К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISHDA HARRISON ASSESSMENTS DASTURINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

SCIENCE SHINE · Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbayevna · Xatamova Durdonaxon

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonining pedagogik asoslari hamda ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalarning, xususan, Harrison Assessments dasturining o‘rni tahlil qilinadi. Mazkur dastur o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari, qobiliyatlari va kasbiy motivatsiyasini aniqlash orqali ularni mos kasbga yo‘naltirish imkonini beradi. Tadqiqot davomida Harrison Assessments dasturining ta’lim muassasalarida qo‘llanish tajribalari, uning afzalliklari va pedagogik jarayonga integratsiya qilish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, kasb tanlashda individual yondashuvni shakllantirishda ushbu dasturdan foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: kasbga yo‘naltirish, pedagogik jarayon, Harrison Assessments, shaxsiy qiziqishlar, kasbiy motivatsiya, o‘quvchilar, kasb tanlash, diagnostika texnologiyalari, individual yondashuv. Bugungi kunda ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biri — o‘quvchilarning kasbiy yo‘nalishini aniqlash va ularni mehnat bozorining talablariga mos ravishda tayyorlashdan iborat. Rivojlanayotgan iqtisodiyot, mehnat bozori dinamikasi va kasblarning ko‘payib borayotgan xilma-xilligi sharoitida o‘quvchilarni ongli ravishda to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan, o‘quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiy xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilg‘or diagnostik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish zarurati ortib bormoqda. Zamonaviy kasbiy yo‘naltirish tizimida Harrison Assessments dasturi shaxsning ichki motivatsiyasi, kasbiy ustuvorliklari hamda ishga bo‘lgan yondashuvlarini chuqur tahlil qilish orqali samarali natijalar berayotgani bilan ajralib turadi. Ushbu dastur orqali o‘quvchilarning o‘zlariga mos kasblarni tanlashlariga ko‘maklashish, ularning kelajakdagi faoliyatlarida muvaffaqiyatli bo‘lishlariga zamin yaratadi. Kasbga yo‘naltirish – bu o‘quvchilarni o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va imkoniyatlariga mos ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishga qaratilgan tizimli 165 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 pedagogik faoliyatdir. Ushbu jarayon pedagogik psixologiya, ijtimoiy pedagogika, shaxsni rivojlantirish nazariyalari kabi sohalarga tayangan holda olib boriladi. Ta’lim muassasalarida kasbiy yo‘naltirish ishlari maktabgacha ta’limdan boshlab, bosqichma-bosqich shakllanishi lozim. Bu borada o‘qituvchi, psixolog va ota-onalar hamkorligi muhim o‘rin tutadi. Kasb tanlash jarayoni o‘quvchilardan o‘z imkoniyatlarini real baholashni, mehnat bozori talablarini tushunishni va kelajakdagi kasbiy hayotga ongli yondashuvni talab etadi. Shu bois, bu jarayonda samarali diagnostika vositalaridan foydalanish pedagogik nuqtayi nazardan zaruratga aylangan. Harrison Assessments — bu zamonaviy diagnostik va baholash tizimi bo‘lib, insonning shaxsiy xususiyatlari, kasbiy moyilliklari, mehnatga munosabati, ish muhitidagi xatti-harakatlari va boshqa ko‘plab jihatlarini chuqur o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu dastur 175 dan ortiq parametr asosida individual profillarni shakllantirib, eng mos kasblarni aniqlash imkonini beradi. Dastur asosan quyidagi yo‘nalishlarda ishlaydi: Shaxsiy xususiyatlarni aniqlash; Kasbiy qiziqishlar va ustuvorliklarni baholash; Motivatsion omillarni tahlil qilish; Mos keluvchi kasblarni tavsiya etish; Jamoada ishlashga layoqat va yetakchilik salohiyatini aniqlash. Ushbu dasturdan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishda foydalanish bir qator pedagogik afzalliklarni taqdim etadi: Individual yondashuvni ta’minlaydi: Har bir o‘quvchining psixologik profili asosida individual tavsiyalar beriladi. O‘quvchini o‘zini anglashga yordam beradi: Shaxsiy qobiliyatlar va kuchli tomonlar haqida chuqur tahlil orqali o‘quvchi o‘zini yaxshiroq anglaydi. Kasb tanlashdagi xatoliklarni kamaytiradi: Noo‘rin tanlangan kasb sababli yuzaga keluvchi kelajakdagi psixologik va ijtimoiy muammolarning oldi olinadi. O‘qituvchi va psixologlarga qulay vosita: Dastur natijalari asosida o‘qituvchi va maktab psixologi o‘quvchi bilan samarali ishlash strategiyasini ishlab chiqishi mumkin. Kasb tanlashda bir nechta muhim omillarni inobatga olish zarur. Bu omillar orasida shaxsning qiziqishlari, ko‘nikmalari, psixologik holati va uning o‘ziga bo‘lgan munosabti katta o‘rin tutadi. Ushbu dastur barcha jihatlarni tahlil qilib, mos kasbni tanlashda yordam beradi. Dastur orqali shaxsning qaysi sohalarda ishlashga moyilligi va qiziqishlari aniqlanadi. Bu dastur shaxsning ijtimoiy, emotsional va aqliy 166 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 10(45), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 20.05.2025 ko‘nikmalarini baholash imkonini beradi, bu esa unga mos kasbni tanlashda yordam beradi. Herrison Assessement yordamida individning qobilyatlari va kasbga bo‘lgan yondashuvi aniq belgilanadi. Kasbga qiziqish har xil sharoitlarda ishlashga tayyorgarliik, muammolarni hal qilishda ko‘rsatilgan uslub va boshqa omillar kasbga mosligini aniqlashda yordam beradi. Masalan, ba’zi odamlar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonining pedagogik asoslari hamda ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalarning, xususan, Harrison Assessments dasturining o‘rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayonining pedagogik asoslari hamda ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalarning, xususan, Harrison Assessments dasturining o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Harrison Assessments, o‘quvchilar, kasb tanlash, individual yondashuv., diagnostika texnologiyalari, kasbga yo‘naltirish, shaxsiy qiziqishlar, pedagogik jarayon, kasbiy motivatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники