chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi ham jiddiy ekologik muammolardan hisoblanadi. To‘rtinchidan, o‘simlik va hayvonlar dunyosini asrash va tiklash, shuningdek, qo‘riqxonalar hamda milliy bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish yo‘lida ham turli muammolar uchrab turibdi. O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish va undan samarali foydalanish sohasidagi ustuvor strategik maqsadlari quyidagilardan iborat: aholi sog‘lig‘i uchun munosib ekologik muhit yaratish va biosferadagi tabiiy muvozanatni saqlab qolish; mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy barqaror rivojlanishini ta’minlagan holda, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklanadigan resurslar bilan ishlashda ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlari o‘rtasidagi muvozanatga e’tibor qaratish, shuningdek, chiqindilarni ratsional tarzda boshqarish; milliy va mintaqaviy miqyosda tabiatning tiklanish qobiliyatini qo‘llab- quvvatlash; tabiiy turlar, ularning genetik zaxiralari va landshaftlar xilma-xilligini muhofaza qilish; Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik inqirozni yumshatish va ushbu hududdagi muammoli vaziyatni yaxshilash. 360 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Yurtimiz dasht-dalalari va bog‘-rog‘larida sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to‘lib bormoqda. Xulosa o‘rnida aytish joizki, insonlar tabiatga azaldan qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz. Shunday ekan, barchamiz tabiatni asrab-avaylashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har bir

Доказательный фрагмент

«Maqolada ekologiya sohasidagi muammolar, ularning asosiy jihatlari, kelib chiqish sabablari, shuningdek ularni bartarf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ekologiya sohasidagi muammolar, ularning asosiy jihatlari, kelib chiqish sabablari, shuningdek ularni bartarf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ekotizim, Ekologik muammolar, tabiatning tiklanishi, chuchuk suv, ekologik qadriyatlar., azon qatlami
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники