К содержанию
РецензированоUZ2025

ZAMONAVIY KULOLCHILIKDA HAYKALTAROSHLIK SAN’ATINING O‘RNI VA ROLI

SCIENCE SHINE · O‘RNI VA ROLI · Ibroximova Saida Nurmat qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

maqolada kulolchilik va haykaltaroshlik san’atining qisman tarixi va zamonaviy hayotdagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi, qay shaklda rivojlanib kelyotganligi haqida fikrlar berilgan. Shu o‘rinda zamonaviy kulolchilik va haykaltaroshlikning birgalikdagi uyg‘unlashuvi, zamonaviy texnologiyalarning bu san’atga ta’siri, turizm va iqtisodiy imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zi: tarix, zamonaviylik, kulolchilik, haykaltaroshlik, milliy madaniyat, 3D printer, favvora, mayda plastika, spool, chinni, dizayn, turizm.. Biz bilamizki, kulolchilik san’ati insoniyat tarixining eng qadimiy va muhim san’ati bo‘lib, minglab yillik tarixga ega. Kulolchilik dastlabki insonlar tomonidan tosh yoki loydan olingan tabiiy materiallardan amaliy va dekorativ buyumlar yasash orqali yuzaga kelgan. Neolit davrida idishlarning tagi uchli qilib ishlanib, yerga sanchib qo‘yilar edi. Enolit davrida esa Sharq mamlakatlarida hamda Qadimgi Gresiyada nafis kulolchilik idishlari rivoj topgan. VIII-XII asrlarda kulolchilik O‘rta Osiyoda yaxshi rivojlana boshladi. Buni Afrosiyob va O‘rta Osiyoning boshqa yerlaridan topilgan kulolchilik buyumlari isbotlab berdi. XIV asr Temuriylar davriga kelib boshqa sohalar kabi kulolchilik san’ati ham tez sur’at bilan rivojlandi. Amir Temur bosib olgan hududlardan xalq ustalarini Markaziy Osiyoga olib kelib ular uchun rastalar ochtirdi va bu xalq amaliy san’atining rivojlanishida juda katta xizmat qildi. XIX asrda O‘rta Osiyoda tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasida kulolchilik juda keng rivojlanib, G‘ijduvon, Panjikent, Samarqand, Shaxrisabz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo‘ldi. Kulolchilik san’ati zamonalar osha o‘zgarib, rivojlanib, har bir madaniyatda o‘zining tashqi ko‘rinishi va bezaklari bilan bir biridan ajralib turadi. Haykaltaroshlik san’ati ham o‘z ornida uzoq tarixga ega bo‘lib, uning rivojlanish tarixi bir necha asrni o‘z ichiga oladi. Shu jumladan, Qadimgi davr (Paleolit davri) miloddan avvalgi 30-25 ming yilliklarga borib taqalib, Mesopatamiya 220 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 va Misr haykallarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Undan keying o‘rinda Qadimgi Gretsiya va Rim haykaltaroshligi yuqori darajada rivojlandi. O‘rta asrlar haykaltaroshligida asosan diniy mavzular ustuvor bo‘lgan. Katolik cherkovlari bezaklari sifatida ishlatilgan haykallar – misol qilib gotika uslubidagi soborlar (Notre-Dame de Paris)dagi haykallarni aytishimiz mumkin. Uyg‘onish davri (Renessans)ga kelib haykaltaroshlikda inson anatomiyasi, qomatining harakat ifodasi – hammasi mukammal tasvirlandi. Haykaltaroshlikning Barokko va klassitsizm davri XVII-XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi va unda dinamizm, harakat va hissiyot bilan boyitilgan asarlarda Rim va Grek an’analariga qaytish, tartib va uyg‘unlik kuchli sezila boshladi. XIX-XX asrlarga kelib realizm, romantizm, impresionizm orqali haykaltaroshlikda turli uslublar yuzaga keldi. XX asrda haykaltaroshlikda abstraktsionizm, dadaizm, surrealizm kabi oqimlar va ko‘rinishlar o‘z aksini topdi. Shu davrlar ichida haykaltaroshlik monumental, dasgohli, dekorativ ko‘rinishda san’atning boshqa turlari bilan ham uyg‘unlikda shakllanib, rivojlanib keldi. Haykaltaroshlik san’ati zamonaviy davrda texnologiya, multimedia, installyatsiya san’ati bilan birga rivojlanmoqda va san’atning ko‘plab turlari bilan uyg‘unlikda bugungi hayotimizda o‘z o‘rnini topib kelyapdi. Xususan haykaltaroshlik san’ati bilan kulolchilik san’ati o‘rtasidagi bog‘liqlik qadimdan mavjud bo‘lib, rivojlanib keladi.Zamonaviy kulolchilikda haykaltaroshlik va mayda plastika san’ati juda muhim o‘rin egallaydi. Bu ikki yo‘nalish nafaqat estetik, balki funktsional jihatdan ham kulolchilikning imkoniyatlarini kengaytiradi. Zamonaviy ustalar haykaltaroshlik va kulolchilikda san’at va estetik ifoda vositasi sifatida inson, hayvon yoki mavhum shakllarni yaratish orqali o‘z fikr-mulohazalarini ifodalaydilar. Bunday uyg‘unlikdagi kompozitsiyalar avval haykaltaroshlar tomonidan ishlangan bo‘lib, biz ularni favvoralar ko‘rinishida kop`lab uchratamiz. Ular sosan toshdan (marmar tosh) ishlangan va bu san’at asari darajasidagi kompozitsiya o‘zida jiddiylik va viqorlilikni aks ettirgan. 221 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Bugun esa haykaltaroshlik bilan kulolchilik uyg‘unligini ko‘proq landshaft uchun bezak ishlarida (dasgohli haykallar va kulolchilik namunalari uyg‘unligida) taz-tez ko‘rishimiz mumkin. Hajmi unchalik katta bo‘lmagan bu kompozitsiyalar sopoldan, toshdan va sementli qorishmalardan ishlanishi mumkin. Mo‘jazgina xovlidagi bog‘nin bezatib, unga yangi chiroy va hushkayfiyat berib turuvchi asrlar mavzusi juda erkin tanlanadi. Mayda plastika – bu nima? Bu o‘lchami kichik (odatda qo‘lga sig‘adigan) san’at asarlari bo‘lib, ko‘pincha dekorativ yoki ramziy ifoda maqsadda yaratiladi. Uning obyektlar – odamlar, hayvonlar, ramziy shakllar, afsonaviy mavjudotlar va boshqalar bo

Доказательный фрагмент

«maqolada kulolchilik va haykaltaroshlik san’atining qisman tarixi va zamonaviy hayotdagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi, qay shaklda rivojlanib kelyotganligi haqida fikrlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada kulolchilik va haykaltaroshlik san’atining qisman tarixi va zamonaviy hayotdagi o‘rni nimalarda ko‘rinadi, qay shaklda rivojlanib kelyotganligi haqida fikrlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kulolchilik, haykaltaroshlik, zamonaviylik, spool, milliy madaniyat, favvora, chinni, tarix, turizm.., mayda plastika, dizayn, 3D printer
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники