К содержанию
РецензированоUZ2025

ABU NASR FOROBIY VA G‘AZZOLIY FALSAFIY QARASHLARINI QIYOSIY TAHLIL QILISH: FOROBIYNING "SIYOSIY FALSAFASI" VA G‘AZZOLIYNING "KIMYOI SAODAT" ASARI ASOSIDA

SCIENCE SHINE · G’ofurova Umida · Murodova E'zoza

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu ilmiy maqola Abu Nasr Forobiy va Abu Hamid al- G‘azzoliy falsafalarini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada Forobiyning "Siyosiy falsafa" asari va G‘azzoliyning "Kimyoi saodat" asari asosida ularning siyosat, axloq va ma’naviyat haqidagi qarashlari o‘rganilgan. Forobiy jamiyatdagi ideal davlatni yaratish, fazilatli hukmdor axloqiy tizimni ta’minlash zarurligini ta’kidlaydi, G‘azzoliy esa insonning ichki ruhiy ma’naviy poklanishi haqiqiy baxt va saodatga erishishi kerakligini ta’riflaydi. Ushbu maqolada ularning fikrlari o‘xshashliklar va farqlar nuqtai nazaridan tahlil qilingan. Kalit so'zlar: "Kimyoi saodat", siyosiy falsafa, falsafiy hukmdor, fazilatlilik, ideal axloq, ruxiy va manaviy poklik, " Fozil odamlar shahri", G'azzoliy, taffakur. Islom falsafasi tarixida Abu Nasr Forobiy va Abu Hamid al-G‘azzoliy kabi buyuk faylasuflarning ilmiy falsafiy merosi muhim o‘rin tutadi. Ularning falsafiy qarashlari, ayniqsa siyosat, axloq va insonning ma’naviy kamoloti masalalarida qiziqarli va o‘zaro teskari yondashuvlarni taqdim etadi. Forobiy "Siyosiy falsafa" asarida ideal davlatni tasvirlab, aqliy erkinlik va siyosiy tizimning ahamiyatiga urg‘u bergan bo‘lsa, G‘azzoliy "Kimyo-yi saodat" asarida insonning ruhiy axloqiy poklanishi, hamda ruhiy-ma’naviy saodatini ta’riflagan. Ushbu maqolada Forobiy va G‘azzoliy falsafalarining asosiy tamoyillari tahlil qilinib, ularning siyosiy, axloqiy va ma’naviy qarashlaridagi o‘xshashliklar va farqlar o‘rganiladi. Abu Nasr Forobiy (873–950) o‘zining siyosiy falsafasida ideal davlatni yaratish va uning boshqarilish tamoyillarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. Forobiy davlatni nafaqat siyosiy, balki axloqiy jihatdan ham mukammal qilish zarurligini ta’kidlaydi. U "Fozil shahar" (yoki "Fozil davlat") tushunchasini ilgari surib, bunday davlatda yashovchi insonlar ilm-fan va axloq sohasida kamolotga erishishi, jamiyatda ma’naviy uyg‘unlik va adolat bo‘lishi lozimligini aytadi. Forobiy uchun ideal davlatni boshqaruvchi hukmdor – "faylasuf hukmdor" bo‘lishi kerak. Faylasuf hukmdor, uning fikricha, bilimdon, adolatli va yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi kerak. 243 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Forobiy davlat boshqaruvini nafaqat siyosiy tizimga asoslagan, balki ahloqiy qadriyatlar va aqliy erkinlikni ta’minlashni maqsad qilgan. U davlatda axloqiy o‘zgarishlarni, ma’naviy yetuklikni va ilmiy rivojlanishni asosiy omil sifatida ko‘rgan. Forobiyning "Siyosiy falsafa" asaridagi yana bir muhim jihat – "fazilatlilik" (axloqiy kamolot)ni ta’riflashdir. U jamiyatda yuksak axloqiy fazilatlarni rivojlantirish va ular asosida hukumatni boshqarish zarurligini ta’kidlaydi. Forobiy, shuningdek, odamlarning o‘zgarishiga, ilmiy va ma’naviy yuksalishga asoslangan ijtimoiy tizimni yaratishni nazarda tutadi.Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun koʻp narsalarga muhtoj boʻladi, u bir oʻzi bunday narsalarni qoʻlga kirita olmaydi, ularga ega boʻlish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tugʻiladi… Bular jamoa aʼzolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash, yetuklikka erishuv uchun zarur boʻlgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari koʻpaydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga oʻrnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi. — “Fozil odamlar shahri” Abu Nasr Forobiy. Abu Hamid al-G‘azzoliy (1058–1111) islom falsafasining mashhur mutafakkirlaridan biri bo‘lib, uning "Kimyo-yi saodat" asari insonning axloqiy va ruhiy poklanishi, saodati haqidagi falsafiy qarashlarini aks ettiradi. G‘azzoliy nafaqat islomiy ilmlar, balki falsafa, mantiq, tasavvuf va axloqshunoslikni birlashtirib, insonning ruhiy holatini va uning ma’naviy yuksalishini ta’riflashga intiladi. U o‘z asarida insonning haqiqiy baxt va saodatga erishishining yo‘llarini ko‘rsatadi. G‘azzoliy "Kimyoiy saodat"da saodatni faqat ma’naviy poklanishi ilohiy ilmlar orqali topish mumkinligini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra, insonning haqiqiy saodati nafaqat tashqi boylik yoki dunyoviy muvaffaqiyatlar bilan bog‘liq, balki ruhiy poklanish, Allohga bo‘lgan muhabbat va axloqiy fazilatlar bilan hamdir. G‘azzoliy, o‘z asarida, aqlni va tasavvufni birlashtirib, insonning ichki dunyosini yaxshilashga yo‘naltiradi. G‘azzoliy o‘zining axloqiy fikrlarida ilm va aqlni yuqori qadriyat sifatida ko‘rgan, lekin u faqat tashqi ilmiy bilimlar bilan cheklanib qolmaydi, balki ruhiy- ma’naviy o‘sishni ham muhim deb biladi. Uningcha, ilmiy bilimlarni haqiqatni topish, insonni yaxshilash va Allohga yaqinlashish yo‘li sifatida ishlatish kerak. Forobiy va G‘azzoliy falsafalarining eng katta o‘xshashligi shundaki, ular ikkalasi ham insonning axloqiy va ma’naviy kamolotini ta’kidlaydilar. Forobiy davlatni boshqarish va jamiyatni uyg‘unlashtirishda axloqiy fazilatlarning ahamiyatini ko‘rsatsa, G‘azzoliy insonning shaxsiy saodati va ruhiy poklanishida axloqiy fazilatlarni, ilmni asosiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqola Abu Nasr Forobiy va Abu Hamid al- G‘azzoliy falsafalarini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqola Abu Nasr Forobiy va Abu Hamid al- G‘azzoliy falsafalarini qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
"Kimyoi saodat", siyosiy falsafa, falsafiy hukmdor, fazilatlilik, " Fozil odamlar shahri", ruxiy va manaviy poklik, G'azzoliy, taffakur., ideal axloq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники