К содержанию
РецензированоUZ2025

NOAN’ANAVIY KULOLCHILIK: ZAMONAVIY IJODIY YONDASHUV VA ESTETIK QIDIRUVLAR

SCIENCE SHINE · ESTETIK QIDIRUVLAR · Mamatqulova Sitora Komil qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Maqolada noan’anaviy kulolchilikning mazmun-mohiyati, shakllanish sabablari, estetik ifoda imkoniyatlari va zamonaviy san’atdagi o‘rni yoritilgan. Muallif kulolchilikning an’anaviy ildizlari bilan zamonaviylik uyg‘unligi asosida yaratilayotgan yangi yo‘nalishlarni sharhlab, bugungi o‘zbek san’atida ushbu sohaning dolzarbligini misollar orqali tahlil qiladi. Annotation: The article discusses the essence and content of non-traditional pottery, the reasons for its formation, its aesthetic expression possibilities, and its place in contemporary art. The author analyzes new directions created on the basis of the harmony between the traditional roots of pottery and modernity, highlighting the relevance of this field in today’s Uzbek art with examples. Kalit so‘zlar: kulolchilik, noan’anaviy yondashuv, zamonaviy san’at, estetik ifoda, milliy meros, kompozitsiya. Keywords: pottery, non-traditional approach, contemporary art, aesthetic expression, national heritage, composition. Kulolchilik qora loydan mo‘’jizakor go‘zallik yaratgan sharqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. Bu qora loy saxovat, halollik, ezgulik timsolidir. Tuproq insonlarning barcha ehtiyojini o‘z zimmasiga olgan farovonlik, to‘kinlik, rizq-ro‘z, go‘zallikning eng oliy ko‘rinishi manbaidir. Kulolchilik bilan dunyodagi barcha xalqlar shug‘ullanadi. O‘zbek kulolchiligi uzoq tarixga, ajoyib an’analar, shakl, mazmun, ijodiy jarayon va o‘ziga xos uslubga ega.48 Kulolchilik san’ati insoniyat tarixining eng qadimiy amaliy san’at turlaridan biri hisoblanadi. Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatadiki, O‘rta Osiyoda miloddan avvalgi davrlarda ham kulolchilik rivojlangan bo‘lib, u dastlab amaliy-maishiy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘lgan.49 Kulolchilik qadim-qadimdan inson hayotida nafaqat amaliy, balki estetik ehtiyojni ham qondirib kelgan san’at turi bo‘lib, u o‘zbek xalqining boy 48 S.Saidova. Badiiy kulolchilik san`ati tarixi. Toshkent-2021. 49 Karimov A.A. O‘zbek xalq amaliy san’ati tarixidan lavhalar. – Toshkent: Fan, 2018. 342 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 madaniy merosida alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida kulolchilik bilan shug‘ullangan mahalliy ustalar avloddan-avlodga tajriba, sir-asror va naqsh usullarini o‘tkazib kelganlar. Ammo bugungi kunda kulolchilik sohasida sezilarli yangilanishlar kuzatilmoqda. Endilikda ustalar faqatgina an’anaviy shakllar bilan cheklanmay, balki yangi g‘oya, forma, rang va materiallar bilan eksperiment qilmoqda. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyo san’atida yuz bergan yangiliklar, eksperimentlarga boy yo‘nalishlar ta’sirida kulolchilik sohasida ham noan’anaviy yondashuvlar shakllana boshladi. Noan’anaviy kulolchilik deganda an’anaviy shakl va naqshlardan chetga chiqqan, o‘zida boshqa san’at turlari (haykaltaroshlik, dizayn, installyatsiya) elementlarini mujassam etgan, zamonaviy g‘oyalarni o‘zida ifodalovchi loy ishlovlari tushuniladi. Noan’anaviy kulolchilik — bu o‘ziga xos san’at turi bo‘lib, u an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar chorrahasida shakllanmoqda. Bu yo‘nalish san’atkorlar uchun katta ijodiy imkoniyatlar yaratadi va tasviriy san’atni yangi bosqichga olib chiqadi. Ayniqsa, milliy san’atimizni xalqaro darajada tanitish uchun bunday eksperimental yondashuvlar dolzarb ahamiyat kasb etadi. Noan’anaviy kulolchilikda ustalar ijodkorlik erkinligiga asoslanadi. An’anaviy shakllardagi cheklovlar, qat’iy naqshlar o‘rniga, bu yo‘nalishda individual qarash, abstrakt tafakkur, yangi shakl va tuzilmalardan foydalanish afzallik beradi. Shu bois, bunday asarlar ko‘proq kontseptual san’at asari sifatida baholanadi.50 Noan’anaviy kulolchilikda ishlatiladigan uslublar orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir: Abstrakt va deformatsiyalangan shakllar; Kombinatsiyalangan materiallardan (shisha, yog‘och, metall) foydalanish; Installyatsion yondashuv; Minimalizm va modernizm unsurlarini qo‘llash; Tabiiy tekstura va ranglar bilan tajriba o‘tkazish. o Noan’anaviy kulolchilikda ijodkorlar tobora ko‘proq erkinlikka intilmoqda. Shuning uchun zamonaviy kulolchilikda ishlatiladigan uslublar ham rang-barang va o‘ziga xosdir. Eng ko‘p uchraydigan va dolzarb yo‘nalishlardan biri bu abstrakt va deformatsiyalangan shakllar hisoblanadi. Bunda shaklning real ko‘rinishidan voz kechilib, g‘oyaning ichki mazmuni va hissiy jihatiga urg‘u beriladi. Oddiy aytganda, buyum tashqi ko‘rinishi orqali emas, balki qanday tuyg‘u uyg‘otishi bilan qadrlanadi. 1. Ruzmetova G. Zamonaviy tasviriy san’atda eksperimental yo‘nalishlar. – Toshkent: San’at, 2020. 343 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 o Yana bir muhim uslub bu — turli materiallarni birlashtirish orqali ishlashdir. An’anaviy faqat loydan iborat bo‘lgan asarlardan farqli o‘laroq, hozirgi kulollar o‘z ishlarida shisha, yog‘och, metall kabi boshqa materiallarni ham qo‘llashmoqda. Bu esa ishlanmaning obrazini yanada boyita

Доказательный фрагмент

«Maqolada noan’anaviy kulolchilikning mazmun-mohiyati, shakllanish sabablari, estetik ifoda imkoniyatlari va zamonaviy san’atdagi o‘rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada noan’anaviy kulolchilikning mazmun-mohiyati, shakllanish sabablari, estetik ifoda imkoniyatlari va zamonaviy san’atdagi o‘rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
pottery, non-traditional approach, contemporary art, aesthetic, zamonaviy san’at, kulolchilik, kompozitsiya., noan’anaviy yondashuv, estetik ifoda, milliy meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники