К содержанию
РецензированоRU2025

Технологии больших данных и искусственного интеллекта в сырьевых отраслях

International Scientic (National University of Uzbekistan) · Practical Conference (National University of Uzbekistan) · Big Data (National University of Uzbekistan) · Articial Intelligence (National University of Uzbekistan) · International Socio-Economic Processes (National University of Uzbekistan) · INTERNATIONAL PROGRAM COMMITTEE (National University of Uzbekistan) · Rasulov A.S. Professor (National University of Uzbekistan) · Program Committee Members: (National University of Uzbekistan) · Aripov M. M. Professor (National University of Uzbekistan) · NUUz (Uzbekistan) (National University of Uzbekistan)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada yuqori texnologiyali tovarlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi o’rni, ularning shakllanish omillari va global bozor sharoitidagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Yuqori texnologiyali mahsulotlarning iqtisodiyotni raqamlashtirish, innovatsion salohiyatni kuchaytirish va xalqaro raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli nazariy va konseptual asosda asoslab berilgan. Mazkur yo’nalishda ilg’or mamlakatlar tajribasi asosida olib borilgan izlanishlar, yuqori texnologiyalar bozorining tarkibiy xususiyatlarini aniqlash, tasniash va ularni xalqaro maydonga olib chiqish mexanizmlarini chuqur o’rganishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida zamonaviy ilmiy yondashuvlar va iqtisodiy modellashtirish metodlaridan foydalanilgan. Kalit so’zlar: R&D, intensivlik, sectoral yondasahuv, mahsulot yondashuvi, OECD Yuqori texnologiyali tovarlar ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan yaratilgan, murakkab, maxsus texnik bilimlarni talab qiluvchi mahsulotlardir. AQSh Mehnat statistikasi byurosi yuqori texnologiyali rmalarni an’anaviy ishlab chiqarish kompaniyalariga nisbatan ikki baravar ko’p texnik xodimlarni ishga oluvchi va ilmiy-tadqiqot hamda rivojlantirish (R&D) faoliyatiga ikki baravar ko’p resurs ajratuvchi tashkilotlar sifatida ta’riaydi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) yuqori texnologiyali tovarlarni ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar darajasi yuqori bo’lgan mahsulotlar sifatida tavsiaydi va biri sanoat tarmoqlari (sektoral yondashuv) bo’yicha, ikkinchisi esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar (mahsulot yondashuvi) bo’yicha yagona mezon R&D intensivligi bo’yicha guruhlarga ajratgan. Texnologik intensivlik bo’yicha klassikatsiyasida sanoat tarmoqlari to’rt guruhga ajratilgan: • Yuqori texnologiyali sanoat • O’rta-yuqori texnologiyali sanoat • O’rta-past texnologiyali sanoat • Past texnologiyali sanoat Yuqori texnologiyali sanoatga aerokosmik sanoat, komputerlar, os uskunalari, elektronika va telekommunikatsiya va farmatsevtika sohalari misol bo’ladi. Mahsulot yondashuvida esa faqat yuqori texnologiyali tovarlar ro’yxati keltirilgan bo’lib, bu sanoat yondashuvida paydo bo’lgan kamchiliklarni oldini olish uchun yaratilgan. Tadqiqotchilar yuqori texnologiyali sanoatning o’ziga xos quyidagi xususiyatlarini belgilab berishgan: (1) yuqori texnologiyali bozor bu global bozor bo’lib, u faqat mahalliy darajada »yuqoriŒ bo’lishi mumkin emas, balki butun dunyo bo’ylab o’ziga xoslikka ega va faqat bitta milliy bozorga emas, balki butun sohaga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, alohida bir mamlakat bozori odatda yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish uchun yetarli darajada katta bo’lmaydi; (2) yuqori texnologiyalar tez-tez o’zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi, ya’ni ularning hayotiy tsikli qisqa bo’ladi. Bitta aniq texnologiyalar doirasini yuqori texnologiyalar sifatida belgilash mumkin emas, chunki kecha »yuqori texnologiyaliŒ deb hisoblangan texnologiyalar bugun keng tarqalgan oddiy texnologiyalarga aylanishi mumkin; (3) yuqori texnologiyali biznes xavi hisoblanadi, chunki rivojlanayotgan texnologiya, mahsulot yoki xizmatning uzoq muddatli qiymatini aniqlash qiyin; (4) yuqori texnologiyali biznes, yangi texnologiya yoki mahsulot ishlab chiqarish katta hajmdagi tadqiqotlarga sarmoya talab qilganda ham, yangi xizmatlar taklif etilganda ham (ularga kerakli texnologiyalar va mahsulotlar uchun sarmoya zarur bo’lsa), moliyaviy investitsiyalarga yuqori darajada bog’liq bo’ladi. Qayd etish lozimki, OECD tomonidan yuqori texnologiyali sanoat va tovarlar ustida doimiy izlanish olib borilmoqda va muntazam ravishda to’ldirib va takomillashtirilib borilmoqda. Yuqori texnologiyali tovarlar eksportini ekonometrik modellar asosida tahlil qilish uchun 19 ta mamlakatning 13 yil mobaynida Yalpi ichki mahsulot, To’gridan-to’gri investitsiyalar, Yuqori texnologiyali tovarlar eksporti kabi o’zgaruvchilarning panel ma’lumotlar yondashuvi tahlil sifatida foydalanilgan. Amalga oshirilgan maxsus testlarda keyin ksirlangan model orqali 2010-2023-yillar mobaynida yuqori texnologiyali tovarlar eksportiga ta’sir qiluvchi asosiy tenglama olindi. YTeksport t = −59.901+2.079lnYIM t+0.062TTinvest t+µ t i i i i Olingan model parametrlarining bahosi Estimate Std. Error t-value Pr(> |t|) (Intercept) -59.901 31.041 -1.930 0.054 lnYIM 2.079 1.181 1.760 0.079 TTinvest 0.062 0.021 2.908 0.003∗∗ R2 =0.9174 adj. R2 =0.91 F-statistic=122.7 p-value<2.22×10−16 Modelning bahosi: P = 2.22 · 10−16 < α = 0.05 bo’lgani uchun determinantsiya koesenti value ahamiyatli deb olinsin. Ya’ni yuqori texnologiyali tovarlar eksportini yalpi ichki mahsulot va to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar qo’shimcha shartlar asosida tushuntirish mumkin. Modelda Yalpi ichki mahsulot va To’g’ridan to’g’ri investitsiyalar va davlatlar faktor o’zgaruvchi qilib olinganda Buyuk Britaniya, Fransiya, Isroil, Janubiy Koreya, Kanada, Niderlandiya, Shvetsariya, Shvetsiya, Xitoy, Norvegiya kuchli ta’sir ko’rsatadi, chunki har birining P qiymati 0.01 dan katta , 95% ishonchlilik dar

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yuqori texnologiyali tovarlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi o’rni, ularning shakllanish omillari va global bozor sharoitidagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yuqori texnologiyali tovarlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimidagi o’rni, ularning shakllanish omillari va global bozor sharoitidagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
сырьевые от- расли, Искусственный Интеллект, оптимизация процессов, Большие Данные, цифровизация.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники