К содержанию
РецензированоUZ2025

CHIZMACHILIK FANINING O‘QUVCHILARNING SHAXSIY RIVOJIGA TA’SIRI

SCIENCE SHINE · Imomov Fozil Shakarbek o‘g‘li

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

chizmachilik fanining o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mantiqiy fikrlashi, texnik ijodkorligi hamda individual yondashuv orqali ichki motivatsiyasi va ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinib, bu jarayon O‘zbekiston ta’lim strategiyasi va zamonaviy pedagogik nazariyalar asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: chizmachilik, shaxsiy rivojlanish, fazoviy tafakkur, individual yondashuv, psixologik barqarorlik, ijodkorlik, kompetensiyaviy yondashuv, STEAM ta’lim. Zamonaviy ta’lim tizimida har bir fan o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. Chizmachilik fani ham bu jarayonda o‘ziga xos didaktik va tarbiyaviy vazifalarni bajaradi. Bu fan o‘quvchilarda makon va shaklni vizual idrok etish, tafakkurdagi tasavvurni grafik ifodaga aylantirish, mantiqiy va tizimli fikrlash, aniqlik, intizomlilik, estetika va texnik ijodkorlik kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Chizmachilik fani maktab o‘quvchilari uchun ayniqsa boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bosqichida tafakkurni strukturaviy rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, grafik tasvirlar bilan ishlash miya faoliyatining o‘ng yarimshari (vizual idrok va ijodiy tafakkur) va chap yarimshari (analitik va mantiqiy fikrlash) o‘rtasidagi aloqani kuchaytiradi. Bu esa umumiy kognitiv rivojlanishni rag‘batlantiradi. O‘quvchilar chizmalar orqali fazoviy fikrlashni o‘rganadilar. Shakl, nisbat, masshtab, proyeksiya kabi tushunchalarni amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirishlari, ularning muhandislik, arxitektura, dizayn va texnologiya fanlaridagi tayyorgarligini mustahkamlaydi. Bu esa fanlararo integratsiyani ta’minlaydi va o‘quvchilarning real hayotdagi muammolarni hal qilish qobiliyatini oshiradi. Chizmachilik – faqat texnik fan emas, u shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Ushbu fan yordamida o‘quvchilar diqqatni jamlash, sabr-toqat, mas’uliyat, aniqlik kabi fazilatlarni o‘zlashtiradi. Chizma chizish – ketma-ketlik, intizom va aniqlikni talab qiladigan jarayon. Bu orqali o‘quvchilar ichki tartibni va 248 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 o‘z mehnatiga bo‘lgan tanqidiy munosabatni shakllantiradilar. Mazkur fazilatlar esa ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida va hayotda muvaffaqiyatli bo‘lishlarining asosi hisoblanadi. Yana bir muhim jihat – o‘quvchilar chizmachilik darslarida o‘z fikrlarini grafik ko‘rinishda ifodalashni o‘rganadilar. Bu esa ularning muloqot va prezentatsiya ko‘nikmalarini rivojlantiradi, tanqidiy va ijodiy fikrlashga asoslangan yondashuvni shakllantiradi. Psixologlar fikricha, tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish o‘quvchilarda stress darajasini kamaytiradi, hissiy holatni barqarorlashtiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Chizmachilik darslari davomida o‘quvchining individual yondashuv asosida o‘z ishlari bilan faxrlanishi, natijani ko‘rishi, baholanishi ularning ichki motivatsiyasini mustahkamlaydi. Ayniqsa, zamonaviy o‘quvchilarning shaxsiy rivojida ijtimoiy-emotsional qobiliyatlar katta ahamiyat kasb etmoqda. Shunday sharoitda, chizmachilik orqali o‘quvchilar o‘z g‘oyalarini ifoda etish, sinfdoshlariga taqdim etish, o‘qituvchi bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ijtimoiy adaptatsiyani kuchaytiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” tamoyiliga asoslangan holda ta’lim tizimida har bir fan shaxsiy rivojlanishga xizmat qilishi lozim. 2021–2030 yillarga mo‘ljallangan Milliy ta’lim rivojlanish strategiyasida o‘quvchilarning individual yondashuv asosida o‘qitilishi, kompetensiyaviy yondashuv va STEAM ta’lim elementlarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Chizmachilik aynan shu maqsadlar bilan hamohang bo‘lib, ta’limning integrativ va ijodiy yondashuvini talab qiladi. U nafaqat texnik tayyorgarlikni beradi, balki o‘quvchining ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatdan o‘sishiga xizmat qiladi. Shuning uchun chizmachilik fanini individual yondashuv asosida tashkil etish – ta’lim sifatini oshirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaralmoqda. Chizmachilik fanida o‘quvchilarning rivojlanish sur’atlari, qiziqishlari va qobiliyatlari har xil bo‘ladi. Shu bois, dars jarayonida differensial yondashuvni qo‘llash zarur. Ba’zi o‘quvchilar geometrik chizmalarni tezda o‘zlashtirsa, boshqalari dizayn va g‘oya ishlab chiqishda faolroq bo‘ladi. O‘qituvchi bu farqlarni inobatga olgan holda topshiriq shaklini, murakkablik darajasini va nazorat usulini moslashtirishi lozim. Zamonaviy pedagogikada "ko‘p intellekt nazariyasi" asosida har bir bola o‘ziga xos iqtidor va o‘rganish uslubiga ega ekani ta’kidlanadi. Bu nazariya chizmachilik 249 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 darslariga ham to‘liq tatbiq etilishi mumkin – kimdir vizual-makoniy, boshqasi esa texnik-logik tafakkurga yaqinroq bo‘lishi mumkin. Zamonaviy pedagogikada "ko‘p intellekt nazariyasi" asosida har bir o‘quvchining o‘rganish uslubi va qobil

Доказательный фрагмент

«chizmachilik fanining o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mantiqiy fikrlashi, texnik ijodkorligi hamda individual yondashuv orqali ichki motivatsiyasi va ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinib, bu jarayon O‘zbe…»

Образец извлечения

Демо-превью

chizmachilik fanining o‘quvchilarning fazoviy tafakkuri, mantiqiy fikrlashi, texnik ijodkorligi hamda individual yondashuv orqali ichki motivatsiyasi va ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’siri tahlil qilinib, bu jarayon O‘zbe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodkorlik, chizmachilik, kompetensiyaviy yondashuv, individual yondashuv, shaxsiy rivojlanish, fazoviy tafakkur, STEAM ta’lim., psixologik barqarorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники