К содержанию
РецензированоUZ2025

BANDLIK TUSHUNCHASI VA RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA UNING TRANSFORMATSIYASI

Sharipova Nargiza Baxtiyor qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada bandlik tushunchasi va shakllari, raqamlashtirish jarayonlarining aholi bandligi sohasiga koʻrsatayotgan ijobiy hamda salbiy taʼsirlari, mazkur jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan xodimlarning ijtimoiy himoyasi bilan bogʻliq muammolar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, maqolada mazkur sohada yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan amaliy misollar hamda ushbu sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar tahlili keltirib oʻtiladi. Kalit soʻzlar: bandlik, virtual bandlik, ijtimoiy himoya, raqamlashtirish, internet, onlayn platformalar. Aholi bandligini taʼminlash masalasi barcha davrlarda ham mamlakatimizdagi eng dolzarb masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizda har yili aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda, shuningdek boʻsh va kvotalanadigan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda, oʻzini-oʻzi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida koʻplab chora tadbirlar olib borilmoqda. Oʻz oʻrnida, aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari bandligini taʼminlashga, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda [1]. Soʻnggi vaqtlarda mazkur masalada aholi va tadbirkorlarga, shuningdek aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi vakillariga koʻplab imtiyoz va preferensiyalar, subsidiya hamda grantlar taqdim etish boʻyicha normalar qabul qilindi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” gi PF-17-son Farmonida 2025-yil 1-apreldan boshlab Kambagʻal oilalar reestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali qoʻllab-quvvatlashning quyidagi yangi instrumentlari joriy etilishi, mazkur doirada kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalarining bandligi 29 Iyun, 2025-Yil hamda ijtimoiy faolligini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 60 baravarigacha grantlar ajratish belgilangan. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga asosan, xotin- qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularning sohada bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlangan. Oʻz navbatida “bandlik” tushunchasining mohiyatiga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” gi qonunining 4-moddasiga asosan, bandlik deganda fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, oʻz shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bogʻliq boʻlgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyat tushuniladi. Qonunga asosan, mehnat shartnomasi boʻyicha haq evaziga toʻliq yoki toʻliqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan yoxud kasanachilik bilan shugʻullanayotgan, shuningdek haq toʻlanadigan boshqa ishga, shu jumladan vaqtinchalik ishga ega boʻlgan fuqarolar, kasalligi, taʼtilda boʻlishi, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda yoki malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish toʻxtatib turilganligi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikka muvofiq vaqtincha ish joyida boʻlmagan xodimning ish oʻrni saqlanib qoladigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida boʻlmagan fuqarolar, haq toʻlanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan fuqarolar, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida, bojxona organlarida va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarda xizmatni oʻtayotgan fuqarolar, oʻzini ish bilan mustaqil ravishda taʼminlayotgan fuqarolar, shu jumladan hunarmandlar, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xoʻjaliklarining, ishlab chiqarish kooperativlarining aʼzolari, fermer xoʻjaliklarining aʼzolari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida roʻyxatga olingan shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek xizmatlar koʻrsatish (ishlarni bajarish) boʻyicha, shu jumladan fuqaroviy-huquqiy tusdagi shartnomalar boʻyicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar, oʻz faoliyatini qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarida, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar band deb hisoblanadi. Raqamlashtirish hamda Internet soʻnggi oʻn-oʻn besh yillar davomida biznes, iqtisodiyot va jamiyatda katta oʻzgarishlarga sabab boʻldi. 30 I

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada bandlik tushunchasi va shakllari, raqamlashtirish jarayonlarining aholi bandligi sohasiga koʻrsatayotgan ijobiy hamda salbiy taʼsirlari, mazkur jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan xodimlarning ijti…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada bandlik tushunchasi va shakllari, raqamlashtirish jarayonlarining aholi bandligi sohasiga koʻrsatayotgan ijobiy hamda salbiy taʼsirlari, mazkur jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan xodimlarning ijti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamlashtirish, onlayn platformalar., virtual bandlik, internet, ijtimoiy himoya, bandlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники