Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NIZOMULMULKNING “SIYOSATNOMA” ASARI BO‘YICHA JAMIYAT BOSHQARUVIGA OID G‘OYALAR
SCIENCE SHINE · BOSHQARUVIGA OID G‘OYALAR · Jabborova Saodat Sattorovna · Narzullayeva Shohida (Buxoro davlat pedagogika instituti)
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada muallif mashhur davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq fikr va qarashlarini tahlil qilgan. Asarda keltirilgan maslahatlardan, ayniqsa, rahbarlarning odil, halol va xalqparvar bo‘lishi kerakligi haqidagi g‘oyalardan kelib chiqib, bugungi kun uchun ham dolzarb jihatlarga ilmiy nuqtai nazardan yondashilgan. Muallif bu asar orqali nafaqat o‘z davrining muammolariga yechim topishga harakat qilgan, balki har qanday jamiyatda tartib va adolatning qanchalik muhim ekanini ko‘rsatgan. Maqolada shu fikrlar asosida Nizomulmulkning boshqaruvga doir qarashlari zamonaviy nuqtai nazardan baholanadi. Kalit so‘zlar: Nizomulmulk, Siyosatnoma, jamiyat boshqaruvi, adolat, halollik, rahbar mas’uliyati, siyosiy tafakkur, davlat boshqaruvi, axloqiy qadriyatlar. Kirish qism: Adolatli va tartibli jamiyat qurish har doim insoniyatning eng muhim orzularidan biri bo‘lib kelgan. Bu borada tarixiy tajriba, ayniqsa, buyuk mutafakkirlarning asarlari beqiyos ahamiyatga ega. Shunday asarlardan biri bu — XI asrda yashagan yirik siyosiy arbob Nizomulmulk tomonidan yozilgan Siyosatnomadir. U Saljuqiylar davlatining vaziri sifatida o‘z zamonasining siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy muammolarini chuqur anglab, boshqaruv san’atiga oid juda ko‘p foydali maslahatlarni jamlagan. Siyosatnoma nafaqat hukmdorlar, balki barcha mansabdorlar uchun yo‘lko‘rsatkich bo‘la oladigan asardir. Unda “Hukmdor adolatli bo‘lsa, xalq ham to‘g‘ri yo‘lda bo‘ladi”, degan fikrlar orqali boshqaruvning markazida adolat turishi lozimligi uqtiriladi. Nizomulmulk, shuningdek, korrupsiyaga qarshi qat’iy chora ko‘rishni, mulozimlarning halolligi va javobgarligini, xalqni eshitish va himoya qilish zarurligini ham alohida urg‘u bilan ta’kidlaydi. U “Zulm qilgan kishi oxir-oqibat o‘z zulmida halok bo‘ladi” deya mansabdorlar javobgarligini eslatadi. Ushbu maqolada Siyosatnomadagi boshqaruvga oid g‘oyalar tahlil qilinadi, 327 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 ularning zamonaviy davrdagi dolzarbligi va hayotiy ahamiyati ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan qarashlar bugungi kun rahbarlari va siyosiy tizimlari uchun ham muhim saboq bo‘la oladi. Asosiy qism: Adolat — jamiyat barqarorligining asosi: Nizomulmulk Siyosatnoma asarining ko‘plab boblarida adolat masalasini bosh g‘oya sifatida ilgari suradi. Unga ko‘ra, adolat — bu faqat qonun chiqarish emas, balki har bir qarorni ijtimoiy manfaatlar asosida hal qilishdir. U shunday yozadi: “Agar podshoh adolatli bo‘lsa, xalq xotirjam yashaydi; agar u zulm qilsa, xalq qo‘zg‘oladi.” Bu g‘oya hukmdorning hokimiyatni qanday ishlatishi jamiyat tinchligi va barqarorligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilab berishini ko‘rsatadi. Nizomulmulk adolatni daraxtga, podshohni esa uning ildiziga o‘xshatadi. Agar ildiz sog‘lom bo‘lsa, daraxt meva beradi; aks holda esa chiriydi. Shunday qilib, asarda adolat siyosat yuritishning eng asosiy mezoni sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga davlat ravnaqida xalqning hokimiyatga ishonchiga ham bog‘liqligini ko‘rsatib, poraxo‘rlokni qoralaydi. Unga qarshi kurashni esa - davlatni halokatdan saqlovchi omil sifatida e’tirof etadi. Nizomulmulk o‘z davrida keng tarqalgan poraxo‘rlik, mansab evaziga mol olish va adolatsizlik holatlarini keskin tanqid qiladi. U shunday deydi: “Mansabni pul bilan olgan kishi undan o‘z foydasi uchun foydalanadi, u hech qachon xalq manfaatini ko‘zlamaydi.” Bu fikr orqali muallif rahbarlik lavozimlariga halol, tajribali va sadoqatli insonlar tayinlanishi zarurligini ta’kidlaydi. U soliqlarning haddan ortiq og‘irlashuvi, soliq yig‘uvchilarning zolimligi jamiyatda norozilik uyg‘otishini ko‘p bora eslatadi. Asarda bu kabi mansabdorlarni jazolash kerakligi, ularning ustidan doimiy nazorat o‘rnatish lozimligi aytiladi. Bugungi boshqaruv tizimida ham korrupsiyaga qarshi kurash yetakchi mavzulardan biri hisoblanadi. Demak, Nizomulmulk ilgari surgan fikrlar o‘z ahamiyatini hanuz saqlab kelmoqda. Rahbarning shaxsiy fazilatlari va namuna bo‘lish mas’uliyati: Nizomulmulk boshqaruvdagi eng muhim jihatlardan biri sifatida rahbar shaxsining axloqiy fazilatlariga katta urg‘u beradi. U rahbar faqat buyruq beruvchi emas, balki xalqqa xizmat qiluvchi inson bo‘lishi kerakligini uqtiradi: “Podshoh kechasi uxlab yotsa, xalq bedor bo‘ladi.” Bu fikr rahbar mas’uliyatining og‘irligini bildiradi — u har bir qarori, har bir ishi orqali jamiyatga ta’sir qiladi. Shu sababli u rahbarlar halol, dono, mehnatkash, sabrli va iymonli bo‘lishi kerakligini yozadi. U hatto hukmdorning ortiqcha hashamat va isrofgarchilikdan tiyilishi, xalq ahvoliga qarab yashashi kerakligini eslatadi. Bunday fazilatlar bugungi zamonaviy yetakchilik mezonlariga ham to‘la mos tushadi. Axloqiy va diniy asosda boshqaruv: Nizomulmulk siyosat va boshqaruvni axloqiy qadriyatlardan ajratmaydi. U deydi: “Din asosida ish yuritgan 328 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 podsho
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada muallif mashhur davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq fikr va qarashlarini tahlil qilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada muallif mashhur davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asaridagi jamiyat boshqaruvi bilan bog‘liq fikr va qarashlarini tahlil qilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Nizomulmulk, rahbar mas’uliyati, siyosiy tafakkur, axloqiy qadriyatlar., jamiyat boshqaruvi, davlat boshqaruvi, halollik, Siyosatnoma, adolat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024