Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“ZARBULMASAL” ASARI - XALQ QALBINING AKS-SADOSI
Raxmatov Bektemir Furqatovich
Современная наука и исследования · 7 · 2025
Аннотация
This article analyzes the life and creative legacy of Gulkhani, a bright representative of Uzbek literature, especially the aspects related to his art of parables. Key words: Zarbulmasal, parable genre, artistic skill, folk wisdom, moral-educational content, justice, didactic style, image of animals. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asari oʻzbek adabiyotining mumtoz naʼmunalaridan biri boʻlib, axloqiy -taʼlimiy mazmunga ega. Bu asar XIX asrda yozilgan boʻlib, unda hayotiy tajriba va axloqiy oʻgitlar hayvonlar orqali ifodalanadi. Asar mazmuni masal janri asosida qurilgan boʻlib, unda turli hayvonlar orqali insonlarning xulq-atvori, jamiyatdagi nohaqliklar, adolat va axloqiy qadriyatlar aks ettiriladi. Gulxaniy oʻz asarida xalq ogʻzaki ijodining unsurlaridan foydalangan holda, hayotiy saboqlarni obrazli va oʻqish qiziqarli tarzda yetkazib beradi. "Zarbulmasal"ning maqsadi- oʻquvchini haqiqat, adolat va odob- qoidalariga undash, insoniy fazilatlarni targʻib qilishdir. Ushbu asar oʻzining badiiy qudrati, ta’sirchan ifodasi va ibratli hikoyalari bilan bugungi kunda ham taʼsirchanligini, dolzarbligini ham saqlab qolgan. Bu asar Amir Umarxonning taklifi bilan yaratilgan."Zarbulmasal" ning 6 qoʻlyozma,10 dan ortiq bosma nusxasi bor. Hozirgacha maʼlum eng qadimiy qoʻlyozma 1855 -yilda koʻchirilgan. "Zarbulmasal" arabcha "zarb" va "masal" soʻzlarining qoʻshiluvidan hosil boʻlgan boʻlib,"masal urmoq", "masal orttirmoq" maʼnosini anglatadi. 24 Iyun, 2025-Yil Gulxaniyning "Zarbulmasal"i oʻziga xos uslub va mazmun kompozitsiyasiga ega. Uning gʻoyalar va timsollar tizimi talqini oʻziga xos. Shoirning oʻzi taʼkidlaganidek unda Jomiyning "Silsilat uz-xahab", Sharq hikoya- chiligining noyob na'munasi "Kalila va Dimna" ning taʼsirini sezish mumkin. Undan tashqari, "Zarbulmasal"da Husrav Dehlaviy, Jomiy, Hofiz Sheroziy, Navoiy, Soʻfi Olloyor, Mashrab kabi ulugʻ ustozlar asarlaridan parchalar keltirilgan. "Zarbulmasal"da 400 ta xalq maqoli badiiy vosita sifatida qoʻllangan. "Zarbulmasal" - murakkab asar. Uni anglash uchun Ko’r qush soʻzi bilan aytsak, "botun koʻz" kerak. "Zarbulmasal" majoziy asar. Undagi shoirning gʻoyalari, maqsadi turli obrazlar, maqol, matal, hikoyat va rivoyatlar vositasida pardali tarzda ifodalanadi."Kordon Boyqushga boqib aytdi: Siz bilan bir parda ichinda navo qilali va beparda soʻzlashmayluk". Asarda shoirning vatan xalq qismati, insonning maʼnaviy dunyosi borasidagi oʻy- fikrlari, dardu-armonlari, nola –fig’onlari oʻz ifodasini topgan. Bu asarda ham eʼtirof etilgan. „Zarbulmasal" dagi asosiy qahramonlardan bo'lmish Boyqushning qanday parranda ekanligi va uning faqat vayronalarni makon tutishi ma'lum. Asarda esa, uning makoni shunday hayrat va muhabbat bilan tasvirlanadiki, beixtiyor o'quvchining kulgisi keladi. Ma'lumki, boyqush — tungi jonzot. Uning qizi Gunashbonu deb atalgan. Bu — Quyoshxon degani. Boyqushdan quyosh tug'ilishi mumkinligi tasavvurga sig'adimi? Buning ustiga, bu qiz shu qadar chiroyliki, olam quyoshi, ya'ni kun uning yuziga qaray olmaydi: Orazidin shams-u qamardir xijil, So'zlaridin shahd-u shakar munfail. Hosili umri edi ul boyning, Oti Gunashbonu o'shal oyning. Boyqushning kibri, qattiqligi, boshqalarni mensimasligi, o'zgalarning fikri bilan hisoblashmasligi asar matnida juda qiziqarli yo'sinda ko'rsatilgan. Ko'proq qalin undirish uchun qizining baxtidan kechishga ham tayyorligi uning shaxsiga «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya xos xususiyatlarni yorqin aks ettiradi. Asarda Boyqushga „Anda Ko'rqush ko'rdiki, xasis-u haris, agar ming chordevordin bjr chordevor kam bo'lsa, o'tuz tishini bir-biridin sindirur", — degan ta'rif beriladi. Asosiy qahramonlardan biriga Ko'rqush nazari bilan berilgan baho ko'p jihatdan muallifning ham qarashini ifoda etadi. Boyqushning: „Farosat oyog'i oqsoq, tevadek yegani sho'ra va yantoq, ilgari o'tgan so'zning birini ming qilib so'zlarga toq, oyog'idin osilgan so'tqoq qushga o'xshash ahmoq emasmen", — degani yoki „Ko'bga kengash, o'z bilganingni qil", — qabilidagi so'zlari bu 25 Iyun, 2025-Yil obrazning shunchaki yomonlik timsoli emas, balki vaziyat taqozosi bilan mohiyatini o'zgartirib turishi mumkin bo'lgan murakkab tabiatli kishi timsoli ekanligini teranroq his etishga olib keladi. Uning bu qarashlarida xalq donoligi, turmush chigalliklariga amaliyotchi nigohi bilan qaraydigan kishining bilgichligi namoyon bo'ladi. Asarda tasvir qamroviga olingan har bir timsolga xos xususiyat turli yo'sinlarda aks etgan. Bir qush tabiatiga xos iithatlarni aks ettirishda qo’llanilgan usuldan boshqasining fe'lini ko'rsatishda foydalanilmagan. Agar Boyqush, Yapaloqqush, Ko'rqush, Kordon Navo parda ichra navosiz boʻlur, Ki, beparda ohang afgʻon boʻlur. Shoira Dilshod Barno: "Gulxaniyning "Zarbulmasal"larini oʻqub, oʻz diyorim qishloqlari borasida ajoyib oyinanamo masalalar yozilganlari koʻp taʼsir qildi",- deydi. Asarda turli timsollar tizimi mavjud. Bular a) Boʻyqush, Yapaloqqush, Koʻrqush, Gunashbonu
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the life and creative legacy of Gulkhani, a bright representative of Uzbek literature, especially the aspects related to his art of parables.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the life and creative legacy of Gulkhani, a bright representative of Uzbek literature, especially the aspects related to his art of parables. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zarbulmasal, parable genre, artistic skill, folk wisdom, moral-educational, badiiy mahorat, didaktik uslub, masal janri, hayvonlar obrazi., xalq donishmandligi, adolat, axloqiy-ta’limiy mazmun
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025