К содержанию
РецензированоRU2025

ATOIY G‘AZALLARIDA SHE’RIY SAN’ATLARNING QO‘LLANISHI

SCIENCE SHINE · Egamberdiyeva Vazira G‘ulomovna · Egamberdiyeva Vazira Gulomovna · Эгамбердиева Вазира Гуломовна (Gulistan State University,Academic Lyceum, Teacher of the Uzbek language and)

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

В статье на примере анализа газели рассматривается идейно- художественная функция средств изобразительного искусства, активно используемых в поэзии Атоi. Ключевые слова: газел, ташбих, тальмеx, хусни талил, символ, рифма, любовь, жест. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lmish Atoiy ijodi o‘zining badiiy yetukligi, mazmun boyligi va obrazlar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. G‘azal janri Atoiy ijodining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u o‘z she’rlarida turli badiiy san’at vositalaridan mahorat bilan foydalangan. Uning g‘azallarida qo‘llanilgan istiora, tashbeh, tajnis, ishtiqoq, tanosub, hojib san’ati kabi badiiy vositalar she’riy mazmunni chuqurlashtirish, ruhiy-estetik ta’sirni kuchaytirish vazifasini bajaradi. Atoiy o‘z g‘azallarida she’riy san’atlarning go‘zal namunasini yaratishga alohida e’tibor qaratgan. Masalan, shoir asarlarida badiiy fikrni obrazli ifodalashga xizmat qiluvchi tashbih san’atidan keng foydalanilgan. 259 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Atoiy o‘z g‘azallarida ko‘pincha ma’shuqaning husnini turli obrazlari vositalar orqali tashbih san’ati bilan tasvirlaydi. Tashbih – arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, oʼxshatish degan ma’noni bildiradi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga oʼxshatish,qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu oʼsha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga oʼxshatishdir. Masalan: Ul sanamkim,su(v) yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur. “ Ul sanamkim,suv yaqosinda paritek o‘lturur” birikmasi orqali qizning go‘zalligini parilarga oxshatilyapti. Suv yaqosinda deyilganda esa parilar suv yoqasida o‘tiradi degan afsonalarga ishora bor. Tashbihning yuzaga kelishida tort unsur ishtirok etishi mumkin. Oʼxshamish – tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha (sanam); Oʼxshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (paritek); Asos – nimaga kora oxshatishning yuzaga chiqqanligi (suv yoqasida); Vosita – oʼxshatilish belgisi (-dek) vosita ishtirok etgan oxshatishlarda tashbih aniq korinib, bilinib turadi. Soʼz san’atida –dek, -day, -cha, -simon, -vor, -saro, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qoʼshimchalar,kabi, singari, misli, goʼyo,yanglig, xuddi, oʼxshab, nechukki va boshqa sozlar vosita boʼlib kelgan. Ko‘ngul yuz poradur gul, g‘uncha yanglig‘,(vosita) Sabodek(vosita) bir guzar qilsang ne bo‘ldi? Atoiy g‘azallarida “Tajohuli orif ” (bilib bilmaslikka olish) san’atining ham go‘zal namunalarini uchratish mumkin. Ey begim, ushbu yuz, degul, shams bila qamarmudur? Ey begim, ushbu so‘z degul, shahd bila shakarmudur. Ushbu baytda yuzni oymi yo quyoshmi deb bilib bilmaslikka olsa, so‘zni shakarmi yo asal deb bilib bilmaslikka oladi. Husni ta’lil -(chiroyli dalillash) Atoiy g‘azallarida ma’shuqa go‘zalligini tasvirlashda bu san’atdan samarali foydalangan. “Husni ta’lil” arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko‘rsatish san’ati shu nom bilan ataladi. Labingni qanda ko‘rmishkim, uyottin Yeshurdi band ichinda nayshakarni. Ushbu baytda husni ta’lil namunalaridagi fikrlar qat’iyligi, tabiiy hodisalarning g‘ayritabiiy izohi ayni haqiqatdek ta’kidlangani ko‘rinib turadi. Bayt mazmuni ko‘ra 260 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 ma’shuqaning labidagi shirani ya’ni qanddek labini ko‘rgach shakar o‘zining bemazaligidan uyalib shakarqamish ichiga kirib yashirindi. She’riyatimizdagi husni ta’lil namunalari xilma-xil hayotiy holatlar, tabiiy hodisalarga asoslanadi. Shoirlar ko‘pincha samoviy mavjudotlar holati va harakatini g‘ayritabiiy izohlash yo‘li bilan husni ta’lil san’atiga xos lavhalar chizadilar. Misol uchun, quyosh harakatini shu xil tasvirlash vositasida ko‘plab chiroyli baytlar yaratilgan. Yuzungdin burqa’ olg‘il bir zamone, Uyolsun oy-u kun,sharmanda bo‘lsun. Oshiq ma’shuqaga qarata shunday deydi: “Yuzingdan burqani ya’ni yopinchig‘ingni bir zamonga yani bir muddatga ol,oy va kun o‘zining ahvolidan uyalib, sharmanda bo‘lsin” Yoki Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. Mazkur bayt ham husni ta’lil san’atining go‘zal namunasi hisoblanadi. Baytda yorning go‘zalligi haqida chamanda gapirilganda gul o‘zining xunukligidan uyalib qizarib ketgani aytilmoqda. Tabiatda gullarning qizil rangda bo‘lishini shoir chiroyli dalillab bermoqda. Talmeh san’ati Talmeh arabcha soʻz boʻlib, maʼnosi “chaqmoq chaqilishi”, “bir nazar tashlash” demakdir. Badiiy sanʼat sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Sulaymon mulkudur ham Nuh umri Saning bila kechurgan bir zamonim. Ushbu baytda ikkita shaxs nomi: Sulaymon, Nuh tilga olingan. Ular haqida faqat oʻzbeklarda emas, turli xalqlarda juda koʻplab afsona, rivoyat, qoʻshiq, hatto dostonlar yaratilgan. Ular bilan bog

Доказательный фрагмент

«В статье на примере анализа газели рассматривается идейно- художественная функция средств изобразительного искусства, активно используемых в поэзии Атоi.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье на примере анализа газели рассматривается идейно- художественная функция средств изобразительного искусства, активно используемых в поэзии Атоi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ghazal, tashbih, talmeh, husni ta'lil, symbol, rhyme, love, hint, qofiya, husni ta’lil, G‘azal, ramz, ishq, ishora
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники