К содержанию
РецензированоUZ2025

SMART-KONTRAKTLARNING FUQAROLIK HUQUQI SOHASIDAGI O‘RNI VA XUSUSIYATLARI (TEZIS)

Muhammadiyev Samariddin Iskandar o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola smart-kontraktlarning fuqarolik huquqidagi o‘rnini va ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalarini o‘rganadi. Maqolada smart-kontraktlarning mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekistonning bu sohadagi qonunchiligi, uni takomillashtirish yo‘llari va xorijiy davlatlarning tajribasi ko‘rib chiqiladi. Maqolaning maqsadi smart-kontraktlarni fuqarolik huquqiga integratsiya qilish yo‘llarini aniqlash va ularni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Kalit so‘zlar: smart-kontrakt, fuqarolik huquqi, huquqiy tartibga solish, blokcheyn, raqamli iqtisodiyot, O‘zbekiston qonunchiligi. Kirish. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda blokcheyn texnologiyalari va smart-kontraktlarning qo‘llanilishini kengaytirish vazifalari belgilangan. Shunday ekan, smart-kontraktlarning fuqarolik huquqidagi o‘rnini aniqlash va ularni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola O‘zbekiston qonunchiligida smart-kontraktlarning aks etishi, ularni yanada takomillashtirish yo‘llari hamda xorijiy davlatlarning bu sohadagi tajribasini tahlil qilishga qaratilgan. Smart-kontraktlarning mohiyati va afzalliklari. Smart-kontrakt – bu blokcheyn texnologiyasi asosida yaratilgan, oldindan belgilangan shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ijro etiladigan kompyuter kodidir. Oddiy qilib aytganda, bu o‘z-o‘zini ijro etuvchi raqamli shartnomadir. Smаrt kоntrаkt – аqlli shаrtnоmа g‘оyаsi 1994-yildа infоrmаtikа, kriptоgrаfiyа vа huquq sоhаsidаgi оlim Nik Szаbо tоmоnidаn ishlаb chiqilib, аmаliyоtgа tаdbiq etish tаklif qilingаn.1 Mаzkur g‘оyа “аqlli shаrtnоmа”ning bаrchа shаrtlаrini tаvsiflаsh mаtemаtik vоsitаlаr vа dаsturlаsh tillаri yоrdаmidа аmаlgа оshirilishi kerаkligi bilаn yаkunlаndi. 1 Мамаева, Н. В. Смарт-контракты / Н. В. Мамаев // Наука и образование. – 2018. – № 4 (27). – С. 11–12. 16 Iyun, 2025-Yil Аqlli shаrtnоmа Nik Szаbо tоmоnidаn o‘z аsаrlаridа tаsvirlаngаn blоkcheyndаgi shаrtnоmаlаrni bаjаrish jаrаyоnini аvtоmаtlаshtirish uchun mo‘ljаllаngаn elektrоn аlgоritmning o‘zidir.2 Birоq, texnоlоgiyа rivоjlаnishining o‘shа bоsqichidа bundаy shаrtnоmаni аmаliyоtgа jоriy etish imkоnsiz edi. Fаqаtginа 2008-yildа Sаtоshi Nаkаmоtо blоkcheyn kоnsepsiyаsini tаklif qildi vа аmаldа esа bu 2009-yildа jоriy etildi. Smart-kontraktlar quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: * Avtomatik ijro: Shartlar bajarilganda, kontrakt avtomatik ravishda, inson aralashuvisiz amalga oshiriladi. * Shaffoflik: Barcha tranzaksiyalar blokcheynda qayd etiladi va barcha ishtirokchilar uchun ochiq bo‘ladi. * O‘zgarmaslik: Blokcheynga yozilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish deyarli imkonsiz, bu esa kontrakt shartlarining buzilmasligini ta’minlaydi. * Tezlik va samaradorlik: Kontraktlarning avtomatik ijrosi tranzaksiyalarning tezligini oshiradi va vositachilar ishtirokini kamaytiradi. * Xavfsizlik: Kriptografik himoya mexanizmlari tranzaksiyalarning xavfsizligini ta’minlaydi. Smart-kontraktlarning afzalliklari ularni turli sohalarda, jumladan, moliyaviy xizmatlar, ta’minot zanjirlari, ko‘chmas mulk, intellektual mulk va boshqa sohalarda qo‘llash imkonini beradi. Smart-kontraktlarning fuqarolik huquqidagi o‘rni va O‘zbekiston qonunchiligi. Fuqarolik huquqi shartnoma institutiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi shartnoma tushunchasi (353-modda), uni tuzish tartibi (364-381-moddalar) va ijro etish prinsiplarini belgilaydi. Smart-kontraktlarni an’anaviy shartnomalarning raqamli shakli sifatida qarash mumkin. O‘zbekiston qonunchiligida "smart-kontrakt" atamasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlanmagan bo‘lsa-da, bir qator normativ-huquqiy hujjatlarda raqamli texnologiyalar va blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilishiga oid qoidalar mavjud. Xususan: * O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son "O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida "gi qarori. 2 Szаbо N. The ideа оf smаrt cоntrаcts // Nick Szаbо’s Pаpers аnd Tutоriаls – 1997. –T.6. 17 Iyun, 2025-Yil * O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Xulosa. Ushbu hujjatlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan, blokcheyn texnologiyasidan foydalanishni kengaytirish vazifalari belgilangan. Biroq, smart-kontraktlarning fuqarolik huquqiy munosabatlaridagi o‘rnini aniq belgilash va ularni huquqiy tartibga solish bo‘yicha maxsus normalar hali ishlab chiqilmagan. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida smart shartnomalarni istiqbolli rivojlanishi uchun o‘zimizning fikr va takliflarimizni berishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola smart-kontraktlarning fuqarolik huquqidagi o‘rnini va ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalarini o‘rganadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola smart-kontraktlarning fuqarolik huquqidagi o‘rnini va ularni huquqiy tartibga solishning dolzarb masalalarini o‘rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
huquqiy tartibga solish, raqamli iqtisodiyot, fuqarolik huquqi, blokcheyn, smart-kontrakt, O‘zbekiston qonunchiligi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники