Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOLIYAVIY BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARIGA O‘TISHNING AHAMIYATI VA XUSUSIYATLARI
SCIENCE SHINE · Guzal Djumayeva
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga o‘tishning zaruriyatlari, ahamiyatli tomonlari, fond bozorining elementlari, qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: MHXS, investitsiya, qimmatli qog’oz, buxgalteriya hisobi, fond birjalari, tashqi qarz, xalqaro tashkilot. Butun dunyoda xalqaro savdo-sotiq, eksport va import operasiyalari hajmining oshishi, iqtisodiyot va axborot texnologiyalarining globallashuv jarayoni jadallik bilan o‘sib borishi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning hisob va hisobotlarini integrasiyalashuviga olib kelmoqda. O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etilishi iqtisodiyotning yanada rivojlanishiga, kengayishiga turtki bo‘ladi. Jahon bozoriga chiqish, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklarining qimmatli qig’ozlarini xalqaro fond birjalarining listing tadbirlariga kiritish uchun, kotirovkalash uchun albatta korxonalardan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosalangan hisobot ma’lumotlari talab etiladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar iqtisodiyotning muhim elementi hisoblanib, ular yordamda investitsiya, to‘lov, hisob-kitob va masalalar hal qilinadi. Qimmatli qog’ozlar iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum bir tomondan pul xususiyatiga ega boshqaruv vositasi hisoblanadi. Respublikamizda moliya bozorini rivojlantirish borasida samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Moliya bozorining tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (fond bozori)ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizda Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g’risida” gi PQ-4611-son Qarorning qabul qilinishi zamirida buxgalteriya hisobotlarini bosqichma-bosqich Moliyaviy Hisobning Xalqaro Standartlari (MHXS) talablariga moslashtirish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu albatta xorijiy investorlarni respublikamiz fond bozoriga kirib kelishini rag’batlantiradi hamda bu boradagi 294 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 moliyaviy instrumentlar aksiya, obligatsiya, veksel, depozit va jamg’arma sertifikatlari va boshqa qimmatli qog’ozlar bilan bo‘g’liq munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Investorlarni jalb qilishning asosiy shartlaridan biri ularni qimmatli qog’ozlar to‘g’risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar tannarx, likvidlik, rentabellik, muomala tezligi, investitsion salohiyat kabi iqtisodiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Qimmatli qog’ozlarning O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to‘g’risida”gi Qonunda quyidagi turlari ko‘rsatilgan: aksiyalar, obligatsiyalar g’azna majburiyatlari, depozit sertifikatlari, qimmatli qog‘ozlarning hosilalari, veksellar.33 Qimmatli qog’ozlarning asosiy xususiyati shundaki, uning fond bozorida oldi-sotdi predmeti bo‘lib xizmat qilishida ko‘rinadi, ya’nikim qimmatli qog’ozlar bozorda erkin yoki ba’zi cheklovlar bilan muomalada bo‘lib, kapitalning bir emitentdan(investordan) boshqasiga o‘tkazishni taminlaydi. Qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya sifatida ularni hisob va hisobotda aks etirishda quyidagi xususiyatlarini inobatga olish lozim: - Qimmatli qog’ozlar ustav kapitalga egalik huquqini bildiradi; - Qimmatli qog’oz egasi bilan emitent o‘rtasida kredit munosabatlari aks ettiriladi; - Qimmatli qog’oz(aksiya) emitent daromadining bir qismini olish huquqini beradi; - Aksiya egalariga aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi; - Qimmatli qog’ozlarning bozor qiymatining o‘sishidan daromad olish imkoniyatini beradi; - Qimmatli qog’ozlar kredit olishda garov funksiyasini bajara oladi; - Qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligatsitsiya) korxona tugatilganda uning mulkidan ulush olish huquqini beradi. Hozirgi kunda respublikamizda amalda bo‘lgan hisobotlar foydalanuvchilar (investorlar)ning ehtiyojlarini to‘liq qondirmaydi, chunki hisob va hisobotlarga soliq hisobi nuqtai nazaridan yondashiladi. MHXS ga o‘tish bir tomondan iqtisodiyotga nafi tegadi, ya’ni xalqaro moliya tashkilotlari hisoblangan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarni kengaytirib, iqtisodiyotga chet el investitsiyasini jalb etadi, 33 O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonun 2015 yil 03 iyun. 295 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 mamlakatning investitsiyaviy muhitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda hisob ishlarini xalqaro darajaga ko‘tarishda MHXS muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarni jalb qilish nuqtai nazaridan MHXS lari asosida hisob yuritishdan davlat manfaatdor; o‘z ma
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga o‘tishning zaruriyatlari, ahamiyatli tomonlari, fond bozorining elementlari, qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanlig…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekiston sharoitida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari(MHXS)ga o‘tishning zaruriyatlari, ahamiyatli tomonlari, fond bozorining elementlari, qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanlig… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qimmatli qog’oz, fond birjalari, tashqi qarz, xalqaro tashkilot., buxgalteriya hisobi, MHXS, investitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025