Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM KONSEPSIYASINING MOHIYATI VA AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · VA AHAMIYATI · Raximov Abdurasul Ravshan oʻgʻli
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv (o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim) eng muhim tamoyillardan biriga aylandi. Mazkur konsepsiya asosida ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchi shaxsi qo‘yiladi va barcha pedagogik faoliyat uning individual xususiyatlari hamda ehtiyojlariga moslashtiriladi. Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasining mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quvchi shaxsi, pedagogik faoliyat, zamonaviy ta’lim, pedagogik innovatsiya, metodika, kompetensiya. Bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv (o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim) eng muhim tamoyillardan biriga aylandi. Mazkur konsepsiya asosida ta’lim jarayonining markaziga o‘quvchi shaxsi qo‘yiladi va barcha pedagogik faoliyat uning individual xususiyatlari hamda ehtiyojlariga moslashtiriladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim deganda, ta’lim muhiti va metodikasini har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, qobiliyatlarini rivojlantirish va uni har tomonlama kamol toptirishga yo‘naltirish tushuniladi. An’anaviy, o‘qituvchi markazli ta’limdan farqli o‘laroq, bu yondashuvda o‘quvchilar faol va mustaqil ishtirok etadi, o‘quv jarayonining sub’yekti darajasiga ko‘tariladi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasining mohiyati avvalo insonparvar pedagogikaga tayanadi. Jahon pedagogikasida J.Dyuhi, A.Maslou, K.Rojers kabi olimlar o‘quvchining shaxsiy tajribasi va qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘qitish zarurligini ta’kidlaganlar. Masalan, Karl Rojers ta’limda eng samarali o‘zlashtirish o‘quvchining “o‘zi kashf etgan bilimi” orqali sodir bo‘lishini qayd etadi. Bu esa o‘quvchini faollashtiruvchi, unda tashabbus va mas’uliyat hissini uyg‘otuvchi muhit yaratish kerakligini anglatadi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv bola shaxsini hurmat qilish, unga ishonch bildirish va har birini noyob individual sifatlari bilan qabul qilish g‘oyalariga asoslanadi. O‘quvchi ovozi va fikri tinglanadi, uning o‘rganish sur’ati va uslubi e’tiborga olinadi, o‘qituvchi esa an’anaviy ma’nodagi ma’ruza qiluvchi emas, balki fasilitator – o‘quv jarayonini yo‘naltiruvchi maslahatchi vazifasini bajaradi. 302 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Zamonaviy ta’lim tizimi rivojlanishi bugungi kunda nafaqat ta’limning mazmuniy tomonlarini yangilash, balki pedagogik jarayonning tashkil etilish usullarini ham tubdan isloh qilish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Bu borada o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy etish, uning ijodiy salohiyatini to‘liq ochib berish hamda ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillar asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar, masofaviy ta’lim shakllarining keng joriy etilishi pedagogik faoliyatning innovatsion tus olishini talab qilmoqda. Rivojlangan davlatlar, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada va Yaponiya ta’lim tizimlarida 1960-yillardan boshlab pedagogik jarayonning innovatsiyalashuvi bo‘yicha qator nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Xususan, X. Barnet, D. Gamilton, N. Gross, M. Maylz kabi olimlar ta’lim tizimida yangiliklarni joriy etish, o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi, o‘quvchilar bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatish, shaxsiy yondashuv asosida o‘qitish strategiyalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratgan. Ularning ilmiy ishlari pedagogik faoliyatda yangilanish jarayonini sistematik tarzda boshqarish imkonini beruvchi konseptual modellarga asoslangan. Shuningdek, A. Xeyvlok, D. Chen, R. Edem kabi tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, asosan, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va kreativlikni shakllantirishga qaratilgan pedagogik innovatsiyalarning shakllanishi va ularning amaliyotdagi samaradorligini tahlil qilishga yo‘naltirilgan. Bu olimlar ta’lim jarayonini shaxsiylashtirish orqali o‘quvchining qobiliyatlarini to‘liq ochib berish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslab bergan. Mazkur yo‘nalishda rus pedagogika maktabi vakillarining hissasi ham katta. Jumladan, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I. Zagvyazinskiy, V.A. KanKalik, N.V. Kuzmina kabi olimlarning tadqiqotlarida pedagogik faoliyatda psixologik-pedagogik yondashuvning nazariy asoslari, innovatsion metodlar yordamida o‘qitish jarayonini takomillashtirish yo‘llari keng tahlil qilingan. Ular ta’lim jarayonini boshqarishda o‘qituvchi shaxsining axloqiy va kasbiy xususiyatlari muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydilar. Mahalliy pedagogik maktab vakillari ham innovatsion ta’limga oid muhim ilmiy ishlarga hissa qo‘shganlar. Xususan, O‘zbekiston olimlari – U. Abduvahobov, A. Aliev, B. Ziyomuhammadov, S. Ziyomuhammadova, M. Imomnazarov, F. Ismoilov, J. Tulenovlarning tadqiqotlarida shaxs tarbiyasida ma’naviy-axloqiy omillar, milliy qadriyatlar va tarixiy-madaniy merosning ta’siri chuqur o‘rganilgan. Bu olimlar
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv (o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim) eng muhim tamoyillardan biriga aylandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv (o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim) eng muhim tamoyillardan biriga aylandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompetensiya., metodika, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, zamonaviy ta’lim, pedagogik innovatsiya, o‘quvchi shaxsi, pedagogik faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024