К содержанию
РецензированоUZ2025

“YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA ANTROPONIMLARNING FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

SCIENCE SHINE · FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI · Fayzullayeva Oyshabibi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada onomastik birliklar, xususan antroponimlarning leksik sistemadagi o‘rni va ularning “Yulduzli tunlar” romanidagi konnatativ ma’nosi, nominativ vazifasi, semantikasi haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: onomastika, antroponim, leksik sistema, nominativ vazifa, konnatativ ma’no, semantika Onomastika – bu yer yuzidagi joylar, odamlar, tabiat ob'ektlari va boshqa hodisalar uchun nomlar yoki ism-shariflarning o'rganuvchi fani hisoblanadi. Onomastika – yunoncha so‘z bo‘lib, “nom qo‘yish sanʼati” dеgan maʼnoni bildiradi. Hozirgi vaqtda bu tеrmin ikki maʼnoda qo‘llaniladi: 1) maʼlum bir til, xalq tarkibida qo‘llangan barcha atoqli otlarning yig‘indisi; 2) atoqli otlar, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi29. Onomastik birliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: toponimlar, gidronimlar, antroponimlar, oykonimlar va boshqalar. O‘zbek antroponimlarning lisoniy xususiyatlarini o‘rganishga qiziqish, asosan, 1960-yillarda yuzaga keldi. Dastlab, D.Abdurahmonovning “Nom qo‘yish” maqolasi nashr qilindi. O‘zbek tilshunosligida antroponimika masalalarini o‘rganish, ularni ilmiy tadqiq qilish ham o‘z tarixiga ega. Bu sohada S.Ibrohimov, E.Begmatov,R.Qo‘ng’urov, D.Abdurahmonov, G’.Sattorov va boshqalar qator maqola va monografiyalar e’lon qildilar30. Onomastik birliklar asarda nafaqat belgilangan obyektlarni aniqlash, balki ularning semantik yuki, konnotativ ma'nosi va funksiyalari orqali asar mazmunini boyitadi. Aynan bu maqsadda toponimlar (joy nomlari), gidronimlar (suv ob'ektlari nomlari) va antroponimlar (shaxs nomlari) muhim rol o'ynaydi. Har bir onomastik birlik o'ziga xos semantik va funksional xususiyatlarga ega bo'lib, ular asar ichidagi xarakter, muhit, ma'no va ijtimoiy-kulturaviy aloqalarni chuqurroq tushunishga imkon beradi. Darhaqiqat, antroponimlar leksik sistema (tizim)ning har bir tarkibiy - 29 . Begmatov E, Uluqov N. O’zbek onomastikasi terminlarining izohli lug’ati.- Namangan, 2006.-B.60 30 Bayramali Kilichev . Onomastika [Matn] : o‘quv qo‘llanma . – Buxoro: 2023. 234 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 ismi sifatida uning o‘zi ham ma’lum podsistema (tizimcha)lardan tashkil topadi. Jumladan, antroponimlarning o‘zi ham ism, ota ismi (otchestvo), familiya, laqab, taxallus kabi alohida guruhlarga birlashadi. Adabiy asarlardagi onomastik birlik – antroponimlar nafaqat obraz yaratish, balki asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini yanada chuqurlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek adabiyotining mashhur asarlaridan biri bo‘lgan "Yulduzli tunlar" romanida ham bu jihatlar yorqin namoyon bo‘lgan. Antroponimlarning funksional-semantik xususiyatlari. Antroponimlarning nominativ vazifasi asarda qahramonlarni yoki real shaxslarni tasvirlashda o'ziga xos rol o'ynaydi. Shaxs ismi ishlatilganda, u bevosita shaxsning kimligini bildiradi va uni boshqa xarakterlardan yoki shaxsiyatlardan ajratib turadi. Bu vazifa orqali nom, o'ziga xos shakl va identifikatsiya yaratadi. Roman qahramonlarining ismlari ularning xarakteri va tarixiy mavqeini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan: - Bobur – ismi o‘zbek tarixida buyuk shaxs sifatida tilga olinadi. Uning ismi arabcha "bo‘ri" yoki "sher", o‘zbekcha “yo‘lbars” ma’nosini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, jasorat va qattiqqo‘llik timsolidir. - Xonzoda – ismi o‘zbek- fors-tojik so‘zlari qo‘shilishidan kelib chiqqan bo‘lib, bu nom “xon oilasidan chiqqan qizligini bildiradi, shu bilan birga, obrazning ayollik latofati va qudratini aks ettiradi. -Fazliddin- ismi arabcha, “dinning fazli, kamoli” ma’nosini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, uning asardagi xarakter- xususiyati ham ayni ismiga xos tarzda aks etadi. -Robiya- ismi arabcha “oiladagi to‘rtinchi farzand” ma’nosidan kelib chiqqan bo‘lib, romanda oilaning akasidan keyingi singil, to‘rtinchi bo‘lib dunyoga kelgan farzand ekanligi anglashiladi. -Mohimbegim- ismi forscha “oy, oy yuzli” “beklar avlodidan chiqqan qiz” - ma’nosini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, asarda ismiga xos oqila ayol timsolida namoyon bo‘ladi. -Mahmud-ismi arabcha “maqtalgan, maqtovga loyiq” ma’nosini anglatuvchi so‘zdan olingan bo‘lib, romanda beklar avlodidaan chiqqan bola, Toshkent xoni ekanligi anglashiladi. - Humoyun- ismi fors-tojik tilidan olingan bo‘lib, "muvaffaqiyatli", "baxtli", "oliyjanob", "yuksak darajadagi" ma’nolarini anglatadi. Ushbu ism tarixiy shaxslar, ayniqsa, Boburiylar sulolasining vakili – Shoh Humoyun nomi bilan mashhur. Humoyun ismi faqat shaxsiy nom sifatida emas, balki tarixiy va madaniy merosning 235 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 bir qismi sifatida ham katta ahamiyatga ega. U Sharq dunyosida baxt va yuksaklik ramzi bo‘lib xizmat qilgan. Ushbu antroponimlar romanda faqat nomlash vositasi emas, balki qahramonlarning ichki dunyosini yoritishda ham xizmat qiladi. 3. Onomastik birliklarning uslubiy vazifasi Onomasti

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada onomastik birliklar, xususan antroponimlarning leksik sistemadagi o‘rni va ularning “Yulduzli tunlar” romanidagi konnatativ ma’nosi, nominativ vazifasi, semantikasi haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada onomastik birliklar, xususan antroponimlarning leksik sistemadagi o‘rni va ularning “Yulduzli tunlar” romanidagi konnatativ ma’nosi, nominativ vazifasi, semantikasi haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
onomastika, antroponim, semantika, nominativ vazifa, leksik sistema, konnatativ ma’no
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники