К содержанию
РецензированоUZ2025

KIYIM ISHLAB CHIQARISHDA GAVDA O‘LCHAM BELGILARINI TAHLIL QILISH

SCIENCE SHINE · TAHLIL QILISH · Abdullayeva Gulchexra Shuxratovna · SCIENCE SHINE

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kiyim ishlab chiqarishda inson gavdasining o‘lcham belgilari, ularning aniqlanishi, tasnifi va dizayn jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘lcham olish usullari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit soʻzlar: kiyim, shtanga, antropometr, dizayn, ergonomika, santimetrli tasma. Hozirgi vaqtda ommaviy ravishda ishlab chiqariladigan kiyim aholi aksariyatining ehtiyojini qoniqtirishi kerak. Ushbu masalani yechishga faqat qomat o‘lchamlarining minimal sonidan tuzilgan o‘lchamlar standarti yordam beradi. Shu bois kiyimlarni konstruksiyalashda odam tanasining nafaqat tashqi xarakteristikasi, balki uning o‘lcham xarakteristikalarini ham bilish kerak. O‘lchash uskunalari. Hozirgi vaqtda antropometrik o‘lchashlar o‘tkazishda quyidagi maxsus asbob va moslamalar qo‘llaniladi: 1. antropometrik nuqtalar balandligini o‘lchashda Martin tizimidagi antropometr ishlatiladi (1-rasm); 2. antropometrning yuqori shtangasi yordamida old-orqa va ko‘ndalang proyektsion diametrlar aniqlanadi (2-rasm); 3. aylana va bo‘ylama o‘lchamlar santimetrli tasma yordamida o‘lchanadi (3-rasm); 4. katta qalinlik sirkuli yordamida to‘g‘ri o‘lchamlar olinadi (4-rasm). 275 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 1-rasm. Martin metall 2-rasm. Shtangensirkul antropometr tizimi 3-rasm. Katta qalin sirkul 4-rasm. Bel chizig‘ini gorizontal holatda aniqlash Tana o‘lchamlarini olish shartlari. Oʻlchanadigan odam holatining o‘zgarishi tanaga oid ayrim oʻlchamlarning o‘zgarishiga sabab boʻladi, shu bois o‘lchamlar qat‘iy muayyan holatda olinadi. O‘lchanadigan shaxs to‘g‘ri, zo‘riqmasdan, qoʻllari tushirilgan; tovonlari birlashtirilgan, oyoqlarining uchi 15—20 smga surilgan, qomatini o‘rgangan holatida saqlab turishi kerak. Poldan antropometrik nuqtalarning 276 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 balandligini va ayrim yoysimon bo‘ylama o‘lchamlarni olishda o‘lchanayotgan shaxsning boshi muayyan holatda (ko‘zquloq gorizontalida) turadi. Bu – ko‘z kosasining pastki uchi va quloq teshigidan yuqori qismining o‘rtasi bir gorizontalda joylashgan holati. O‘lchanayotgan shaxs charchasa, holati o‘zgaradi va o‘lchamlarning aniqligi kamayadi. Shu bois o‘l chamlar zudlik bilan olinadi. Aylanalar va boshqa yoysimon o‘l chamlar ko‘krak qafasi va qorin devoir nafas olish natijasida harakatlanib sezilarli darajada o‘zgaradi. Ma‘lumki, o‘lchanayotgan shaxs chuqur nafas olganda uning ko‘krak aylanasi to‘la nafas chiqargan holatiga nisbatan 5-8 sm ga kattaroq. Shu bois barcha o‘lchashlar o‘lchanayotgan shaxsning tinch nafas olgan holatida o‘tkaziladi. Kiyim ishlab chiqarishda gavda o‘lcham belgilari – dizayn, ergonomika va marketingning ajralmas qismidir. Ularning to‘g‘ri aniqlanishi tikuvchilik jarayonining sifat va unumdorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy texnologiyalar bu boradagi xatoliklarni kamaytirib, ishlab chiqarish jarayonini raqamlashtirish imkonini bermoqda. Shunday ekan, o‘lcham belgilari tahliliga ilmiy va tizimli yondashuv hozirgi davrda muhim vazifalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Gulchekra, A. (2022). Study of dynamic anthropometry for making clothes for various purposes. Universum: технические науки, (2-7 (95)), 43-46. 2. Абдуллаева, Г. Ш. (2022). Изучение динамической антропометрии и проектирования подростковой одежды. Международный научно-практический электронный журнал «Моя профессиональная карьера, 16. 3. Абдуллаева, Г. (2024). ПРОИЗВОДСТВЕННАЯ СТРУКТУРА ПРЕДПРИЯТИЯ ПО ИЗГОТОВЛЕНИЮ ШВЕЙНЫХ ИЗДЕЛИЙ. Yangi O ‘zbekiston ustozlari, 2(28), 158-162. 4. Хужаева, М. Б. (2023). KIYIMLARNI TIKISHDA INSON TANASI O‘LCHAMLARINI OLISH USULLARI. Scientific progress, 4(3), 49-57. 5. Турсунова, З. Н. (2017). Изучение особенностей телосложения детей с целью изготовления одежды. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. Международный научный журнал, (5-2), 30. 6. Abdullayeva, G. S. (2024). Tikuvchilikda zamonaviy jihozlar tanlash sifatli buyum ishlab chiqarishning asosiy omili. Science and Education, 5(2), 212- 214. 7. Турсунова, З. Н., & Камолова, Г. Ш. (2017). Изучение типологии населения стран мира. Молодой ученый, (14), 139-142. 277

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kiyim ishlab chiqarishda inson gavdasining o‘lcham belgilari, ularning aniqlanishi, tasnifi va dizayn jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kiyim ishlab chiqarishda inson gavdasining o‘lcham belgilari, ularning aniqlanishi, tasnifi va dizayn jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
antropometr, santimetrli tasma., kiyim, ergonomika, shtanga, dizayn
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники