К содержанию
РецензированоEN2025

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARINING TARBIYAVIY-PROFILAKTIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

SCIENCE SHINE · PROFILAKTIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH · Badridinov Sunnnattillojon Bahodir o‘g‘li

Свет науки · 1 · 88-90 · 2025

Аннотация

This article highlights the relevance of educational and preventive work carried out in penal institutions, existing problems and improved methods of solving them. Also, the role of educational work in retraining convicts for social life and preventing re-offending is considered separately. Keywords: democracy, N.A. Tyugaeva punishment, morality, crime, complex, event, protection, convict, labor education Kirish. Zamonaviy huquqiy demokratik jamiyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bir qatorda, uni oldini olish va jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatga qayta moslashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Jazoni ijro etish muassasalari faqat jazoni qo‘llovchi emas, balki ijtimoiy tarbiyaviy ishlar olib boruvchi muhim institut sifatida qaralmoqda. Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash, jinoyat sodir etishlarining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga 213 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 oshirilmoqda. Jumladan “...mahkumlarda qonun talablariga va jamiyatdagi xulq-atvor qoidalariga rioya etish madaniyatini, bilim va ma’naviy- axloqiy saviyasini oshirishga intilishni shakllantirishga qaratilgan qayta tarbiyalash va axloqan tuzatish jarayonini takomillashtirish”101 vazifalari belgilanib, jinoyat amaliyotida mahkumlarning huquqlariga rioya etish, ularning sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishini ta’minlash, kelgusida ozodlikka chiqqanlaridan so‘ ng ularni jamiyatga ijtimoiy moslashtirish uchun axloqan tarbiyalash va mehnat qilishga o‘rgatishning yanada samarali huquqiy asoslarini joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda.28 Jazoni ijro etish muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlardan muayyan kasbiy sifatlarga ega bo‘lishi, mazkur faoliyatga pedagogik-psixologik jihatdan kasbiy tayyor bo‘lishlari talab etila boshladi. Penitensiar tizim xodimlarining kasbiy tayyorgarligi masalasida penitensiar peda- goglar mahkum shaxslarni axloqan tuzatish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadigan xodimda pedagogik faoliyatga moyillik bo‘lishi lozimligini qayd etishadi. Penitensiar soha olimi N.A.Tyugaeva Rossiyaning jazoni ijro etish federal xizmati tinglovchilarini, shuningdek, jazoni ijro markazlarida o‘qitish va tarbiyalash lozimligini aytib o‘tadi. Shuningdek, olima jazoni ijro etish muassasalari uchun kadrlarni tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida kursantlarning kasbiy tayyorgarliklari bo‘yicha o‘zini o‘zi tarbiyalash bilan shug‘ullanishlari zarurligi haqida fikr bildirgan. Tarbiyaviy ishlar jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning ijtimoiy- psixologik holatini o‘rganish, ularning shaxsiy xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda individual yondashuv asosida olib boriladi. Bu faoliyat quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: -Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar (davra suhbatlari, diniy-ma'rifiy uchrashuvlar); -Psixologik treninglar va maslahatlar; - -Ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish; -Madaniy va sport tadbirlari. -Profilaktik chora-tadbirlar Profilaktik ishlar jinoyatni qayta sodir etish ehtimolini kamaytirishga qaratilgan bo‘lib, mahkumlarning ruhiy holatini, ijtimoiy munosabatlarini tahlil qilish, salbiy xatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Profilaktik faoliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Mahkumlar bilan muntazam suhbatlar; 28 Xotamov Shuxrat Nosirovich. JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAGI MAHKUM ShAXSLARNI AXLOQIY TARBIYaLAShNING PEDAGOGIK JIHATLARI// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers.—B.1592 214 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 Risk guruhlarini aniqlash va ularga individual yondashuv; Ijtimoiy moslashuv dasturlari; Oilaviy munosabatlarni tiklashga ko‘maklashish. Faoliyatni takomillashtirish yo‘llari Jazoni ijro etish muassasalarining tarbiyaviy-profilaktik faoliyatini samarali tashkil etish uchun quyidagi takliflar muhim ahamiyatga ega: Pedagog va psixolog kadrlar malakasini oshirish; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish; Nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy idoralar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish; Mahkumlarni ijtimoiy moslashtirish markazlari bilan tizimli ish olib borish; Tarbiyaviy ishlar samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 7-dekabrdagi Qonuni bilan Jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarga nisbatan insonparvarlikni kuchaytirish maqsadida, xususan Jinoyat-ijroiya kodeksiga o‘n uch yoshdan qo‘llaniladigan tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qo‘yish tariqasidagi intizomiy jazo o‘n to‘rt yoshga o‘zgartirildi. Bu mamlakatimiz jinoyat va sud ishlarini yuritish jarayonida voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya

Доказательный фрагмент

«This article highlights the relevance of educational and preventive work carried out in penal institutions, existing problems and improved methods of solving them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the relevance of educational and preventive work carried out in penal institutions, existing problems and improved methods of solving them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
democracy, N.A. Tyugaeva punishment, morality, crime, complex, jinoyat, kompleks, tadbir, N.A.Tyugaeva jazo, axloq, himoya, mahkum, mehnat tarbiya, demoktraktiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники